• Spastik dipligiya
  • Gemiparetik shaklida
  • Atonik-astatik shakli
  • Ikki yoqlama gemiplegiya –




    Download 437,9 Kb.
    bet32/47
    Sana18.12.2023
    Hajmi437,9 Kb.
    #123007
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47
    Bog'liq
    M. U. Hamidova, maxsus pedagogika-fayllar.org

    Ikki yoqlama gemiplegiya – bolalar serebral falajining eng og‘ir shaklidir. Bu bolalarda inson uchun eng muhim bo‘lgan funksyalar: nutqiy, ruhiy va jismoniy holatlarda og‘ir buzilishlar mavjud bo‘ladi. Bunday shaklning tashqi ko‘rinishdagi asosiy belgilari: bola tanasining bir qismi falajlangan bo‘lib, asosan qo‘l bukilgan holatda, qo‘l ham oyoq ham ichkariga qaragan va bukilgan holatda bo‘ladi. Bu turdagi bolalarning nutqida anartriya yoki og‘ir dizartriya kuzatiladi.

    Spastik dipligiya – bu eng ko‘p tarqalgan shakli bo‘lib, malum bir og‘ir kasallik yoki Littal sindromining ta’sirida kelib chiqadi. Spastik dipligiya shaklidagi bolalarda ikkilamchi nuqson sifatida ruhiy rivojlanishida sustlashishi kuzatiladi. 30-35% bu shakldagi bolalarda yengil darajadagi aqli zaiflik, 70%ida esa nutq nuqsonlari kuzatiladi. Spastik dipligiya turidagi falaj bolalarning oyoqlari qo‘llariga nisbatan ko‘proq serebral falajlik ta’siri ostida bo‘lib, qo‘llar bir oz beo‘xshov harakatlanadi. Oyoqlar bir-biriga yopishgan va ichkariga qaragan holatda bo‘lishi kuzatiladi.

    Gemiparetik shaklida bir tomonlama falajlik kuzatiladi. Ya’ni bolaning bir tomonlama oyog‘i va qo‘li falajlanadi. Bu bolalarning 25–35% ida nutq nuqsonlari kuzatiladi.

    Giperkinetik shaklining kelib chiqishiga ilk vaqtda gemolitik kasalliklarning natijasida bilirubin ensefalopatiyasi sabab bo‘ladi.
    Bu bolalarda harakatlanishdagi g‘ayrioddiy harakatlar, qo‘l va oyoqniharakatlanishidagi buzilishlar kuzatiladi. Bolalar serebral falajining giperkinetik shaklining tug‘ma turida bolalar juda kech o‘tiradilar, kamdan-kam hollarda 2-3 yoshdan boshlab yura boshlaydilar, ko‘p hollarda ular 4-7 yoshdan boshlab, xatto 9-12 yoshlarida mustaqil yurishlari mumkin. Bu bolalarning 90% ida giperkinetik dizartriya, 50% ida –RRS, 25-30% ida eshitishidagi buzilishlar kuzatiladi.


    Atonik-astatik shakli boshqa shakllarga qaraganda yengilligi bilan xarakterlanadi. Ularda harakat muvozanatidagi buzilishlar, reflekslar tonusidagi buzi-lishlar, 60-70% psevdobulbar dizartriya kuzatiladi.
    Ayrim hollarda serebral falajlikning aralash shakli ham uchrab turadi. Bu shaklda bolada spastik-giperkenitik olatlar yoki atetoz harakatlar (nazorat qilib bo‘lmaydigan, g‘ayri odatiy harakatlar) bilan mushaklar tonusining tarangligi bilan kelishi mumkin.
    Serebral falaj bolalardagi mavjud nuqsonlarni korreksiyalashda nuqson turini erta aniqlab, alohida yondashish juda yaxshi samara beradi.
    Serebral falajning dastlabki belgilari
    Bola tanasining qotib qolgan yoki bo‘shashgan bo‘lishi tug‘ilishi bilan ko‘zga tashlanishi mumkin. Ammo hamma vaqt ham buni sezishga imkoni bo‘lmaydi. Agarda bolada quyidagi holatlar kuzatilsa, tezda shifokorga olib borish lozim bo‘ladi.


    Download 437,9 Kb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   47




    Download 437,9 Kb.