|
BOB. MAKTABGACHA TA'LIM BO'YICHA METODIK ISHLARNI TASHKIL QILISH VAZIFALARI, MAZMUNI VA SHAKLLARI
|
bet | 205/223 | Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 1,64 Mb. | | #101288 |
Bog'liq Maktabgacha pedag-www.hozir.org (1)BOB. MAKTABGACHA TA'LIM BO'YICHA METODIK ISHLARNI TASHKIL QILISH VAZIFALARI, MAZMUNI VA SHAKLLARI
MAKTABGACHA TA’LIMGA USLUBIY RAHBARLIK ISHINING TASHKILIY TUZILISHI VA VAZIFALARI
Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti - O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining tarkibiy bo'linmasi hisoblanadi hamda maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlarini va mutaxassislarini qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi, yangi ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy etadi, maktabgacha ta'limda axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalarida uzluksiz metodik xizmat ko'rsatadi19,
Institutning rasmiy nomi:
davlat tilida: to'liq nomi - Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, qisqartmasi - MTMRMQTMOI;
rus tilida: to'liq nomi - Institut perepodgotovki i povisheniyakvalifikatsiirukovoditeleyispetsialistovdoshkolnix obrazovatelnix uchrejdeniy, qisqartmasi - IPPKRSDOU;
v) ingliz tilida: to'liq nomi - Institute for Retraining and Advanced Training of Preschool Education Personnel and manager, qisqartmasi - IRATPEPM.
Institut o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, o'z Ustaviga amal qiladi.
19 Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mstitutining ustavi. - Т., 2017.
Institut davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi. Institut ta’lim muassasasi sifatida maktabgacha ta’lim tizimi rahbarlari va pedagog xodimlarini qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi, ushbu yo'nalishda o'quv, ilmiy- metodik, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-metodik ishlarni amalga oshiradi.
|
| |