• 7.3. Ishlab chiqarish jarayonlaridagi avariyalar
  • Gidrotexnika inshootlaridagi avariyalarda




    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet116/244
    Sana14.05.2024
    Hajmi8,77 Mb.
    #232614
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   244
    Bog'liq
    Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M (1)

    7.2. Gidrotexnika inshootlaridagi avariyalarda
    fuqarolarning xatti-harakati
    Gidrotexnika inshootlaridagi avariyada fuqarolar quyidagi qoidalarni 
    bajarishlari lozim:
    Suv ostida qoladigan hududdagi fuqarolarni, suv bosishi mumkin 
    boMgan hududlami va suv bosish vaqtini, shuningdek, shikastlovchi 
    omillarni (suv urib ketadigan to‘lqin balandligi, tezligini va boshqalarni) 
    yaxshi bilishlari kerak.
    Aholining hammasi suv bosish xavfi tug‘ilgandagi va suv bosgandagi 
    xatti-harakatlarga tayyorlangan bo‘lishi kerak.
    Aholining hammasi suv bosish ehtimoli borligi, suv bosish vaqti
    uning chegaralari haqidagi va evakuatsiya tartibi haqidagi tavsiyalami 
    vaqtida olishi kerak.
    Xavf haqidagi xabar (ogohlantirish) olinganda quyidagi ishlar qilinishi 
    kerak:
    - darhol hujjatlarni, qimmatbaho va kerakli buyumlami, 2-3 kunlik 
    oziq-ovqat va ichimlik suvini o‘zi bilan olish;
    - uylami ehtiyot holatda (gaz, suv, elektr ta’minotini o‘chirishi) 
    qoldirishi kerak;
    - chorva mollarini xavfsiz joylarga o‘tkazib qo‘yish.
    Agar to‘satdan halokatli suv bossa:
    - suvning to‘lqin zarbidan saqlanish uchun mustahkam qurilgan in- 
    shootlarning yuqori qismlariga chiqiladi;
    - oldindan tayyorlangan qutqaruv vositasini (4-6 ta bir litrli plastmas- 
    sa idishlari osilgan najot kamarini) taqib olinadi;
    - agar odam imorat ichida (yuqori qismlarida ) qolgan bo‘!sa, qa- 
    yerdaligini belgilab, qutqaruvchilar yordamga kelishi uchun oq bayroq 
    belgilari osib qo‘yiladi.
    7.3. Ishlab chiqarish jarayonlaridagi avariyalar
    Avariya deganda bajariladigan ishning birdan to‘xtab qolishi yoki sa- 
    noat korxonalarida ishlab chiqarishning izdan chiqishi, transportlarda va 
    boshqa obyektlarda moddiy boyliklarning buzilishi, yo‘q bo‘lishi tushu- 
    niladi.
    135



    Download 8,77 Mb.
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   244




    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish