• Eslab qoling!
  • Nazorat savollari va topshiriklari




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet111/189
    Sana20.05.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #246757
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   189
    Bog'liq
    Eshonqulova

    Nazorat savollari va topshiriklari: 
    1.
    Muvofiklik sertifikatining xizmat muddatini kim belgilaydi? 
    2.
    Olingan muvofiklik sertifikati xaqida gi ma’lumotlarni kaerdan olishi 
    mumkin? 

    3.
    Muvofiklik belgisi kaerga quyiladi? 
    Eslab qoling! 
    Muvofikdik sertifikati, muvofiklik belgisi, ' muvofiklik belgisining kodi, 
    muvofiklik belgisining sifat tizimi. 


    147 
    24.-MAVZU: SINOV LABORATORIYALARINI 
    AKKREDITLASH 
    Reja 
    1.
    Sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish va akkreditlash 
    2.
    Akkreditlangan laboratoriyalarda saqlanadigan hujjatlar 
    3.
    Sertifikatlashtirishda mahsulotni tekshirish 
    4.
    Sertifikatlashtirish natijalarini rasmiylashtirish 
    Har bir sertifikatlashtirish faoliyatida – mahsulot sinovini o‘tkazishda, 
    sertifikat berishda va sertifikatlashtirilgan mahsulot sifatining nazoratini 
    ta’minlashda akkreditlangan sinov laboratoriyalari muhim tarkibiy qism 
    hisoblanadi. 
    Laboratoriyalarni akkreditlash 
    deganda sinov laboratoriyasining ma’lum 
    sinovlar yoki sinovlarning muayyan xillarini amlaga oshirish huquqlarini rasmiy 
    jihatdan tan olish tushuniladi. Bunda sinov laboratoriyasining texnikaviy 
    layoqatliligi va xolisligi yoki faqat layoqatliligini tan olishning ifodalanishini 
    ko‘rilishi mumkin. 
    Laboratoriyani attestatlash 
    deganda laboratoriyani akkreditlash uchun 
    belgilangan mezonlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida sinov laboratoriyasini 
    tekshirilishi tushuniladi. 
    Sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish va akkreditlash uchun da’vogar 
    bo‘luvchi laboratoriyalarga muayyan talablar qoyiladi va ularning bajarilishi 
    sertifikatlashtirish idoralari tomonidan nazorat qilinadi. 
    Shunday talablar qatoriga quyidagilar kiradi: 

    xodimlarning nazariy tayyorgarligi va amaliy ishdagi texnikaviy 
    layoqatliligi; 

    sinov o‘tkazish asbob – uskunalarining mavjudligi, o‘lchash va boshqa 
    vositalarni akkreditlash huquqini olish uchun kerakli tekshiruv sinovlarini to‘g‘ri 
    o‘tkazishda moddiy – texnikaviy ta’minotning yetarli ekanligi; 

    sertifikatlashtirish tavsiflari boyicha har bir aniqlash uchun 
    tekshirilayotgan sinov uslublarini to‘la tadbiq qilish va buning natijasida sinov 
    yakunlari qaytaruvchanligi va haqqoniyligini ta’minlashligi; 

    laboratoriyani aniq va tashkiliy haq – huquqiy o‘rni bo‘lib, mahsulot 
    ishlab chiqaruvchidan mustaqil hamda tijorat yoki boshqa majburiyatlarda 
    bo‘lmagan sinovlarning haqqoniyligiga ta‘sir o‘tkaza olmaydigan bo‘lishligi; 

    sinovlarni o‘tkazishda tizim sifatini ta’minlanilishini mavjudligi. 
    Sertifikatlashtirish idorasi tomonidan o‘tkaziladigan akkreditlash boyicha 
    sinov laboratoriyalarining bu talablarga qanday javob berishligi tekshiriladi va 
    laboratoriyaning holati to‘la – tukis o‘rganiladi. 
    Laboratoriyani akkreditlash uchun quyidagilar lozim: 

    akkreditlash uchun da’vogar bo‘lgan sinov laboratoriyasining 
    talabnomasini taqdim etish va ko‘rib chiqish; 

    taqdim etilgan akkreditlanish hujjatlarining ekspertizasi; 


    148 

    akkreditlanuvchi laboratoriyani tekshirish boyicha komissiya tayinlash 
    va uni o‘tkazish muddatini aniqlash; 

    akkreditlanuvchi laboratoriyani joyida attestatlash (tekshirish); 

    laboratoriyani akkreditlanganligi haqida qaror qabul qilish; 

    laboratoriyani akkreditlanganligi haqidagi attestatni rasmiylashtirish
    royxatdan o‘tkazish va uni topshirish. 
    Akkreditlangan laboratoriyalarda saqlanadigan hujjatlar quyidagilardan 
    iborat bo‘lishi kerak: 
    1.
    Huquqiy hujjatlar: 

    akkreditlangan sinov laboratoriyasi haqidagi nizom; 

    sinov laboratoriyasining pasporti, akkreditlanganligi haqidagi attestat. 
    2.
    Tashkiliy – uslubiy hujjatlar: 

    O‘zRST 5.3–92 «Sertifikatlashtirish milliy tizimi». Sinov 
    laboratoriyalarini (markazlarni) akkreditlash. Asosiy qoidalar. 

    ISO, ISO/MEK hujjatlari, EN – 45000 raqamli, N – seriyali 
    akkreditlashning tashkiliy va uslubiy masalalarini rejalashtiruvchi standartlar. 
    3.
    Tekshiriluvchi mahsluotga oid meyoriy hujjatlar; 
    4.
    Tizimning sifatini ta’minlovchi hujjatlar: 
    – Sifat boyicha qo‘llanma; 
    5.
    Sinash va o‘lchash asbob – uskunalariga doir hujjatlar: 
    – asbob – uskunalarni qayd etilgan (qayd daftari, kartalar, varaqlar, 
    pasportlar va boshqalar) hamda quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi 
    hujjatlar: 
    А) asbob – uskuna nomi va uning turi; 
    B) korxona – tayyorlovchi (firma), turi (markasi), korxona va inventar 
    raqami; 
    С) asbob – uskuna ishlab chiqilgan, olingan va ishga tushgan vaqti; 
    G) sotib olingandagi holati (yangi, ishlatilgan, ta‘mirdan keyin va 
    boshqalar); 
    D)
    bo’zilganligi, ta‘miri. Texnika ko‘rigi haqidagi ma’lumotlar; 
    E)
    attestatlash va tekshirish haqidagi ma’lumotlar; 
    – tekshiriluvchi asbob – uskuna va o‘lchash vositalarining ishlashidagi va 
    texnikaviy xizmat ko‘rsatish haqidagi hujjatlar; 
    A)
    har biri alohida sinaluvchi asbob – uskuna va o‘lchash vositalari uchun 
    pasport; 
    B)
    o‘lchash vositalarida tekshiruv o‘tkazish uslublari, hamda tekshiriluvchi 
    asbob – uskunani attestatlash rejasi va uslublari; 
    С) attestatlash tartibi va nostandart sinash va o‘lchash uslublarini 
    tasdiqlash; 

    o‘lchash vositalarini tekshirishni hisobga oladigan va sinalayotgan 
    asbob – uskunaning attestatlash haqidagi hujjatlar: sinaluvchi asbob – 
    uskunaning va o‘lchash vositalarini tekshirish grafigi; 

    O‘zRST 5.0 – 92 da qo‘llanish sohasi, meyoriy hujjatlarga ilova, 
    sertifikatlashtirishda 
    ishlatiladigan 
    asosiy 
    atamalar, 
    umumiy 
    qoidalar, 
    sertifikatlashtirish milliy tizimining tashkiliy to’zilishi va vazifalari, sinov va 


    149 
    sertifikatlashtirish sohalari boyicha xalqaro hamkorlik kabi masalalar yoritilgan 
    hujjatlar. 
    6.
    Laboratoriya xodimlari haqidagi hujjatlar: 

    laboratoriyada ishlaydiganlarning shaxsiy varaqalari; 

    mansabiy yo‘riqnomalari; 

    laboratoriya xodimlarining attestatlash haqidagi materiallar. 
    7.
    Sinaluvchi buyum (mol) namunasining hujjatlari: 
    – 
    sinaluvchi buyumlarni pasporti, ishlatish boyicha qo‘llanma va 
    texnikaviy tavsifi; 
    Bularning ichida yo‘riqnomalar: 
    A)
    buyumlarning namunalarini belgilash tartibi; 
    B)
    namunalarni qabul qilishda ularning to‘laligini (butligini) va ishga 
    layoqatliligini tekshirish tartibi; 
    С) buyum namunalari uchun hujjatlarning to‘laligiga talablar; 
    G) namunalarning saqlanishini ta’minlaydigan tartibi; 
    D) buyurtmachiga buyum namunalarini qaytarish tartibi. 
    8.
    Sinovlar o‘tkazish ma’lumotlarini royxatlash tartibi uchun hujjatlar: 

    sinovlarni o‘tkazish: rejasi va uslubi; 

    ma’lumotlarni hisoblash tartibini o‘z ichiga oluvchi hujjatlar, ishchi 
    jurnallar, sinovlar va o‘lchashlarning natijalarini o‘z ichiga oluvchi, ishchi qayd 
    daftarlar; 

    sinovlar bayonnomasi, o‘tkazilgan sinovlar haqidagi hisobot. 
    9.
    Xonalardagi sharoitni saqlash boyicha hujjatlar: 

    ishlab chiqarish xonalaridagi tegishli tartibini ta’minlash boyicha 
    yo‘riqnomalar; 

    xonalardagi holatni nazorat qiluvchi daftar, qayd daftari; 

    asbob – uskunaning ishlashidagi hujjatlar; 

    xonalar ichidagi muhitning kerakli sharoitini nazorat qiluvchi va 
    ta’minlovchi asbob – uskunaning ishlashidagi hujjatlar. 
    10.
    Arxiv boyicha hujjatlar: 
    – arxiv tarmog‘idagi ushbu o‘lchashlar va sinovlar ma’lumoti, ishchi 
    qayd daftarlarini, ma’lumotlarning hisob – kitobi, hisobotlar, namunalar haqidagi 
    hujjatlar va boshqalarni yuritish tartibi haqidagi yo‘riqnomalari. 

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   189




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish