|
Zamonaviy lokal shinalarning
|
bet | 34/168 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 3,98 Mb. | | #120781 |
Bog'liq 4. komp tizmlari MusayevZamonaviy lokal shinalarning turlarini ko’rib chiqamiz.
ISA, MCA. EISA kiritish-chiqarish shinalari kompyuter strukturasiga joylashganligi sababli kam unumdorlikka ega. Zamonaviy ilovalar (ayniqsa grafik), zamonaviy prosessorlar taminlay oladigan o’tkazish qobiliyatining sezlarli oshirilishini talab qiladi.
PCI (Peripheral Component Interonnect-tashqi komponentlarning ulanishi) shinasi turli qurilmalarni ulash uchun eng ko’p tarqalgan va universal interfeysdir.1993 yilda Intel firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. PCI shinasida 10 tagacha qurilmalarni ulash imkoni bor, istalgan 80486 dan tortib zamonaviy Pentium prosessorlari bilan ishlashga, uning sozlanishiga imkon beradigan o’z adapteriga ega. PCI maksimal chastotasi 30 MGs, razryadliligi malumotlar uchun 32 razryad (64 gacha kengaytirish imkoniyatli) manzillar uchun esa 32 razryad, nazariy o’tqazish imkoniyati 132 Mbayt/s, 64 razryadli variantlarda esa 264 Mbayt/s ni tashkil etadi.
PCI lokal shinaning 2.1 modifikasiyasi 66 MGi gacha takt chastotasida ishlaydi va 64 razryadlilikda 528 Mbayt/s gacha o’tqazish imkoniyatiga ega bo’ladi. Plug and Play, Bus Mastering ish tartibini qo’llab-quvvatlash va adapterlarni avtokonfigurasiyalash amalga oshirilgan.
Bir PCI shinada to’rttadan ortiq qurilmalar (slotlar) bo’lishi mumkin emas. PCI shinaning ko’prigi (PCI Bridgc) bu PCI shinasi boshqa shinalarga apparatni ulash vositasidir. Host Bridge bosh ko’prik PCI shinani tizim shinasiga (prosessor yoki prosessorlar shinasiga) ulash uchun ishlatiladi.
Peer-to-Peet Bridge - bir rangli ko’prik ikki PCI shinalarini ulash uchun ishlatiladi. Ikki va undan ortiq PCI shinalari quvvatli server platformalarida qo’llaniladi, chunki PCI qo’shimcha shinalari ulanadigan qurilmalarning sonini oshirishga imkon beradi. PCI almashtirishlarni paketli tarzda amalga oshiradi.
Har bir almashtirishda ikki qurilma - almashtirish tashkilotchisi (Initiator) va maqsadli qurilma (Target) qatnashadi. Qolgan shinalar adapterlardan farqli ravishda PCI kartalar komponentlari platalarning chap sirtlariga joylashtirilgan. Shuning uchun chetdagi PCI-slot odatda qo’shni ISA slot bilan adapterning joylashgan o’rnidan foydalansa bo’ladi. PSI shina ommaviylik bo’yicha ikkinchi (ISA shinadan keyin) hisoblanadi. Zamonaviy tizimlarda ISA shinalardan foydalaniladi va PSI shina bosh o’rinlarga chiqmoqda. Modernizasiyalangan PCI shinada AGP magistral interfeysi qo’shilgan.
AGP (Accelerated Graphics-Port-tezlashtirilgan grafik port) shina bu bevosita tizimli xotiraga chiqishga ega alohida AGP magistraliga videoadapterlarni ulash uchun mo’ljallangan interfeysdir. AGP shina 130 Mbitgacha chastotali tizim shinasida ishlashi mumkin va grafik malumotlarni yuqori uzatish tezligini taminaydi. Uning eng yuqori o’tqazish xususiyati to’rt karra kuchaytirish AGP 4x rejimida (bitta taktda 4 ta malumotlar bloki uzatiladi) 1066 Mbayt/s qiymatga, sakkiz karra ko’paytirish AGP 8x rejimda esa 2112 Mbayt /s qiymatga ega bo’ladi. PCI shinaga qaraganda AGP shinada manzillar va malumotlar liniyalarida o’qish-yozish operasiyalarining konveyerlanishi kuchaytirilgan, bu xotira modullaridan chekinishlar bu operasiyalarning bajarilish tezligiga tasirini tuzatishga imkon beradi.
Konstruktiv jihatdan AGP shina grafik tezlashtirishning bosma platasini o’rnatish uchun ona platada joylashgan alohida raz’yom (razyom) hisoblanadi.
Kompyuterning periferiya shinalari tashqi qurilmalarning xilma-xilligi tufayli turlichadir. IDE (Integrated Drive Electronics), ATA (AT Attachment - AT ga ulanadi), EIDE (Enhanced IDE), SCSI (Small Computre System Interface) periferiya shinalari ko’pincha faqat tashqi xotirada saqlovchi qurilmalar interfeysi sifatida ishlatiladi (2.13-rasm). Kompyuterlarning lokal va tizim shinalarining xarakteristikalari 2.1-jadvalda keltirilgan.
2.1-jadval.
|
Shinalar
|
ISA
|
EISA
|
MCA
|
PCI
|
AGP
|
Manzillar ma’lumotlarining razryadliligi (bit)
|
16/24
|
32/32
|
32/32
|
32/32 64/64
|
32/32 64/64
|
Ishchi chastotasi (MGs)
|
8
|
8-33
|
10-20
|
66 gacha
|
66/133
|
O’tkazuvchanlik qobiliyati (Mbit/s)
|
16
|
33
|
76
|
132/256/528
|
528/1056/2112
|
Ulanadigan qurilmalar soni (dona)
|
6
|
15
|
15
|
10
|
1
|
ATAPI (ATA Package Interface) standarti ATA interfeysiga faqat qattiq disklarni emas, CD-ROM diskovodlarni, strimerlarni, skanerlarni to’g’ridan-to’g’ri ulash uchun yaratilgan. ATA-3 va Ultra ATA interfeyslari versiyalari katta sig’imli disklarga xizmat ko’rsatadi, 33 Mbayt/sgacha axborot almashish tezligiga ega, o’z yaroqsizliklari haqida qurilmalarga xabar berishga va boshqa qator xizmatlarga imkon beradigan SMART (Self Monitoring Analysis and Report Technology-mustaqil izma-iz tahlil va sanoq texnologiyasi) texnologiyasini quvvatlaydi.
SSSI (Small Computer System Interface-kichik kompyuterlar uchun tizim interfeysi) shina 1986 yilda standartlashtirilgan. Interfeys kursi sinflardagi qurilmalarni to’g’ri va ketma-ket murojaat etishli xotira, CD-ROM, bir marta va ko’p marta yoziladigan disklar, axborot tashuvchilarini avtomatik almashish qurilmalari, printerlar, skanerlar, kommunikasion qurilmalar va prosessorlarni ulash uchun mo’ljallangan. Shina nuqtai nazaridan barcha qurilmalar teng huquqli bo’lishi mumkin va ham almashtirish tashkilotchisi, ham maqsadli qurilma hisoblanadi, lekin ko’pincha tashkilotchi vazifasida xost-adapter qatnashadi. Bitta kontrollerga bir necha periferiya qurilmalari ulanishi mumkin, ularga nisbatan kontroller ham ichki, ham tashqi bo’lishi mumkin. O’rnatilgan SSSI kontrollerli periferiya qurilmalari keng qo’llaniladi, ularga qattiq disklardagi to’plagichlar, CD-ROM, strimerlar kiradi.
SSSI shina qatta server tizimlarida, grafik ma’lumotlarga ishlov berish tizimlarida ishlatilgan. Shaxsiy kompyuterlarda SSSI shina qimmatligi tufayli keng tarqalmagan. PCI, SCSI, AGP, FSB (“prosessor-xotira”) shinalari qo’shilgan va prosessorlarning mustaqil tezlikli shinali tizim platasining tuzilish sxemasi 2.14-rasmda keltirilgan.
Pentium IV kompyuterlarida shinalarning joylashtirilishi 2.14-rasmda tasvirlangan. Markaziy o’rinni kompyuterlarning beshta komponentlari: markaziy prosessor (MP), asosiy xotira (AX), RS shina va ATARI standartidagi disk kontrollerlarini ulaydigan shinalar orasidagi ko’prik egallaydi. Bu endi muayyan kompyuter bo’lib, u ishchi stansiya, lokal tarmoqlar serverlari yoki kuchli shaxsiy kompyuter sifatida ishlatilishi mumkin. Bu kompyuterning strukturasida barcha asosiy keng qo’llaniladigan shinalar va mos interfeyslar qatnashgan. Asosiy bog’lamalar bo’lgan prosessor, asosiy xotira va kiritish – chiqarishi modullarini bog’lash qurilmasi sifatida kompyuterlarning oldingi modullarida bo’lgan tizim shinasi bu yerda endi yo’q, uni lokal shinalar va kiritish/chiqarish shinalari (KChSh) almashtiradi. Asosiy bog’lovchi bo’lib lokal shinalar ko’prigi qatnashadi. U prosessorni asosiy xotira va grafik adapter bilan, shuningdek, kiritish/chiqarish shinasi orqali PC, SCSI shinalarni va tashqi qurilmalarni ATARI kontrolleri bilan aloqasini ta’minlaydi.
Tizim shinalaridan lokal shinalarga o’tish an’anasi kompyuterlarda lokal shinalarni tanlash bilan kommutasiya bog’lamalari qo’shilishining paydo bo’lishiga olib keladi. Misol qilib yangi paydo bo’lgan PCI-Express standartni keltirish mumkin. Bu “nuqta-nuqta” aloqa tizimini ta’minlaydigan RSI shina bilan dasturiy moslashadigan masshtablovchi, yuqori tezlikli interfeysdir. Bunday yondashish ko’p nuqtali tizim shinalaridan arbitraj zaruriyatini amalga oshiradi, ham kutish vaqtini ta’minlaydi, qo’shimcha tizim qurilmalarining operativ ulanishini soddalashtiradi. RSI-Yexpress tizimidan foydalanilgan kompyuterning standart joylashtirish varianti 2.15-rasmda ko’rsatilgan.
Bu deyarli kompyuter qurilmalarining o’zaro birgalikda ishlashining shinali tashkil etilishidan lokal tarmoqlar texnologiyalariga o’tishdir (Ethernet turdagi kommutasiyalanadigan tarmoqlar).
|
| |