• Zaharli xususiyati K T Z M Zich- ligi g/sm 3 Qaynash tempera
  • 0,4-0,5 50 daq. 1,4-1,7 50 daq. So‘ndirilgan ohak, ammi­ ak! i suv Is gazi
  • 0 ,1 -0 ,2 15 saq. Ishqorlar, am­ miakli suv
  • M tojiyev, I. Nigmatov




    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet119/244
    Sana14.05.2024
    Hajmi8,77 Mb.
    #232614
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   244
    Bog'liq
    Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M (1)

    Birinchi yordam: 
    toza havo, kislorod ingalatsiyasini ta’minlash, 
    ko‘zni, burunni yuvish, tomoqni 2 foizli sodali eritma bilan chayish, 
    bo‘yinni issiq qilish, issiq sodali, yog‘li, asalli yoki borjomli sut ichish 
    tavsiya etiladi.
    Himoyalanish: 
    «V» va «М» markali filtrlovchi sanoat gazniqoblari, 
    izolirlovchi fuqarolar va bolalar gazniqoblaridan foydalaniladi. Bulardan
    137


    7-jadval
    B a’zi b ir kuchli ta ’sir etuvcbi za h arli m oddalarning (K TZM ) fizik-kimyoviy 
    va za h arli xususiyatlari
    Zaharli xususiyati
    K
    T
    Z
    M
    Zich-
    ligi
    g/sm 3
    Qaynash
    tempera-
    turasi, °C
    Zahar-
    lash
    kon-
    senra-
    tsiyasi,
    mg/l
    Ta’sir
    vaqti
    0 ‘ldirish
    konsentra-
    tsiyasi,
    mg/l
    Ta’sir
    vaqti
    Degazatsiya-
    lovchi
    moddalar
    Ammiak
    0,68
    - 3 3 , 4
    0,2
    6 s
    7
    30
    daq.
    Suv
    Xlor
    1,56
    - 3 4 , 6
    0,01
    1 s
    0,1-0,2
    1 s
    S o ‘ndirilgan
    ohak
    Fosgen
    1,42
    8,2
    0,05
    10 daq
    0,4-0,5
    10 min Ishqoriy mod­
    dalar va suv
    Oltingu-
    gurt (IV)
    oksid
    1,46
    - 10
    0,4-0,5
    50
    daq.
    1,4-1,7
    50
    daq.
    So‘ndirilgan
    ohak, ammi­
    ak! i suv
    Is gazi
    -
    - 190
    0,22
    2,5 s
    3,4 -5 ,7
    30
    daq.
    -
    Uglerod
    (IV)
    sulfid
    1,26
    46
    2 ,5 -1 ,6
    1,5 s
    10
    1,5 s
    Natriy sulfid
    Fosfor
    (III)
    xiorid
    1,53
    74,8
    0,08
    -0 ,0 1 5
    30
    daq.
    0,5 -1 ,0
    30
    daq.
    Ishqorlar,
    ammiakli suv
    Vodorod
    florid
    0,98
    19,4
    0,4
    10
    daq.
    1,5
    5 daq.
    Ishqorlar,
    ammiakli suv
    Sinil
    kislota
    0,7
    25,6
    0 ,0 2 -
    0,04
    30
    daq.
    0 ,1 -0 ,2
    15 saq. Ishqorlar, am­
    miakli suv
    138


    tashqari, sanoatda ishlatiladigan moddalardan: fosfor (III) xlorid, sinil 
    kislotasi va boshqalaming xususiyatlari 1-jadvalda keltirilgan. Yuqorida 
    aytilgan tez ta’sir etuvchi zaharli moddalar ishlatiladigan korxonalarda 
    avariya sodir bo‘lganda shu yerdagi va korxona atrofida yashovchi xalq 
    zaharlanishi mumkin. Albatta, zaharlanish darajasi: uning dozasiga, odam- 
    laming zaharli moddadan uzoq-yaqinligiga, bug‘lanish darajasiga, shamol 
    tezligiga va boshqa omillarga bog‘liq.
    Agar shunday avariya favqulodda sodir bo‘lsa, albatta, birinchi nav- 
    batda, o ‘z vaqtida va sifatli ofat o‘chog‘ini belgilash lozim, Bu vazifani 
    fuqaro muhofazasi xizmat tizimlarining - razvedka qismlari bajaradilar. 
    Ular avariya joyini, zaharli modda turini, zaharli modda dozasini va shi- 
    kastlangan hududdan qanday qilib odamlami zaharlamasdan olib chiqib 
    ketish y o‘llarini belgilab beradilar.
    Shikastlanish o‘chog‘i aniq o‘rganilgandan keyingina avariya sodir 
    bo‘lgan joydagi va unga yaqin atrofda yashovchi aholi ogoh etiladi. Buni 
    eshitgan fuqarolar nafas organlarini saqlovchi (gazniqoblar) va terini 
    himoya qiluvchi kiyimlami (plash, yopg‘ich) kiyib, darhol zaharlangan 
    hududdan xavfsiz hududga chiqib ketadilar. Zaharlangan hududdan uzoq- 
    roqdagi fuqarolar esa yashash uylarining eshik, romlarini mahkam ber- 
    kitib, ulaming germetikligini oshirib, isitgich jihozlarini, gaz, chiroq va 
    boshqalami o‘chirib, o‘z uylarida saqlanishlari mumkin. Albatta, bu bilan 
    ulami kimyoviy zaharlanishdan to‘liq qutqarib bo‘lmaydi. Agar zaharli 
    moddaning miqdori juda ko‘p tashqariga chiqib ketgan bo‘lsa, zararlan- 
    gan o ‘choq atrofidagi hamma yashovchi odamlami tartib va osoyshtalik 
    bilan tezda xavfsiz joylarga ko‘chirish zarur. Avariya sodir bo‘lgan joylar­
    da xizmat qiluvchi fuqarolaming hammasini evakuatsiya qilib boim aydi. 
    Ulaming m a’lum qismi shu yerda qolib, zaharli moddadan saqlovchi 
    vositalami kiyib, tashqariga KTZMning chiqishini to ‘xtatish choralarini 
    ko‘radilar (bunda j o ‘mrakni burash, KTZMni bir joydan ikkinchi joyga 
    haydash, texnologik jarayonni to‘xtatish, KTZM solingan idishni tuzatish, 
    texnologik jarayonni va boshqa sababchi omillami to ‘xtatish ishlari ba- 
    jariladi). Avariya to‘xtatilgandan keyin, m a’lum bir vaqt mobaynida (za- 
    harlovchi moddaning tabiatiga qarab) avariya o ‘chog‘ida xizmat qilgan va 
    zaharlangan hududda qolgan odamlar tibbiy ko ‘rikdan o ‘tkaziladi. Agar 
    KTZM nafas yoTiga ketgan boTsa, ularga dori-darmon beriladi, teriga 
    tekkan bo‘lsa, suv bilan ko‘p marta yuviladi, so‘ngra zaharlangan joylar, 
    uning atroflari va ishlab chiqarishda ishlatiladigan jihozlar, uskunalar,
    139


    inshootning o'zi degazatsiya qilinadi. Degazatsiya sifatida zaharlovchi 
    moddani neytrallaydigan (ya’ni ta’sir kuchini kamaytiruvchi) modda- 
    lar ishlatiladi. Mana shunday avariyalarga misollar keltiramiz: 1988-yil 
    Yaroslavl viloyatida Volga daryosi bo‘yida temiryo‘l poyezdining 7 ta 
    vagoni izdan chiqib ketib, katta avariya yuz bergan. Bunda 3 ta idishda 
    zaharli kimyoviy modda bo'lib, uning m a’lum qismi atmosferaga chiqib 
    ketgandi. 1988-yilda «Красная Роза» ishlab chiqarish birlashmasida, ava­
    riya sodir bo‘lib, havoga zaharli gazning chiqishi (S 0 2) aniqlanganligini, 
    1966-yil Gorkiy shahridagi kimyo zavodida 27 t Cl, gazi havoga tar- 
    qalganligi natijasida 6000 kishi evakuatsiya qilinib, 1500 kishi har xil 
    dozada zaharlanganligini eslatib o‘tish mumkin. 1984-yili Hindistonda 
    Amerikaning «Yunion Korbayt» kompaniyasiga qarashli Bxopal kimyo 
    zavodida gaz quvuridan 40 tonna o‘tkir zaharlovchi moddaning atrof 
    muhitga tarqalishi oqibatida katta talafot ro‘y bergan. Bu halokat 2000 
    kishining hayotiga zomin bo‘lgan, bunda 80000 nafar fuqaro zaharla- 
    nib, salomatligiga jiddiy zarar yetkazgan. 2003-yilda Xitoyning Chxu- 
    andonbey gaz konida katta portlash yuz bergan. Portlash oqibatida 190 
    kishi qurbon bo‘lgan hamda havoga ko‘p miqdordagi tabiiy gaz birik- 
    malari va vodorodsulfit gazi tarqalishi natijasida ko‘plab odamlarning 
    zaharlanishiga va oMimiga sabab bo‘lgan. 1990-yilda Qoraqalpog‘iston 
    Respublikasining «Yoshlik» stansiyasidan o’tib borayotgan kuchli ta ’sir 
    etuvchi zaharli modda (95 tonna) yuklangan sisterna nazorat qilinmas- 
    ligi oqibatida y o‘l-yo‘lakay tomchilab borgan. Bu holatni o ‘z vaqtida 
    sezgan «Yoshlik» stansiyasi xodimlari darhol tegishli choralami ko‘rib, 
    baxtsizlikning oldi olindi. Agar sisternadagi suyuqlik shu yerga to'liq 
    oqib ketganda nafaqat stansiyadagi va uning atrofidagi aholini, balki 13 
    km olisda yashovsi aholini ham zaharlagan bo‘lardi. Shunga o ‘xshash 
    ko‘plab misollarni keltirish mumkin. Inson uchun xavfli bo‘lgan zaharli 
    moddalar bilan ishlaydigan korxonalarning ham soni 0 ‘zbekistonda yil- 
    dan yilga ko‘payib bormoqda. Bular « 0 ‘zbekkimyosanoat» uyushmasi- 
    ga qarashli korxonalar bo‘lib, ular Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Ol- 
    maliq, Chirchiq, Navoiy, Angren va boshqa shaharlarda (S 0 2, NH3, Cl2, 
    H N 0 3, H2S 0 4, CH3COOH va boshqa zaharli moddalar) joylashgan. Bu 
    korxonadan tashqari kimyoviy, zaharli moddalar bilan ishlaydigan bosh­
    qa korxonalar ham mavjud. Jumladan: « 0 ‘zgo‘shtsut», « 0 ‘zbeksavdo», 
    « 0 ‘zqishloqxo‘jalik» mahsulotlari uyushmalari, Bekobod metallurgiya 
    korxonasi, M ikond zavodi, Toshkent lok-bo‘yoq zavodi, To‘qimachilik
    140


    korxonalari, Suv tozalash inshootlari va boshqalar. Hozirgi kunda respub- 
    likamizdagi 300 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalarida inson uchun za­
    harli moddalar ishlatiladi (

    Download 8,77 Mb.
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   244




    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish