4. Qutqaruv va boshqa kechiktirib boim aydigan ishlami oikazish.
5. Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi rahbarlarini, mutaxassislarini
va fuqaro muhofazasi kuchlarini fuqaro muhofazasiga tayyorlash hamda
oddiy aholini himoyalanish qoidalariga o'rgatish.
Bunday yo‘nalishdagi vazifalarning har birini bajarish uchun bir qator
tadbirlami amalga oshirish orqaligina maqsadga erishiladi. Jumladan,
fuqaro muhofazasining harbiy davrdagi vazifalari quyidagilardan iborat:
aholi va obyektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu
harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari
va usullariga tayyorlash;
boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish
va doimiy shay holatda saqlab turish;
xalq xo‘jaligi obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan
tadbirlar kompleksini oikazish;
aholining moddiy va madaniy boyliklarini xavfsiz joylarga evakuatsiya
qilish;
fuqaro muhofazasi harbiy tizimlari shayligini ta’minlash;
aholini umumiy va shaxsiy saqlovchi vositalar bilan ta’minlash
tadbirlarini oikazish;
aholining harbiy davrdagi hayot faoliyatini ta’minlash;
radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish hamda
laboratoriya nazorati olib borish;
qutqaruv va boshqa kechiktirib boim aydigan ishlami oikazish;
harbiy davrlarda ham zarar ko‘rgan hududlarda jamoat tartibini y o ig a
qo‘yish va saqlab turish;
aholini va hududlami muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni
amalga oshirish.
Shulardan kelib chiqib bunday tadbirlarni muvaffaqiyatli olib bormay
turib zararlangan hududlarda, obyektlarda aholining hayot faoliyati
xavfsizligini ta’minlab boim aydi.