Arifmetik-mantiqiy qurilma




Download 3,98 Mb.
bet30/168
Sana16.12.2023
Hajmi3,98 Mb.
#120781
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   168
Bog'liq
4. komp tizmlari Musayev

Arifmetik-mantiqiy qurilma sonlarni (operandlarni) asosiy ishlov berish bog’lamasi bo’lib, operandlarning ikkita kirishiga va bitta natija chiqarishiga ega.
AMQ odatda , 10-15 ta turdagi arifmetik va mantiqiy operasiyalarni ishlatadi, bunda buyruqlarning umumiy soni bir necha o’nlab va hatto yuzlab sonlargacha yetishi mumkin. AMQ ning razryadliligi, odatda, ishlov beriladigan operandlarning razryadliligidan ikki marta katta bo’ladi.

AMQ ning kirish va chiqish uchun BR1 va BR2 vaqtincha saqlash bufer registrlari qo’llanadi. Oraliq natijani vaqtincha saqlash uchun akkumulyator AK mo’ljallangan. Zarurat tug’ilganida akkumulyator elementar operasiyalarni (surish, inverslash, belgi berish, nollashni) bajarish mumkin. Akkumulyatorning razryadi AMQ ning razryadlar soniga teng.


AMQ ning funksiyalari umuman prosessorning arxitekturasini aniqlaydi. Ko’plab prosessorlar AMQ larni bajaradigan operasiyalar quyidagilar hisoblanadi: qo’shish, ayirish, va, yoki, inverslash, o’ngga surish, chapga surish. Ularning asosida murakkabroq ko’p taktli ko’paytirish/bo’lish operasiyalari amalga oshiriladi.
AMQ da yuqorida aytilganlardan buyruqning bajarilish bosqichlaridan to’rtinchisi, yani malumotlarga bevosita ishlov berish bo’yicha operasiyalar amalga oshiriladi. Operandlar MLSh shinasi orqali asosiy xotiradan BR1 va BR2 bufer registrlariga beriladi.
Apparat manosi bo’yicha ko’p funksiyali summator bo’lgan OK operasion qurilma arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. Ishlov berish natijasi saqlash va ishlov berish bog’lamalaridan biri (AK) akkumlyatorga uzatiladi. BR1 ga malumotlar shinasidan, BR2 ga esa dasturni keyingi bajarilish qadamida zarur bo’lgan navbatdagi operasiyani bajarilish natijasining malumotlari yuboriladi.
AMQ tarkibiga faqat kombinasion sxemalar kiritilgan, shuning uchun dastlabki malumotlar AMQ kirishiga berilganida uning chiqishida birdaniga akkumulyatorga joylashtiriladigan natija malumotlari paydo bo’ladi. Dasturning navbatdagi qadami operasiyasini bajarilishi uchun bu malumotlar birdaniga BR2 kirishiga uzatiladi. BR1 va BR2 bufer registrlari dasturchi murojaat qila olmaydigan registrdir.
Akkumulyator ma’lumotlar bilan turli amal bajarishda prosessorning bosh registri hisoblanadi. Prosessor bevosita akkumulyatorda ma’lumotlar ustida bir necha harakatlarni bajarishi mumkin. Undagi ma’lumotlar barcha razryadlarga nolni yozish bilan tozalangan, o’ngga yoki chapga surilgan qiymatni inverslanganini olinishi mumkin. Akkumulyator razryadlarining soni prosessor so’zining uzunligiga mos bo’ladi, shu bilan birga, ikki hissa uzunlikdagi akkumulyatorlar ham ishlatiladi. Qo’shimcha razryadlar aniqlikda yo’qotilmaslik maqsadida, ko’paytirish operasiyasini bajarishda ishlatiladi.
Prosessorning zarur elementlaridan biri AMQ chiqishlari bilan bog’langan natija belgilar registri (BLR) hisoblanadi. U arifmetik va mantiqiy operasiyalar natijalarining belgilarini (bayroqlarini) qayd etish va belgilariga natijaning nolga tengligi, olingan natijaning belgisi, katta razryadlarda xona ortishining mavjudligi kiritilsa, boshqarish qurilmasi AMQ da bajariladigan operasiyalar natijalari bo’yicha dasturning shartli o’tishlarini ishlatish uchun ko’rsatilgan belgilarni hisobga oladi. BLR razryadlaridan har biri natijaning ko’zda tutiladigan belgilaridan birini qayd etadi. Ko’pincha BLR alohida qurilma bo’lmay, prosessor ichida alohida trigger sxemalari birikmasi hisoblanadi. Ular har biri ikkilik sonlar ustida operasiyalarning bajarilishida prosessor bog’lamalarining holatlarini aks etadi. Tekshirishlarning natijalarini qayd etish, buyruqlarning bajarilishini tabiiy ketma-ketligining buzilishi, ya’ni o’tish prosedurasini ishlatishda juda muhimdir. BLR registri dasturchiga dasturning bajarilishi tartibini ma’lum shartlarda o’zgartirish uchun prosessorning ishlashini tashkil etish imkonini beradi. Tartibni o’zgartiradigan buyruqlar shartli o’tish buyruqlari deyiladi. Bu buyruqlar holatlar registrining u yoki bu razryadini qo’llaniladigan qiymatiga mos ravishda dasturning bajarilishining borishini o’zgartirish uchun mo’ljallangan. Bu maxsus buyruqlarni an’anaviy ishlatish usuli KH buyruqlar hisoblagichini yangi ma’lumotlar bilan (agar BLR ma’lum razryadining qiymati birga teng bo’lib qolsa) yuklashni ko’zda tutadi.
2.4,g-rasmda ma’lumotlarni kiritish va chiqarish portlarining umumiylashtirilgan sxemasi keltirilgan. P1, P2 chiqishlarning portlari chiqarish tashqi qurilmalar printer va modemlarga bog’langan. Portlarning boshqa PN-1, PN guruhlari ma’lumotlarni kiritish qurilmalariga - skanerlarga, klaviaturalarga bog’langan. Kiritish/chiqarish moduli (KChM) aniq apparatli ko’rinishida ko’plab bajarilish variantlariga ega, lekin uning asosiy vazifasi qo’llanilishi bo’yicha turlarga bo’lingan tashqi qurilmalariga va MLSh shinasi orqali ma’lumotlarni almashtirish qurilmalariga kompyuterning ulanishini ta’minlash hisoblanadi.
P1...PN bevosita portlarning sxemalari kompyuterni unga ulangan tashqi qurilmalariga elektr va mantiqiy uyg’unlashtirilishini, shuningdek, qabul qilingan standartlar bo’yicha ma’lumotlarni u yoki bu tomonga uzatilishini ta’minlaydi.
Buyruqni bajarilishining beshinchi bosqichi hisoblash prosedurasini yakunlaydi, bunda natija uchta turli manzillar bo’yicha yozilishi mumkin:

  • hisoblashning keyingi qadamida natijaning ishlatilishi zarurati bo’lganida BR2 ga;

  • hisoblashlarning yaqinroq qadamlarida vaqtincha saqlash va foydalanish uchun prosessorni UVR ichki registrlaridan biriga;

  • operativ xotiraga, yangi xonaga yoki eskisini avvalgi o’qilgan operandning o’rniga.




Download 3,98 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   168




Download 3,98 Mb.