• RISC-arxitektura
  • VLIW-arxitekturasi
  • M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari




    Download 3,98 Mb.
    bet39/168
    Sana16.12.2023
    Hajmi3,98 Mb.
    #120781
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   168
    Bog'liq
    4. komp tizmlari Musayev

    CISC-arxitekturali kompyuterlar uchun faqat ko’p sonli turlar va modifikasiyalarning o’zidan tashqari, manzillashtirish usullari va turli razryadlikdagi buyruqlarning formatlari xilma-xilligi harakterlidir. Bunday yondashish narx ko’rsatgichi yuqori keng qo’llaniladigan universal kompyuterlar uchun o’zini oqlaydi.
    Tadiqotlarning ko’rsatishicha dasturlarning bajarilishining 80-90% vaqti 10-20% buyruqlarga to’g’ri keladi asosan, ma’lumotlarni uzatish, arifmetik va mantiqiy operasiyalar. OX ga murojaat buyruqlar sonini qisqartirish, tez bajariladigan buyruqlarga o’tish masalasini yuzaga keltiradi.
    RISC-arxitektura CISC-arxitekturaga tezkorlikni oshirish nuqtai nazaridan alternativa sifatida paydo bo’ldi. RISC-arxitekturadagi o’ziga xos xususiyat, prosessorning bir taktida bajariladigan qisqartirilgan buyruqlar to’plami hisoblanadi. Bunda buyruqlar prosessorning ichki UVR registrlarida joylashadigan operandlar bilan ishlaydi. RISC-prosessorlarda buyruqlar formatlar soni sezilarli kamaytirilgan, mos ravishda manzillashtirish usullari cheklangan. Bu appparaturani soddalashtirish va tezkorligini oshirishga imkon beradi. Ko’plab buyruqlarning bajarilishini soddalashtirish va ularning “registr-registr” operasiyalari ma’lumotlari uchun kompyuter sezilarli UVR lar soniga ega bo’lishi kerak. Zamonaviy RISC-prosessorlarda UVR lar minimal soni 32 tani tashkil etadi. RISC- arxitekturada quyidalagilar hisobiga yuqori tezkorlikka erishildi:

    • barcha buyruqlar uchun standart so’z uzunligi;

    • bir siklda ko’plab buyruqlarning bajarilishi (75% dan yuqori);

    • buyruqlarning umumiy sonining cheklanganligi (128 tagacha);

    • buyruq formatlarining kam sonliligi (4 tadan ko’p emas);

    • manzillashtirish usullarining kam sonliligi (4 tadan ko’p emas);

    • OX ga murojaat etishni faqat “O’qish”, “Yozish” buyruqlari orqali ta’minlash.

    RISC -arxitektura Alpha turdagi prosessorlarda (DEC firmasi), PA turdagi prosessorlarda (HP firmasi) va Power PC turdagi prosessorlar oilasida (IBM firmasi) muvaffaqiyatli ishlatilgan.
    Kompyuterning unumdorligini oshirishga tomon qilingan yana bir qadam o’ta katta uzunlikdagi buyruqlarning VLIW-arxitekturasi bo’ldi. VLIW prosessorlarning g’oyasi parallel ishlaydigan funksional bloklarda bir vaqtda bir necha buyruqlarning bajarilishi mumkinligiga asoslangan. Vaqt bo’yicha bloklarning ishlash kesishmasligi uchun takomillashtirilgan kompilyator dastlabki dasturga ishlov berish jarayonida parallel ishlashi mumkin bo’lgan buyruqlarni ajratadi. Kompilyator bunday buyruqlarni ajratib ularni bir necha oddiy va parallel ishlatiladigan buyruqlardan iborat bitta o’ta uzunlikdagi buyruqqa birlashtirishi mumkin. Bitta o’ta uzunlikdagi buyruqqa birlashtiriladigan buyruqlar soni bajaruvchi funksional bloklar soniga teng bo’lishi kerak. VLIW-buyruqning uzunligi 256-1024 bitni, ya’ni 32 dan 128 gacha baytni tashkil etadi, u tashkil etuvchi oddiy maydonlarga ega bo’ldi.
    O’ta uzunlikdagi buyruqni tashkil etadigan oddiy buyruqlar sifatida odatda, RISC-turdagi buyruqlar ishlatiladi, shuning uchun VLIW- arxitektura RISC-tizimlarning keyingi uzunlikdagi buyruqlardagi maydonlar soni ularni ishlatadigan qurilmalar soniga teng va 3 tadan 20 tagacha oraliqlarda bo’ladi. Bir buyruqni ishlatadigan funksional bloklar tomonidan bir registr fayli ko’rinishida tashkil etilgan ma’lumotlarga soddalashtirilgan ruxsat etish sxemasi manzillashtirish jarayonlarini va operandlarni o’qishni sezilarli soddalashtiradi.
    VLIW- arxitekturaning nozik joyi dastlabki dasturni tadqiq qilishga, topish va o’zaro bog’liq instruksiyalarni uzun buyruq so’zlariga birlashtirishga, dastur-kompilyatorining murakkabligi hisoblanadi. Translyasiyalovchi dasturning murakkabligini oshirishi o’ta uzunlikdagi buyruqning shakllanish vaqtini oshiradi. Dasturchilarda ichki VLIW buyruqlardan foydalanishga ruxsat yo’q, barcha dasturiy ta’minot CISC-prosessorlar buyruqlari past darajali VLIW buyruqlarni translyasiyalash dasturlariga asoslanadi.



    Download 3,98 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   168




    Download 3,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari

    Download 3,98 Mb.