|
Serebral falaj bolalarni o‘qitish uchun amaliy qo‘llanmalar
|
bet | 36/47 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 437,9 Kb. | | #123007 |
Bog'liq M. U. Hamidova, maxsus pedagogika-fayllar.orgSerebral falaj bolalarni o‘qitish uchun amaliy qo‘llanmalar
- agar bolaning nutqi bo‘lsa, u xohlagan hamma vaqtda so‘rashi, yoki savollarga javob berishi, yoki izohlashiga ruxsat berishimiz va chidamli bo‘lishimiz kerak;
- biz bola harakatlanishiga imkon berishimiz kerak. Serebral falaj bolalarning harakat ko‘nikmalarini o‘stirish uchun muskul stimulyatsiyasi zarur;
- serebral falaj bolalar tez charchaydi. O‘qish kuni davomida biz ularga dam olish uchun vaqt berishimiz kerak. Dam olish joyi maktab tomonidan yuksak darajada ta’minlangan bo‘lishi kerak;
- agar maktabning kompyuterga imkoniyati bor bo‘lsa, bu serebral falaj bolalar uchun foydali bo‘lardi, chunki ko‘pgina qiyinchiliklar yozma muloqot bilan bog‘liq (og‘zaki muloqotga qo‘shimcha tarzda).11
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
Harakat-tayanch a’zolarining tuzilishi xaqida ma’lumot bering?
Harakat-tayanch a’zolarida uchraydigan nuqsonlar xaqida ma’lumot bering.
Proprioretseptorlarning odam harakatlanishidagi axamiyati xaqida nimalarni bilasiz?
Kinesteziya xaqida ma’lumot bering.
Ixtiyoriy va ixtiyorsiz harakatlar xaqida nimalarni bilasiz?
Monoplegiya xaqida nimalarni bilasiz?
Harakat-tayanch a’zolarida nuqsoni bor bolalar bilan olib boriladigan ish tizimi xaqida ma’lumot bering.
Harakat-tayanch a’zolari jaroxatlangan bolalar bilan kompleks yondashgan xolda qanay korreksion ishlar olib boriladi?
Harakat-tayanch a’zolari buzilgan bolalarning ‘oziga xos xususiyatlari xaqida nimalarni bilasiz?
Komleks yondashuv qanday amalga oshiriladi?
Foydalaniladigan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar
1. Ayupova M.Yu. Logopediya. T.: «O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati» 2007 y.
2. Raxmanova V.S. “Korreksion pedagogika va logopediya”.-“Moliya-iqtisod”, -T.,2007
3. Raxmanova V.S. “Defektologiya asoslari”. -“VORIS-NAShRIYoT”. T., 2012.
4. “Ta’lim hamma uchun” milliy dasturini joriy qilish bosqichlari. O‘RXTV, Yunisef, RTM, - T., 2005.
|
| |