• Sariq rangli Kislotali gaz va parlardan (xlor, sinil kislota, azot oksidlari, vodorod xiorid, fozgen, oltingugurt
  • Sanoat gazniqoblari.
  • 7.5. Fojiali hodisa (katastrofa) va uning oqibatlari Fojiali hodisa
  • M tojiyev, I. Nigmatov




    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet122/244
    Sana14.05.2024
    Hajmi8,77 Mb.
    #232614
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   244
    Bog'liq
    Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M (1)

    9-jadval
    Quti
    mar-
    kasi
    Qutini xarakterlovchi
    belgilar
    Nimalardan saqlaydi
    A
    Q o‘ng‘ir rangli
    Benzin, kerosin, atseton, benzol, toluol, uglerod
    sulfid, spirt, efir, anilin, fosfor va xlororganik -
    zaharli moddalar
    V
    Sariq rangli
    Kislotali gaz va parlardan (xlor, sinil kislota, azot
    oksidlari, vodorod xiorid, fozgen, oltingugurt
    oksidi) fosfor va xlororganik zaharli moddalar
    G
    Oq vertikal chiziqli,
    qora va sariq rangli
    Simob paridan, simoborganik zaharli moddalar
    E
    Qora
    Mishyak va fosfom ing vodorodli birikmalaridan
    KD
    Kulrang
    Ammiak, vodorod sulfid va uning aralashmalari
    M
    Qizil
    Nordon gazlar, ammiak, mishyak, va fosfom ing
    vodorodli birikmalari
    SO
    Oq
    Uglerod oksidi va uning aralashmalari
    Sanoat gazniqoblari. 
    Bunday gazniqobtar zaharli moddalaming (bug", 
    tuman, gaz holdagi) ta’siridan nafas organlarini, yuzni, ko‘zni saqlashda 
    ishlatiladi. Bular bir necha turlarga bo‘linadi 
    {9-jadval).
    Sanoat gazniqoblari ham, fuqarolar gazniqoblari kabi niqobdan va za­
    harli moddalardan saqlovchi maxsus filtrlovchi qutilardan tashkil topgan. 
    Filtrlovchi qutilar bir-biridan rangiga va turiga qarab farqlanadi.
    7.5. Fojiali hodisa (katastrofa) va uning oqibatlari
    Fojiali hodisa 
    - m a’lum bir vaqt oralig‘ida sodir boiadigan 
    halokat demakdir. Fojia - turli xildagi inshootlarning buzilishi, moddiy 
    boyliklaming yo‘q bo‘lib ketishi hamda odamlaming o‘limi bilan sodir 
    bo‘ladi. Bundan tashqari, katta avariyalar oqibatida ham fojialar sodir 
    bo‘ladi. Masalan, atom elektrostansiyalarida va radioaktiv moddalar 
    ishlatiladigan korxonalarda avariya sodir bo‘lishi natijasida juda katta
    144


    hudud zaharlanishi va oxir-oqibatda fojia bilan yakunlanishi mumkin. 
    Mana shunday avariyalar natijasida sodir bo‘layotgan fojiali hodisalar 
    atom elektrostansiyalarida tez-tez uchrab turadi.
    Masalan, 1986-yil 26-aprel Chemobil AESidagi avariya bunga misol 
    bo'ladi. Bu AESdagi bitta energoblok buzilib, undan tashqariga juda ko‘p 
    miqdorda chiqqan bug1 holdagi vodorod atmosferadagi havo bilan aralashishi 
    natijasida portlab, radioaktiv chiqindilar atrof muhitga tarqalgan. Natijada 
    yong‘in sodir bo‘lib, yaqin atrofdagi odamlar o‘lgan va o‘nlab odamlar turli 
    darajadagi radiatsiya nurini olgan, juda katta hudud radioaktiv moddalar 
    bilan zaharlangan, 100 mingdan ortiq odamlar evakuatsiya qilingan va 
    fojiadan ko‘rilgan moddiy zarar esa 8 mlrd. rublni tashkil etgan. Shuning 
    uchun AESlarda avariya sodir bo‘lganligini eshitgan har bir fuqaro darhol 
    saqlanish (boshpana) joylariga berkinishi yoki xavfsiz yerga evakuatsiya 
    qilinishi lozim. Ikkala hoiatda ham shaxsiy saqlash vositalarini kiyib, kerakli 
    narsalami: oziq-ovqat, suv, zarur hujjat, pul va boshqa buyumlami olib, 
    aytilgan joyiga tezlikda yetib borishi kerak. Agar sharoit juda tig‘iz va og‘ir 
    bo‘lsa, u holda o‘zi yashab turgan uyda yoki ishxonada, xonalarga kirib 
    hamma teshiklami germetik hoiatda berkitishi zarur. Mana shundagina u 
    ortiqcha miqdordagi nurlanishni olmaydi. Ma’lumki, g‘ishtli uylar nurianish 
    darajasini 10 baravargacha, temir-beton inshootlar esa batamom kamaytiradi. 
    Shuning uchun radiatsiyadan saqlaydigan boshpanaiar ko‘pincha temir- 
    betondan quriladi. Zararlangan hududlarda yurish, mehnat qilish juda qattiq 
    tartib ostida, alohida rejim asosida olib boriladi. Boshpanadan tashqariga 
    chiqqanda shaxsiy saqlagichlami kiygan holda, juda qisqa vaqt mobaynida 
    yurish kerak. Saqlovchi xonalarda yashayotganda ham radiatsiyaga qarshi 
    ishlatiladigan va yodli preparatlardan ichib turish zarur. Zararlangan 
    hududlarda ishlayotgan odamlar saqlovchi vositalami kiygan hoiatda, 
    ma’lum vaqt oralig‘ida ishlab, hududda o‘tirishi, biror narsani ushlashi, 
    chekishi, ovqat yeyishi, suv ichishi taqiqlanadi. Ishdan keyin butun kiyim 
    boshi va o‘zi to‘liq dozimetrik tekshiruvdan o‘tkaziladi. Katta avariyalar 
    va fojiali hodisalar bo'lishiga, yong‘in va portlashlar sahab bo‘lishi 
    mumkin. Ayniqsa, kimyo, neft va gaz sanoatida yuz beradigari portlashlar 
    katta fojialar bilan tugaydi. Masalan, 1989-yil Boshqiristonda siqilgan gaz 
    saqlanadigan omborda portlash yuz berib, katta talafot ko‘rildi. Xuddi 
    shunga o‘xshash avariyalar ko‘mir konlarida yo'ldosh gazlaming portlashi 
    oqibatida sodir bo‘lib, natijada butun kon o‘pirilib, insonlar qurbon bo‘lishi 
    bilan yakunlangan hollar ma’lum. Masalan, !988-1995-yiliar mobaynida
    145


    Rossiyaning bir qancha ko‘mir qazib oladigan konlarida shunday fojiali 
    hodisalar sodir bo‘lib, ko‘plab odamlar nobud boigan. Shunga o‘xshash 
    halokat Toshkentdagi lok-bo‘yoq zavodida ham yuz bergan. Bu falokatga 
    zavodda ishlatiladigan tez alangalanuvchan kimyoviy moddalarni saqlash, 
    tashish qoidalari buzilishi natijasida katta yong‘in chiqib, avariya sodir 
    bo‘lishiga sabab bo‘lgan va odamlar o‘limi bilan yakunlangan. Bunday 
    misollami ko‘plab keltirish mumkin. Avariya va falokatlar fojiali holatlardan 
    tashqari turli darajadagi jarohatlar: qo‘1, oyoq chiqishi, et uzilishi, 
    to‘qimalaming uzilishi, kesilishi, kuyishi, zaharlanishi, tok urishi va boshqa 
    talafotlarga ham sabab bo‘ladi. Shuning uchun avariya va fojia boMganda 
    turli xil jarohatlarga o ‘z vaqtida, tezlikda yordam ko‘rsata bilish kerak.

    Download 8,77 Mb.
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   244




    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish