Kompyuter shinalarini tashkil etish




Download 3,98 Mb.
bet32/168
Sana16.12.2023
Hajmi3,98 Mb.
#120781
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   168
Bog'liq
4. komp tizmlari Musayev

Kompyuter shinalarini tashkil etish.
Avval ko’rib chiqilgan kompyuterning asosiy bloklari va bog’lamalari orasida o’zaro birgalikda ishlash qoidalari, ular orasida elektr, mantiqiy va texnologik aloqalar bo’lganida samarali ishlatilishi mumkin. AMQ prosessor elementlari, UVR, boshqarish qurilmasi, kiritish/chiqarish modullari va L1 keshlarning o’zaro birgalikda ishlashini ta’minlaydigan bu aloqalarning qismi ichki prosessor shinalari MLSh, MSh, BSh ko’rinishida bo’ladi. Texnologik jihatdan ular prosessor kristalliga (chipiga) o’rnatilgan, lekin kiritish/chiqarish moduli orqali kompyuterning boshqa konstruktiv komponentlariga ulanishga ega. Bu prosessor bog’lamalari orasida buyruqlar, operandlar va boshqarish signallarini uzatadigan elektr simlardir (o’tkazgichlardir). Ko’rsatilgan uchta shina uncha katta bo’lmagan aloqa liniyalari soni va yuqori takt chastotasi orqali farqlanadi, chunki kompyuterning ikki eng tezkor bog’lamalari: prosessor va ichki xotirani bog’laydi.
Biroq, kompyuterda boshqa ko’p sonli axborot oqimlari: tashqi qurilmalarining manzillari, ichki va tashqi ma’lumotlar, boshqarish va o’zish signallari mavjud. Ular elektr va axborot darajasida markaziy prosessorni va asosiy xotirani kompyuterning boshqa barcha funksional qurilmalari, tashqi qurilmalari, diskli to’plagichlar, tarmoqda o’zaro birgalikda ishlovchi vositalari bilan bog’laydi. Ichki prosessor shinalaridan farqli ravishda umumiy tizim shinalari katta uzunlikka, uzatiladigan signallarning kengroq diapazoniga, ko’p sonli uzatish kanallariga (liniyalariga) ega.
Shina bu kompyuterning turli bloklari bilan birgalikda ishlatilgan ma’lumotlarni uzatish kanalidir. Ular boshqa plataga yotqazilgan o’tkazish liniyalari to’plami, tekis ixcham ko’p simli kabel yoki kompyuter platalarida joylashgan alohida simlar hisoblanadi.
U yoki bu shina turini xarakterlaydigan asosiy parametrlarga quyidagilar kiradi:

  • shinaning kengligi, ya’ni ma’lumotlar uzatiladigan manzil liniyalari soni;

  • aloqa kanallari bo’yicha alohida bitlarni uzatish tizimini aniqlaydigan takt chastotasi;

  • qurilmalar orasida almashtirish qoidasini aniqlaydigan almashtirish protokoli.

Bajariladigan funksiyalar va maqsadli qo’llanilish nuqtai nazaridan kompyuter shinalarinig barcha turlarini shartli ikki toifaga: lokal va tizim shinalariga bo’lish mumkin. Lokal shinalar cheklangan sonli kompyuter komponentlarini markaziy prosessorni asosiy xotira yoki kontroller va tashqi qurilmalar adapterlari bilan bog’laydi.Tizim shinasi kiritish/chiqarish qurilmalarining turli tezliklarda uzatishni taminlash uchun mo’ljallangan. Kompyuterlarning so’nggi modellarida tizim shinasining funksiyalari ixchamlashdi, ko’proq lokal shinalar paydo bo’ldi.
Istalgan standart shina malumotlarni uzatish uchun alohida shinalarga (manzilni malumotlar uzatuvchi yoki qabul qiluvchi qurilma aniqlaydi), apparatni uzish liniyalariga, xotiraga to’g’ridan-to’g’ri murojaat etish kanallari alohida linyalariga, xizmat axborotlarini uzatish elektr taminoti tarmoqlari linyalariga ega.

Download 3,98 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   168




Download 3,98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter shinalarini tashkil etish

Download 3,98 Mb.