Sertifikatlashtirish natijalarini rasmiylashtirish




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/189
Sana20.05.2024
Hajmi3,05 Mb.
#246757
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   189
Bog'liq
Eshonqulova

Sertifikatlashtirish natijalarini rasmiylashtirish 
Mahsulot yoki buyum ma’lum tekshiruvdan o‘tganligini, tekshiruvning 
haqqoniyligini yoki sertifikatlashtirish idorasi tomonidan tekshirilganligini 
isbotlaydigan dalil – tamg‘a, etiketka, sertifikat, ilova qilib yuboriladigan royxat, 
sertifikatlashtirilgan mahsulotlar royxati yoki korxona tayyorlovchilarning 
royxati hisoblanadi. 
Muvofiqlik sertifikatini sertifikatlashtirish idorasi yoki uning nomidan 
akkreditlangan idora tomonidan berilishi mumkin. ISO ta’rifiga binoan: 
Muvofiqlik sertifikati 
– tegishlicha belgilangan mahsulot, jarayon yoki 
xizmatlarning ma’lum standartga yoki boshqa meyoriy hujjatga mos kelishiga 
ishontiradigan va sertifikatlashtirish tizimi qoidalari asosida berilgan hujjat»dir. 
Muvofiqlik belgisi 
deganda, ushbu mahsulot, jarayon yoki xizmat ma’lum 
standartga yoki boshqa meyoriy hujjatga mos kelishini kafolatlovchi 
sertifikatlashtirish tizimi qoidalari asosida berilgan yoki ishlatiladigan va ma’lum 
tartibda himoya qilinadigan belgi tushuniladi. 
Muvofiqlik belgisini faqat mahsulotning hamma tavsiflarini belgilangan 
standart boyicha qamrab olgan hollardagina ishlatish tavsiya etiladi. 
Sertifikat berish tartibi va muvofiqlik belgisini qoyish, hamda uni amalda 
to‘xtatish yoki bekor qilish, standart shakli va muvofiqlik belgisining ramzi
sertifikatlashtiriluvchi hujjatlarda belgilanadi va mahsulotning ushbu turini 
sertifikatlashtirish qoidasida ko‘rsatiladi. 
Sertifikatda qayd etiladigan ma’lumotlar quyidagilardan iborat: 

sertifikatlashtirish idorasining nomi va manzili; 

tayyorlovchining nomi va manzili; 

mahsulotni va uning to‘dasini belgilanishi, seriya raqami
sertifikatlashtirishga tegishli bo‘lgan model yoki mahsulot turi; 

tegishli standartga havola; 

vakil –shaxsning imzosi va vazifasi. 
Quyidagi keltirilgan hollarda sertifikat bekor qilinishi mumkin: 

agar mahsulot (buyum, mol)ning tarkibiga yoki uni ishlab chiqarish 
texnologiyasiga o‘zgartirishlar kiritilsa, bu esa o‘z navbatida sertifikatlashtirish 
boyicha qilinayotgan tekshiruvda uning tavsiflariga o‘zgarishlar olib kelsa, 


151 
hamda shu mahsulot namunalarining sinovlari qo‘shimcha bayonnomasdagi 
standart talablariga mosligi tadsiqlanmasa; 

ishlab chiqarish texnologiyasining bo’zilishi va korxona – tayyorlovchi 
mahsulotining sifati pasaysa yoki material bilan ta’minlovchi tomonidan 
komplektlash detallari, yig‘ish qismi tegishli standartlar talablarini bo’zilishiga 
olib kelsa. 
Sertifikatlashtirish natijalarini, Tizim idorasi tomonidan sertifikatlashtirish 
ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har doim chop etilishi lozim. Bu ma’lumotlar 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

sertifikatlashtirilgan mahsulot royxati; 

akkreditlangan sinov tashkilotlarining royxati; 

attestatlangan korxonalardagi sertifikatlashtirilgan mahsulot royxati; 

sertifikatlashtirish hujjatlarining royxati. 
Bu royxatlarni sertifikatlashtirish milliy idorasi boyicha qilinadigan 
ishlarda qatnashuvchi vazirliklarga yuboriladi. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   189




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sertifikatlashtirish natijalarini rasmiylashtirish

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish