|
integratsiya - bola ta’limi va rivojlanishidagi mazmun tarkibiy qismlari o'rtasidagi bog'liqlik
|
bet | 23/223 | Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 1,64 Mb. | | #101288 |
Bog'liq Maktabgacha pedag-www.hozir.org (1)integratsiya - bola ta’limi va rivojlanishidagi mazmun tarkibiy qismlari o'rtasidagi bog'liqlik:
inklyuziv ta’lim - bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda ta’lim va tarbiya olinishini teng ta'minlovchi jarayon;
"Men” konsepsiyasi bolaning o'zi haqidagi anglangan tasavvurlari tizimi, uni refleksiv faoliyatining bir qismi;
refleksiv faoliyat - bolada o'z tushunchalari va xatti-ha- rakatlarini anglash va mustaqil tahlil qilishi asosida xulosalar shakllanishi jarayoni.
Davlat talablari tug'ilgandan 7 yoshgacha boigan bolalar- ning beshta asosiy rivojlanish sohalariga bo'lingan. Har bir rivojlanish sohasi o'z o'rnida kichik sohalarga bo'lingan bo'lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan va kuti- layotgan rivojlanish ko'rsatkichlaridan iborat.
jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi;
ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari:
bilish jarayonining rivojlanishi;
ijodiy rivojlanish.
"Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzi- ning shakllanishi” sohasi quyidagi kichik sohachalarga boiinadi:
Yirik motorikani rivojlantirish;
Mayda motorikani rivojlantirish;
Sensomotorikani rivojlantirish;
Sog'lom turmush tarzi va xavfsizlik.
Yirik motorikani rivojlantirish - bunda bola yurish (tez va sekin), yugurish (tez, sekin va ilon bo'lib), sakrash (uzunlik- ka va balandlikka), zina bo'ylab yuqoriga yurish (yurish, yugurish, sakrash) vaqtida o'zining tana a'zolarini boshqarishni o'rganadi.
Mayda motorikani rivojlantirish - bunda bola biror bir faoliyatni yanada aniqroq bajarish (ushlash, olish, yopish, qir- qish, boiish) uchun o'z qoilari va barmoqlarini ishlatish va ulardan foydalanish malakasiga ega bo'ladi.
Sensomotorikani rivojlantirish - bunda bola o'z hara- katlarini boshqarish uchun sezgi organlaridan (ko'rish, eshi- tish, qoi bilan his qilish, hid bilish) foydalanadi.
|
| |