• 6.5. Yer silkinish oqibatlarini tugatish chora-tadbirlari
  • Inshootlar yer silkinishiga bardosh berish xususiyatiga ko‘ra 3




    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet102/244
    Sana27.05.2024
    Hajmi8,77 Mb.
    #254799
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   244
    Bog'liq
    Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M

    Inshootlar yer silkinishiga bardosh berish xususiyatiga ko‘ra 3
    guruhga bo‘linadi:
    A - 7 ballgacha chidaydigan kuchsiz seysmochidamli uylar. Bunga 
    tuproqdan, g‘ishtdan qurilgan uylar kiradi.
    В - 8 ballgacha chidaydigan uylar. Bu xildagi uylar har xil yog'och 
    karkaslardan tayyorlanadi (sinch uylar).
    D - 9 ballgacha chidaydigan seysmochidamli uylar. Bu xildagi uylarga 
    katta metall karkaslardan tayyorlanadigan, temir-beton konstruksiyalardan 
    qurilgan inshootlar kiradi.
    6.5. Yer silkinish oqibatlarini tugatish chora-tadbirlari
    Yer silkinishining oqibatlarini tugatishda ishga yaroqli har bir kishi 
    ishtirok etishi zarur va quyidagi ishlar birinchi ishlar hisoblanadi:
    - Yer tagida qolgan, buzilgan va yong‘in!i uyda qolgan odamlami 
    qutqarish.
    - Ishlab chiqarish, kommunal-energetik tizimlarda sodir bo‘ladigan 
    avariyalami to‘sish va to‘g ‘rilash (chunki bular inson hayotiga xavf 
    soladi).
    - Buzilgan uylami, inshootlarni tiklash.
    - Talafot ko‘rganlarga tibbiy yordam ko'rsatish punktlarini tayyorlash.
    - Yer silkinish o‘chog‘ida suv ta’mmotini tiklash.
    Albatta, mana shu ishlami bajarishda ishtirok etayotgan har bir 
    odam ehtiyot choralarini ko‘rgan holda, kerakli joylarda shaxsiy himoya 
    vositalardan foydalanishlari 
    zarur. 
    Hech qanday o ‘zboshimchalik, 
    belgilanmagan chora-tadbirlar va xatti-harakatlarni amalga oshirish 
    man etiladi.Yer silkinishi boshqa turdagi tabiiy ofatlami, falokatlarni: 
    masalan, yer surilishi, suv toshqini, qor ko‘chkisi, yong‘in chiqishi va 
    avariyalar, kommunal-energetik tizimlaming izdan chiqishi, kirnyo sanoati
    110


    korxonalarida avariya natijasida KTZMlaming tashqariga to‘kilishi, 
    AESlarda radioaktiv moddalaming atmosferaga chiqishi va boshqa xavfli 
    ofatlaming yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ammo, hozirgacha 
    yer silkinishining aniq vaqtini va joyini ayta oladigan uslub yo‘q. Lekin 
    yerning tavsifli xususiyatlari, tirik mavjutodlarning xatti-harakatlari 
    o ‘zgarishiga qarab olimlar yer silkinishi baqida muhim m a’lumotlarni 
    beradilar.
    Yer silkinishini belgilaydigan ayrim ko‘rsatkichlar quyidagilardan 
    iborat: 
    kuchsiz tebranish 
    chastotasining keskin 
    o‘sishi, 
    yerning 
    deformatsiyalanishi, tog‘ jinslarining elektr qarshiligi o‘zgarishi, yer 
    osti suvlar sathining ko‘tarilishi, yer osti suvlarida radon miqdorining 
    ortishi va boshqa o‘zgarishlar. Bulardan tashqari, yer silkinishi oldidan 
    uy hayvonlarining xatti-harakatlari ham o ‘zgaradi. Masalan, mushuklar 
    tashqariga chiqib ketadi, qushlar o‘z uyalaridan uchib chiqadi, chorva 
    mollari juda bezovta bo‘lib qoladi va boshqalar.Fan va texnikaning 
    rivojlanishi so‘zsiz yer silkinishini oldindan bashorat qilish imkoniyatini 
    beradi. Jumladan, yuqorida ta’kidlanganidek, yer osti suvlarida yer 
    silkinishidan oldin radon gazi miqdorining oshish qonunini birinchi 
    bo‘lib o‘zbek olimi G ‘. Mavlonov tomonidan aniqlangan va bu qonuniyat 
    Toshkent zilzilasi oqibatlarini o‘rganishda o‘z tasdig‘ini topdi. Hozirgi 
    kunda bu usul bilan respublikamizda va Markaziy Osiyo davlatlarida ro‘y 
    bergan bir necha zilzilalar bashorat qilindi va ular tasdiqlandi. 0 ‘zbekiston 
    olimlarining bunday kashfiyoti bilan qiziqib Amerika olimi O. Jeyms 
    shunday degan edi: «Yaqin kunlarda o ‘zbek mutaxassislari zilzila 
    haqidagi bashoratni xuddi iqlim sharoitini bashorat qilgandek radio orqali 
    e’lon qilish darajasiga yetib boradilar». Lekin bu yerda shuni aytib o ‘tish 
    kerakki, yer silkinishni oldindan bashorat qilish muammosi hali butunlay 
    hal etilmagan. Bunga birdan bir sabab bu masalaning murakkabligi, 
    ya’ni zaminida yer silkinish jarayonini vujudga keltiradigan gipotsentr- 
    o ‘choqning nihoyatda yashirinligi hamda shu «o‘choqda» yig‘ilgan 
    va yer silkinishiga olib keladigan energiyaning, uning sodir boTish 
    qonuniyatlarining hali yetarlicha bilmasligimizdadir. Yer silkinish ofatidan 
    muhofaza qilishning bir usuli - bu oldindan seysmofaol mintaqalami 
    belgilash hisoblanadi. Bunda insonlar uchun, xalq xo‘jaligi tarmoqlari 
    uchun xavfli boTgan 7-8 balli yuqori yer silkinishi mumkin bo‘lgan joylami 
    belgilab xavita tuziladi. Maria shunday seysmofaol mintaqalarda oldindan 
    turli muhofaza ornillari ko‘rilib, inshootlami qurish, ta’minlash va ba’zi
    111


    xavfli ishlab chiqarish tarmoqlarini (kimyo zavodlari, AESlar va shunga 
    o ‘xshash korxonalami), hatto to‘xtatish ishlari amalga oshiriladi. Shunday 
    ishlar, ya’ni 0 ‘zbekistonning seysmofaol hududlari xaritasi 1977-yilgacha 
    amal qilib keldi va hozirgi kunda 0 ‘zbekiston Fanlar akademiyasining 
    seysmologiya institute tomonidan 0 ‘zbekistonning yangi seysmofaol 
    xaritasi tuzilib, bunda har bir hududning seysmologik xususiyatlari hisobga 
    olingan. Yangi xaritada ko‘rsatilishicha, 0 ‘zbekiston mintaqalarida bo‘lishi 
    mumkin bo‘lgan yer silkinishlari belgilangan. Jumladan: Qoraqalpog‘iston 
    Respublikasida - 6 ballgacha; Xorazm va Samarqand viloyatlarida -
    7 ballgacha; Toshkent, Qarshi, Buxoro, Termez, Namangan, Farg‘ona 
    shaharlarida - 8 ballgacha; Andijon viloyatida - 9 ballgacha. Shuningdek, 
    seysmofaol xaritada Toshkent shahri uchun ham 6-9 ballgacha boTadigan 
    mikroseysmofaoi hududlar ham belgilab qo‘yilganki, hozirgi kunda mana 
    shu m a’lumotlar asosida Toshkent shahrida maqsadli qurilishlar amalga 
    oshirilmoqda. Shu yerda ta’kidlab o‘tish kerakki, respublikamizda 136 
    ta shahar mavjud boiib, ulardan 13 tasi yirik shaharlar hisoblanadi. 
    Shaharlarda qurilishlar 5 ta kategoriya bo‘yicha amalga oshirilib, ular katta- 
    kichikligidan qat’i nazar, halqa yoTi bilan belgilanishi zarur. Chunki FVda 
    fuqarolar faqat tranzit yoTlari orqali (jumladan, halqa yoTlar orqali) harakat 
    qilishga yo‘naltirilishi lozim. Shuning uchun har bir korxona rahbari yer 
    silkinishi oqibatlarini kamaytirishning asosiy tadbirlarini bilishi zarur. Bular 
    quyidagilardan iborat:
    - hududning seysmik xaritasi, unda zilzila bo‘lish ehtimoli bor joylar 
    va uning kuchi ko‘rsatiladi;
    - zilzilaga bardosh beradigan uylar va sanoat inshootlarini qurish;
    - zilzila sodir bo‘lib qolgan holda aholi o ‘zini qanday tutishi va xatti- 
    harakatlar haqida tushuntirish;
    - seysmik stansiyalarda uzluksiz navbatchilikni tashkil qiiish va olib 
    borish;
    - zilzilalar haqida aniq xabar va aloqa sistemasini tashkil qiiish;
    - qutqaruv, kuch va vositalami tayyor holga keltirib qo‘yish;
    - aholini xavfsiz, o‘z vaqtida evakuatsiya qiiish tadbirlarini ishlab 
    chiqish;
    - moddiy-texnik ta’minoti (palatkalar, oziq-ovqat, dori-darmon) 
    zaxiralarini tashkil qiiish;
    - zilzila haqida xabar beruvchi belgilami aholiga tushuntirish va o‘z 
    vaqtida qo‘flash.
    112


    Yer silkinishini tavsiflaydigan belgilar quyidagilardan iborat:
    - yer ostki suvlarining fizik-kimyoviy tarkibining o‘zgarishi (labo- 
    ratoriyada aniqlanadi);
    - qushlar va uy hayvonlarining bezovtalanishi, gaz hidining kelishi, 
    havoda chaqmoq chaqishi va yorug‘lik paydo bo‘lishi;
    - bir-biriga yaqin, lekin tegmayotgan elektr simlaridan uchqun 
    chiqishi, uylarning ichki devorlarida zangori shu’lalar paydo bo‘lishi va 
    luminitsent lampalarining o‘z-o‘zidan yonishi.
    Mana shu belgilami bilgan har bir fuqaro zilzila haqida xa­
    bar eshitganda, sarosimasiz va ishonchli harakat qilishi kerak. Zilzila 
    haqida oldindan xabar berilsa, uyni tashlab chiqishdan avval, gaz va 
    boshqa isitgich asboblarini o‘chirish, bolalar va qariyalarga yordam 
    berish, zarur buyumlami, oziq-ovqat, dori-darmoniarni va hujjatlami olib 
    ko‘chaga chiqishlari lozim. Agar zilzila kutilmaganda boshlanib qolsa, 
    u holda deraza va eshik oraliqlariga yoki ko‘taruvchi ustunlar tagiga 
    turib olish kerak. Dastlabki silkinish zarbasi tinishi bilan zudlik bilan 
    tashqariga chiqish kerak. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, ko‘p qavatli 
    binolaming eng nozik, ishonchsiz joylari zinapoya va lift shaxtalaridir. 
    Shuning uchun zilzila boshlangan paytda zinapoyalardan yugurish tavsiya 
    etilmaydi va liftlardan foydalanish taqiqlanadi.Korxona va muassasalarda 
    zilzila paytida ish to‘xtatiladi. Elektr toki, suv, gaz va bug‘lar to ‘xtatilib, 
    fuqarolar muhofazasi qismlaridagi ishchi va xizmatchilar oldindan belgilab 
    qo‘yilgan joyga to‘planadilar, boshqalar esa xavfsiz joylarda bo‘ladilar. 
    Zilzila vaqtida uyda bo‘lmagan fuqarolar uyga shoshmasligi, balki o‘sha 
    joy rahbarlarining ko‘rsatmalarini diqqat bilan kutib, unga rioya qilgan 
    holda harakat qilishlari kerak. Zilzila vaqtida jamoat transporti to‘la 
    to‘xtatilishini kutib, oldin bolalarni, nogiron va qariyalarni tushirish 
    kerak. Yurib ketayotganda sakrab tushib qolish yaratnaydi, zilzila vaqtida 
    jabrlanganlarga asosan yordamni fuqarolar muhofazasi qismlari beradi, 
    lekin zarur bo'lgan hollarda aholining ham yordam berishi maqsadga 
    muvofiqdir.

    Download 8,77 Mb.
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   244




    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Inshootlar yer silkinishiga bardosh berish xususiyatiga ko‘ra 3

    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish