|
Prosessorlarning garvard arxitekturasi
|
bet | 43/168 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 3,98 Mb. | | #120781 |
Bog'liq 4. komp tizmlari MusayevProsessorlarning garvard arxitekturasi.
Bu xotiradan samarali foydalanish hisobiga unumdorlikni oshirish usullaridan biri hisoblanadi.
Odatda, apparat va dastur darajada yuqori unumdorlik quyidagi ikki hollarda zarur bo’ladi:
dastlabki berilgan ma’lumotlar katta hajmli xotirada saqlanadigan, kompyuterning dasturiy ta’minoti esa real jarayonning matematik model ko’rinishidagi katta o’lchamli masalani yechayotganda;
real vaqt tizimlarida kirish o’zgaruvchilarining katta hajmiga ishlov berishda va kompyuter joriy natijalarni kelish suratida olinishini ta’minlash kerak bo’lganda.
AMQ va operativ xotira orasida ma’lumotlarning almashtirishning tezlashishi hisobiga AMQ da hisoblashlar tezligini oshirish masalasi turganida ikkinchi turdagi ishlov berish uchun prosessorlarning garvard arxitekturasi qo’llanilgan.
AMQ ning tezkorligini oshirish uchun turli arxitekturaviy yo’llar ishlatiladi: matrisali ko’paytirgichlar, suriluvchi vergulli o’rindosh prosessorlar, yaxlitlash proseduralarini ishlatadigan apparat bog’lamalari, formatni o’zgarish, absolyut qiymatni hisoblash. Shunday qilib, bitta buyruqning bajarilish sikli minimumga keltirildi.
“Xotira-AMQ” almashtirish vaqtini kamaytirish maqsadida arxitekturani takomillashtirishdagi ikkinchi qadam prosessorning operativ ichki xotirani o’zining murojaat etishning apparatli vositalarini alohida buyruqlar xotirasi va alohida ma’lumotlar xotirasiga bo’lish yechimi bo’ldi. Bu buyruqlarni va ma’lumotlarni parallel o’qish va tegishli qurilmalarga yozish imkoniyatini berdi.
Boshqacha qilib aytganda, buyruqni va ma’lumotlarni o’qish taktlari bir vaqtda bajariladi. Klassik garvard arxitekturasiga misol TMS320 signallarga ishlov berish prosessorlari oilasi hisoblanadi. Hozir bu texnologiya deyarli barcha zamonaviy kompyuterlarda qo’llaniladi.
Kompyuterlar unumdorligini oshirish yo’nalishida so’nggi yutuqlardan biri superskalyar ishlov berish usuli hisoblanadi.
Superskalyar prosessorda bir skalyar buyruqdan ortiq buyruqlar bir vaqtda bajariladi. Prosessor tarkibida bir necha mustaqil funksional bloklar o’zining operasiya turlarini bajaradi. Superskalyar ishlov berishdagi parallellashtirish konveyerli ishlov berish bilan qo’shiladi, bunda bajarilishga kelgan buyruqlarning ketma-ketligini rostlash muhim.
Pentium prosessorlarining oldingi modellarida superskalyarli ishlov berish ikkita konveyerli bo’lgan. Keyingi Pentium II va III modellarda “o’qish”, “yozish”, “o’tish” operasiyalari mustaqil bajaruvchi bloklar bilan ishlatiladi. AMD firmasi chiqargan Athlon prosessorning arxitekturasi uchta konveyerga ega.
|
| |