• Sekin rivojlanish.
  • Kutilmaganda tananing qotib qolishi




    Download 437,9 Kb.
    bet33/47
    Sana18.12.2023
    Hajmi437,9 Kb.
    #123007
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47
    Bog'liq
    M. U. Hamidova, maxsus pedagogika-fayllar.org

    Kutilmaganda tananing qotib qolishi. Bunda bolani orqasi bilan yotqizish yoki bag‘riga bosish kerak bo‘lganda tanasini egish qiyin bo‘ladi.

    Tananing bo‘shashishi. Chaqaloqning boshi bo‘shashgan bo‘ladi va boshini ko‘tara olmaydi. Ko‘tarib turganda uning boshi va oyoqlari osilib turadi. Juda kam harakatlanadi.

    Sekin rivojlanish. Bola odatdagidan sekin rivojlana boshlaydi. Tanasining bir qismidan boshqasiga nisbatan ko‘proq foydalanishi mumkin. Masalan, ba’zi bolalar ikkita qo‘lidan ko‘ra bir qo‘lidan foydalanadi.

    Sust ovqatlanish. Emish va ovqatni yutish sust bo‘ladi. Bola tili bilan sut va ovqatni og‘zidan chiqarib tashlaydi. Og‘zini yopishda qiynaladi.

    Noodatiy xatti-harakatlar. Bola yomon uxlaydigan va ko‘p yig‘laydigan, ko‘p bezovtalanadigan bo‘lishi mumkin. Yoki aksincha ko‘p uxlaydigan va tovush chiqarmaydigan bo‘ladi. Uch oylik bo‘lguncha kulmasligi ham mumkin.
    Bundan tashqari boladagi serebral falajlikni aniqlashda quyidagilarni kuzatish tavsiya etiladi.
    Bolada serebral falajlanishni aniqlash ba’zi xollarda ancha qiyin kechishi mimkin. Buning uchun bolani har bir rivojlanish davrida kuzatib borish lozim. Agar bolada serebral falajlik mavjud bo‘lsa quyidagicha holatlar kuzatiladi:

    oyligida. Bolaning oyoqlari bukilmaydi. Boshini ko‘tara olmaydi va qo‘llari bilan ko‘tarilishga harakat qila olmaydi. Boshi bir tomonga qaragan holda orqasini itarishga harakat qiladi. Qo‘llarini bir-biriga tekkiza olmaydi .
    6 oyligida. Boshini ko‘tara olmaydi. Beli bukilgan holatda bo‘ladi. Qo‘llari bukilmaydi, kafti musht holatda bo‘ladi. Boshi orqaga og‘ib ketadi yoki o‘tirganda orqaga tortib ketadi. Oyoqlari bukilmaydi va qaychiga o‘xshash ustma-ust holatda bo‘ladi
    Nafas va tovushning artikulyatsion xususiyatlari
    Ilk yoshdagi falaj bolalarning artikulyatsiya a’zolari lab, til mushaklarining pay tortishi, pasivligi giperkinez xolati deb izohlanadi. Bunda lab va tilning to‘g‘ri va faol harakatlanishi buziladi va bu so‘rish va yutish kabi holatlar qiyinlashishiga olib keladi. Yuz ifodasidagi mimik xolatlar yo‘qoladi. Ba’zan nafas olish faoliyati buziladi: noritmiy, tez tez va tutilib hamda yutinib nafas olish kabi holatlar kuzatiladi
    Til mushaklarining buzilishi til a’zosining patologik shakli o‘zgarishiga olib keladi. Artikulatsiya organlarining tonus o‘zgarishi turli notabiiy holatlarda o‘z aksini topadi. Bolalarning ovozi va holati past hamda nimjonroq qiyofada gavdalanadi12 oylik. Biror narsa yoki o‘yinchoqlarni ushlab turishda qiynaladi va ularni qo‘lidan tez-tez tushirib yuboradi. Oyoqlari bukilmaydi, emaklay olmaydi, tanasining faqat bir qismidan foydalanadi.


    18 oylik. Tik turganda muvozanatni yaxshi tutib turolmaydi. O‘ynaganda faqat bitta qo‘lidan foydalanadi. Bir oyog‘i qotib qolgan bo‘lishi mumkin. Tana og‘irligini faqat bir tomonga tashlagan holda o‘tiradi.
    Ovqatlantirish paytida ovoz tovushida va nafas olishda salbiy o‘zgarishlar kuzatiladi. Til va lab faol harakatida cheklanishlar yuzaga keladi. Bu holat asosan bola tili chiqunigacha bo‘lgan davrda sodir bo‘ladi


    Download 437,9 Kb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47




    Download 437,9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kutilmaganda tananing qotib qolishi

    Download 437,9 Kb.