|
ILK VA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR RIVOJLANISHIGA QO'YILADIGAN DAVLAT TALABLARI
|
bet | 21/223 | Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 1,64 Mb. | | #101288 |
Bog'liq Maktabgacha pedag-www.hozir.org (1)ILK VA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR RIVOJLANISHIGA QO'YILADIGAN DAVLAT TALABLARI
O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to‘g'risida"gi Qonuni. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabr- dagi РК-2707-son” 2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929- son "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to'g'risida’'gi nizomi va "Maktabgacha ta'lim muassasalari rah- bar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasi-
ni oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida”gi qaroriga aso- san Davlat talablari qabul qilindi2.
Davlat talablarn O'zbekiston Respublikasi hududida mulk- chilik shakli va idoraviy tasarrufidan qat'iy nazar, quyidagi ta’lim muassasalarida qo'llaniladi:
davlat maktabgacha ta'lim muassasalari;
nodavlat maktabgacha taiim muassasalari;
maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud boigan "Mehri- bonlik" uylari.
maktabgacha taiim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o'rta maxsus kasb-hunar va oliy taiim muassasalari, maktabgacha taiim turlari bo'yicha pedagogik kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshirish muassasalarida xodim va rahbarlar Davlat talablariga rioya qilishlari lozim.
Davlat talablarining maqsadi - mamlakatda o'tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg'or taj- ribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta'lim tizimida ma'nan mukammal va intellektual rivoj- langan shaxsni tarbiyalashdir.
Davlat talablarining asosiy vazifalari:
maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, taiim- tarbiyasi mazmuni va sifatiga qo'yiladigan talablarni belgilash;
milliy, umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta'lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakl- lari va usullarini joriy etish;
ta'lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy ax- borot-kommunikatsiya texnologiyalar ini joriy etish;
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash.
|
| |