Kompyuterlarning unumdorligini oshirish usullari




Download 3,98 Mb.
bet40/168
Sana16.12.2023
Hajmi3,98 Mb.
#120781
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   168
Bog'liq
4. komp tizmlari Musayev

2.6. Kompyuterlarning unumdorligini oshirish usullari

Unumdorlik kompyuterning ishlash samaradorlik ko’rsatgichi hisoblanadi va qabul qilish, ishlov berish va axborotlarni chiqarib berish tezliklari kabi ko’rsatgichlarni o’z ichiga oladi. Unumdorlikni oshirish to’g’ridan-to’g’ri axborot texnologiyalarining qo’llanilish sohasini kengaytirishga bog’liq, bu yerda asosiy talab yuqori ishlov berish tezligini ta’minlash va foydalanuvchilar uchun xizmatlarni kengaytirish hisoblanadi.


Kompyuter tizimlari va tarmoqlarini yaratish, avvalo, har bir ish joyida foydalanuvchilar ishining unumdorligini oshirish masalasini qo’yadi. Demak, alohida kompyuterning unumdorliklarini oshirish ham bu muammoning yechimiga bag’ishlanadi.
O’z navbatida ishlov berish tezligi arxitekturaga qo’yilgan apparaturaning texnik imkoniyatlari, hisoblashlarni tashkil etish usullari, to’g’ri tuzilgan algoritmlar va ishlov berish dasturlari kabi ko’plab omillarga bog’liq.
Mikroprosessor texnikasining taraqqiyoti juda yuqori takt chastotali prosessorlarni yaratishga imkon beradi, lekin prosessorning va uning OH ning ishlash tezlik xarakteristikalari farq qilish muammosi yuz berdi. Bu muvozanatni saqlashga urinish har xil turdagi L1, L2, L3 kesh-xotiralarning yaratilishi bo’ldi. Ular turli imkoniyatlarni saqlash bog’lamalarining parallel ishlatilishi hisobiga xotiraga murojaat qilish taktlarini soddalashtiradi va asosiy xotiraning imkoniyatlarini kengaytiradi.
Parallelizm tamoyili ishlov berish tezligini oshirish maqsadida prosessorlar arxitekturasini takomillashtirishning muhim yo’li hisoblanadi. Ma’lumotlarni parallel ishlov berish faqat prosessorlarni o’zining arxitekturasidan tashqari, ko’p prosessorli va ko’p mashinali tizimlarda ham keng qo’llaniladi. Parallelizmdan ham apparat ta’minotda, ham ma’lumotlarga ishlov berishda foydalaniladi.
Parallelizmga apparat ta’minotida quyidagicha erishiladi:

  • suriluvchi vergulli operasiyalarni, vektorli va matrisali ishlov berish opersiyalarini ishlatish uchun, darajali, trigonometrik, transsendent va irrasional funksiyalarni murakkab hisoblash algoritmlarini bajarish uchun qo’shimcha ishlov berish bog’lamalarni kiritish bilan;

  • nazorat qilish tizimlarida, boshqarish tizimlarida, multimedia majmualarida, tasvirlarni va signallarni raqamli ishlov berish proseduralarini tezlashtiradigan qo’shimcha prosessorlarni apparatura tarkibiga kiritish bilan;

  • prosessor ichki va tizim shinalari sonini kengaytirish hisobiga ma’lumotlarni almashtirishning parallel kanallaridan foydalanish bilan;

  • turli darajada xotiraga murojaat etishni qurilmalarni bir vaqtda bir necha kanallar bo’yicha ma’lumotlar massiviga ruxsat etishni tezlashtirish bilan ularning nomenklaturasini kengaytirish.

Kompyuterning oltmish yillik “evolyusiyasi” jarayonida ularning arxitekturasi doimo takomillashgan. Uning shakllanishida ishlov berish tezligi va aniqligi yechiladigan masalalar sinfi, apparatning murakkablik, ishonchlilik va tannarx kabi tashqi omillar hisobga olinadi.
Integral mikroelektronikaning taraqqiyoti so’nggi yillarda parallel ishlov berish usullarini takomillashtirishda yangi bosqich imkoniyatini ochadi. Bitta chipda aynan o’xshash ko’p yadroli prosessorlar paydo bo’ldi.
Eng keng qo’llaniladigan unumdorlikni oshirish usullarini ko’rib chiqamiz. Keltiriladigan parallel ishlov berish usullari keng ko’lamda prosessorlarning ham apparat, ham dasturiy qismlarining imkoniyatlariga asoslanadi.

Download 3,98 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   168




Download 3,98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuterlarning unumdorligini oshirish usullari

Download 3,98 Mb.