• M.TOJIYEV, I.NIGMATOV
  • Ouzbékistan Respublika Oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy talim muassasalari talabalari uchun o ‘quv
  • T a q r i z c h i l a r
  • M. X. Tojiyev, I. Nigmatov hayot faoliyati




    Download 9,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/168
    Sana22.06.2024
    Hajmi9,03 Mb.
    #265232
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168
    265232

    M.TOJIYEV, I.NIGMATOV
    HAYOT
    FAOLIYATI
    XAVFSIZLIGI
    >x


    0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI OLIY VA 0 ‘RTA
    MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    M.X. TOJIYEV, I. NIGMATOV
    HAYOT FAOLIYATI
    XAVFSIZLIGI
    Ouzbékistan Respublika Oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
    tomonidan oliy talim muassasalari talabalari uchun o ‘quv
    qoHlanma sifatila nashrga tavsiya etilgan
    TOSHKENT - 2012


    UDK: 61.4.8.084(075)
    68.9
    T60
    Tojiyev M.X.
    Hayot faoliyati xavfsizligi: o‘quv qo‘llanma / M. Tojiyev, 1. Nigmatov; 
    0 ‘zbekiston Respublika Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, -Toshkent: 
    «Tafakkur-Bo‘stoni», 2012 yil, 272 bet.
    KBK 68.9
    T a q r i z c h i l a r :
    S. Sulaymonov -
    Toshkent arxitektura-qurilish instituti 
    professori, texnika fanlari doktori,
    A.X.Yuldashev -
    0 ‘zbekiston milliy universiteti «Hayot 
    faoliyati xavfsizligi» bo‘limi boshlig‘i,
    I. Abdulqosimov -
    Toshkent moliya instituti 
    «Mintaqaviy iqtisodiyot» kafedrasi mudiri.
    Mazkur o‘quv qo‘llanma insonlaming hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash 
    bilan bog'liq bo'lgan tadbirlarning huquqiy-me’yoriy hujjatlar doirasida tashkil 
    eta oladigan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmaga ega b o ‘lgan insonni tayyorlashga 
    m o‘ljallangan mavzular, m a’lumotlar va tavsiyalar atroflicha muhokama etgan 
    holda yaratilgan.
    0 ‘quv qo'llanmada inson hayotiy faoliyati xavfsizligiga taalluqli bo‘lgan: 
    mehnat faoliyatining fiziologik-gigiyenik asoslari, ish sharoitidagi mikroiqlim 
    muhiti, ulaming sanitar-gigiyenik m e’yorlari, mehnat muhofazasini boshqarish 
    tizimi va uni nazorat qilish tashkilotlari, mehnatni muhofaza qilishning huquqiy 
    asoslari, tabiiy, texnogen va ekologik favqulodda vaziyatlardan fuqai'olarni, 
    iqtisodiyot tarmoqlarini, moddiy boyliklarni, atrof muhitni himoya qilish, talafot 
    ro ‘y bergan hududlarda qutqaruv va tiklov ishlarini o ‘tkazish, jarohat oigan 
    insonlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yong‘in xavfsizligi masalalari va 
    boshqa dolzarb mavzular ilmiy jihatdan asoslab keltirilgan.
    0 ‘quv qo‘llanma barcha oliy o‘quv yurtlarida ta ’lim olayotgan bakalavrlarga 
    m o‘ljallangan. Shuningdek, undan korxona va tashkilotlaming rahbarlari, 
    xodimlari hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash ta ’lim tizimi tinglovchilari 
    foydalanishlari mumkin.
    ISBN - 978-9943-362-69-7
    ©«Tafakkur-Bo‘stoni», 2012 yil


    KIRISH
    0 ‘zbekiston Oliy ta iim tizimida «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun 
    va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mazmun-mohiyati asosida tub 
    isloliotlar amalga oshirilmoqda. Talabalarga tez o ‘zgamvchan axborotlar 
    nnunonidan ilm javohirlarini izlab topishda dasturulamal boiadigan, 
    ularda orttirilgan bilim, ko‘nikma va malaka asosida kasbiy mahoratni 
    shakllantiradigan o ‘quv adabiyotlaming yangi avlodini yaratish ushbu 
    islohotlaming bosh talablaridan biridir.
    Sayyoramizda ro‘y berayotgan tabiiy, texnogen, ekologik xarakterdagi 
    xavf-xatarlarni bartaraf etish, talafotlar koiam ini toraytirish, insonlar 
    hayoti va ular tomonidan yaratilgan moddiy boyliklarga yetadigan 
    zararlaming oldini olish yoki ulami kamaytirishni ta’minlash o‘ta muhim 
    va dolzarb muammolar sirasiga kiradi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, 
    XXI asming boshlaridanoq xavfsiz hayotni ta’minlash masalalari eng 
    dolzarb muanunoga aylanib qoldi. Chunki ishlab chiqarish jarayonining 
    misli ko‘rilmagan yuksak taraqqiy etgan texnologiyalar bilan ta ’minlanishi, 
    tabiiy rivojlanishdag! ayrim noxush vaziyatlaming murakkablashuvi aholi 
    salomatligi, atrof muhit tozaligi va iqtisodning barqaror rivojlanishiga 
    tahdid solib turibdi. BMTning «Xalqaro fuqaro muhofazasi tashkiloti» 
    hujjatlarida: «dunyoda taraqqiyot shiddat bilan rivojlanib borishi bilan 
    yonma-yon xavf-xatar ham ortib boradi, shu bois barqaror rivojlanish 
    kafolati bu - fuqarolar muhofazasi»dir deb yozib qo‘yilgan. Shuning 
    uchun insonlami hayot faoliyati xavfsizligiga tayyorlashga alohida e’tibor 
    berish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, 0 ‘zbekiston davlatining 
    ijtimoiy-sotsial taraqqiyotining asosiy omilini fuqarolarning mehnat 
    qilishi va ulaming hayotiy faoliyatini muhofaza qilish tashkil etadi. Shu 
    sababdan ham ishlab chiqarish tarmoqlarining asosiy maqsadi, nafaqat 
    yuqori ko‘rsatkichda va sifatda mahsulot ishlab chiqarish, balki ishlab 
    chiqarish sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishda ishlovchilaming 
    jarohatlanishiga va kasb kasalliklariga uchrashlariga olib keladigan 
    manbalarni yo‘qotishdan iborat.
    Ishlab chiqarish tarmoqlarida ishlovchilar uchun qulay sanitariya- 
    gigiyena sharoitlarini yaratish, og‘ir jismoniy kuch sarflanadigan mehnat 
    lurlarini mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, ish jarayonida yuzaga 
    keladigan salbiy xavf-xatarlami yo‘qotish chora-tadbirlarini amalga 
    oshirish, inson hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashning bir qirrasini


    tashkil etadi. Oxirgi yillarda ko‘pgina ishlab chiqarish tarmoqlarida ish 
    sharoitlari yaxshilangan boMsa-da, ayrim sohalarda bunday sharoitlar 
    talab darajasida emas. Bunga sabab ishlab chiqarish dastgohlaiining 
    eskirganligi, ishlab chiqarish muhiti talablarining buzilishi, xavfsizlik 
    vositalarining kamligi yoki yo‘qligidir. Shular oqibatida ishlovchilaming 
    jarohatlanishi, kasallanishi ro‘y berib, natijada melmat nogironiga aylanib 
    qolmoqda. Shuning uchun ishlab chiqarish tarmoqlarida xavfsiz sog‘lom 
    mehnat sharoitini yaratish, ish jarayonidagi kamchiliklami yo'qotish, 
    mehnatni ilmiy tarzda tashkil etish, xavfsiz mehnat uslublarini qoilash, 
    mehnat charchoqliklarini chiqarish tadbirlarini qoilashni talab etadi. Bu 
    vazifalar mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qabul qilingan qonunlar, 
    hukumat qarorlari va kerakh standartlar asosida amalga oshiriladi. Hayot 
    faoliyati xavfsizligini ta’minlashning ikkinchi qirrasini atrof muhitni 
    muhofaza qilish tashlcil etadi. Hozirgi davrning eng dolzarb muammolari 
    qatoridan biri - ekologik xavfsizlikni ta’minlash hisoblanadi. Chunki 
    insoniyat o‘z taraqqiyotining turli davrlarida bu masalalarga to ‘qnash 
    kelgan, ammo hozirgi kecha-yukunduzda bu muammolaming yechimini 
    kechiktirmay hal qilish zarur hisoblanadi.
    M a’lumld, atrof muhitni ifloslantiruvchi qator sanoat, qishloq xo'jaligiva 
    qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmoqlarida ishlatiladigan, olinadigan, 
    tashiladigan, saqlanadigan zaharli va zararli moddalaming amosferaga, 
    atrof muhitga chiqib ketishi, to ‘kilishi, tarqalishi yer, suv va havoning 
    ifloslanishiga olib kelmoqda. Jumladan, issiqlik elektrstansiyalarida, 
    metallurgiya sanoatida, avtomobilsozlikda yoqilgilarni yoqish natijasida 
    hosil boiadigan zaharli gazlar atmosferani ifloslantirmoqda. Shulardan 
    avtomobil transporti - 40% ni, energetika sanoati - 20% ni, sanoat ishlab 
    chiqarish - 14% ni va maishiy-kommunal va qishloq xo‘jaligi - 26% 
    ni tashkil qiladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti m a’lumotlariga ko‘ra 
    oxirgi 25 yil ichida 40-45 mlrd. tonna turH yoqilgilar yoqilgan, ulaming 
    yonishiga yihga 10-15 mlrd. tonna kislorod sarflangan. Shuningdek, 
    260 mln. dan ortiq avtomobil yiliga 80 mln. kishi yutadigan kislorodni 
    yoki 1000 km у urgan yengil avtomobil bir kishining bir yillik y utadigan 
    kislorod miqdorini sarflar ekan. Shunga o‘xshash ayanchli holatlar 
    kimyo, neftni qayta ishlash, rezina-texnika, sement ishlab chiqarish va 
    boshqa sanoat korxonalaridan millionlab tonna zaharli gazlarni, sanoat 
    changlarini atrof muhitga chiqarilib yuborilishi oqibatida ekologik xavf- 
    xatarlarni yuzaga keltirmoqda. Agrar sohada ham qishloq xo‘jaligi


    mahsulotlarining samaradorligini oshirish maqsadida, me’yoridan ortiq 
    miqdorda ishlatilayotgan ko‘plab zaharli kimyoviy vositalar nafaqat atrof 
    muhitga xavf soladi, balki olingan mahsulotlar tarkibidagi ortiqcha nitrit 
    birikmalari ham insoniar hayotiga xavf tug‘dirmoqda. Bunday dolzarb 
    muammolar xususida respublikamiz Prezidenti Islom Karimov tomonidan 
    ta’kidlanganidek «Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va 
    mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga 
    aylangan»'.
    Yuqoridagi muammolar tufayli inson manfaatlari muhofazasi, ayniqsa, 
    0 ‘zbekistonda davlat siyosatining birinchi darajasiga ko‘tarildi. Shu 
    munosabat bilan hozir 0 ‘zbekistonda ekologik harakatning tuzilishi 
    bugungi davming dolzarb talabi hisoblanadi. Yuqorida qayd etilgan 
    muammolami ha! qilishda 0 ‘zbekiston ekologik harakati tomonidan 
    «Sog‘lom muhit - inson salomatligi» g‘oyasining amaliy bajarilishini 
    ta’minlash maqsadida siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga 
    oshirish jarayonida mavjud muammolarga yo‘naltirilgan yondashuv 
    nafaqat 0 ‘zbekistön, balki mintaqaning barqaror rivojlanishida eng 
    muhim omil bo‘lib, atrof muhit xavfsizligi va inson salomatligi haqidagi 
    g‘oyalami qo‘llab-quwatlash istagida bo‘lgan mamlakatimizning yetuk, 
    barkamol avlodlarini birlashtirishga yo‘naitirilgan global ahamiyatga ega 
    harakat ekanligi e’tiborga molik.
    Ekoharakat - 0 ‘zbekiston fuqarolarining hozirgi va kelgusi avlodi 
    qulay atrof muhit sharoitida yashashi, aholi salomatligini yaxshilash, 
    barcha tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish 
    hamda ularga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan yangilanish 
    jarayonlarini yanada chuqurlashtirishda jamiyatning bor kuch va 
    salohiyatini safarbar qilishiga shubha yo ‘q.
    Inson hayot faoliyati xavfsizligiga katta xavf keltiradigan omillardan 
    yana biri - bu tabiiy ofatlar, avariyalar va halokatlar hisoblanadi. Tabiiy 
    ofatlaming turi xilma-xil bo‘lsa-da, ammo hududimizga xarakterii 
    bo‘lgan: yer silkinishi, tuproq, qor ko‘chishlari, suv toshqini, sel 
    liodisasi, qurg‘oqchilik ofatlari nafaqat insonlaming hayotiy faoliyatiga, 
    balki ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalariga ham katta xavf soladi. 
    Jumladan, bino, inshootlaming qulashiga, yashash, ishlash joylarining, 
    ekinzorlaming suv ostida qolishiga, butun boshli qishloq, aholi yashash
    ‘ I.A. Karimov, 0 ‘zbekiston XXÍ asr bo‘sag‘asida; xavfsizlikka tahdid, barqarorlik 
    shartlari va taraqqiyot kafolatlari».— T.; « 0 ‘zbek;ston», 1997.
    5


    maskanlarining tuproq ostida qolishiga, Orol dengizidan ko‘tarilayotgan 
    zaharli chang, tuzlar ekin maydonlarining choilanishiga, sho‘rlanishiga 
    olib kelib, oqibatda insonlaming hayot faoliyati buzilishiga va o‘limiga 
    sabab boim oqda.
    Misol tariqasida 1975, 1991, 1994-yillarda Toshkent viloyatining 
    Ohangaron tumanida ro‘y bergan yer surilishlari, 1999-yilda respub­
    likamizning «Qamchiq» dovonidagi qor ko‘chkisi, 1988, 2002-yillarda 
    Farg‘ona viloyatining Shohimardon hududidagi sel ofatlari, 1976, 
    1984-yillardagi Gazli, 1966-yildagi Toshkent zilzilalarini va boshqa tabiiy 
    ofatlami aytish o‘rinlidir. Har qaysi tabiiy ofat nafaqat iqtisodiy zarami, 
    balki hech narsa bilan oichab boim aydigan m a’naviy zararlami (insonlar 
    o iim i) keltirib chiqaradi.
    Butun jahon «Qizilxoch» hamjamiyati tashkiloti m a’lumotlariga ko'ra 
    oxirgi 30 yil mobaynida butun dunyoda tabiiy ofatlardan qariyb 1 mlrd. 
    inson jabrlangan (yiliga 40 mln. kishi) va bulardan ko‘rilgan moddiy 
    zararlar miqdori yiliga qariyb 100 mlrd. dollarai tashkil etgan.
    Avariya va halokatlar ham xavfli hodisalar b o iib , oqibatda 
    inshootlaming buzilishi, mashina, mexanizm, uskunalaming yaroqsiz 
    holga kelishi, y o n g in va portlashlar yuz berishi, zaharli va zararli 
    moddalaming atrof muhitga tarqalishi hamda boshqa salbiy zararlaming 
    kelib chiqishi inson faoliyatiga, hayotiga katta xavf soladi. Jumladan, 
    1986-yil 26-fevralda Chemobl (Ukraina) elektrstansiyasida ro‘y bergan 
    avariya natijasida 11 ta viloyat yerlari radioaktiv zarrachalar bilan 
    zararlangani, 60 mingdan ortiq odamlaming yuqori darajali nurlanishdan 
    o igani, 234 ming kishi turli darajadagi nurlanish kasalligiga uchragani, 
    130 ming aholi o‘z joylarini tashlab, evakuatsiya qilingani va bu 
    halokatdan ko'rilgan moddiy zarar miqdori o ‘sha vaqtdagi narxda 8 
    mlrd. mblni tashkil qilgan. Shunga o‘xshash holat 2009-yil 17-avgustda 
    Rossiyaning Sayan-Shushensk GESda yuz bergan avariyani, 2010-yiIda 
    Polsha Prezidenti va uning safdoshlari tushgan havo transporti halokatini 
    hamda boshqa falokat va halokatlami misol tariqasida keltirish o ‘rinlidir.
    Demak, yuqorida ta’kidlab o iilg an ishlab chiqarish jarayonlarida 
    mehnat sharoitlarining buzilishi, atrof muhitning ifloslanishi hamda tabiiy 
    ofat, avariya va halokatlaming yuz berishi natijasida insonlaming hayotiy 
    faoliyatlari xavf-xatarlar ostida ekanligini esdan chiqarmaslik kerak. Bu 
    degani inson hayotining har daqiqasi va har soniyasi xavf-xatar ta’siri 
    ostida boiadi. Shu sababdan hozirgi kunda insonning hayot faoliyati


    xavfsiziigini ta’minlash dolzarb muammolardan hisoblanadi. Aynan bu 
    muammoning yechimini «Hayot faoliyati xavfsizligi» fani o‘rganadi.
    «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining asosiy maqsadi insonlaming 
    xavfsiz hayot faoliyatini ta’minlashdan iborat. Buning uchun XFX o‘zining 
    tekshirish obyektlari bo'yicha qabul qilingan qonunlar va hukumat 
    qarorlari asosida inson hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashning nazariy 
    bilimlarini, amaliy ko‘nikmalarini hamda jarohatlanganlarga tez tibbiy 
    yordam ko‘rsatish qoidalarini o‘rgatadi.
    Ushbu o‘quv qo‘llaimiada har bir mavzuning mazmunini to‘liq 
    yoritishda ham nazariy, ham amaliy m a’lumotlar, mavzularni o‘zlashtirish 
    uchun tayanch so‘z va iboralar, ulaming mazmunini mustahkamlash 
    uchun savollar keltirilgan. Mavzulaming ko‘rgazmali vositalar yordamida 
    bayon qilinishi, ulami tushuntirishda, yangi pedagogik texnologiyalarning 
    qoilanilishi, o‘quv qoilanm aning qiziqarli va ahamiyatli boiishidan 
    tashqari, talabalami mustaqil ta’lim bo'yicha ma’lum vazifalami bajarishiga 
    ham yordam beradi. Mazkur o‘quv qoilanm a zamon talablariga javob 
    beradigan, yetarli ma’lumotlar keltirilgan holda yozilgan. 0 ‘quv qoilanm a 
    barcha ta’lim yo‘nalishidagi bakalavrlar uchun m oijallab yozilgan.



    Download 9,03 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168




    Download 9,03 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M. X. Tojiyev, I. Nigmatov hayot faoliyati

    Download 9,03 Mb.
    Pdf ko'rish