- atrof muhitga begona gazlarning tarqalishi;
- tuproq zarrachalarining deformatsiyalanishi;
- tuproq zarrachalari elektr qarshiligining o‘zgarishi va hokazo.
Yer ko‘chki xavfi umuman boshqa xarakterlovchi belgilar orqali
aniqlanadi. Jumladan:
- tuproq zarrachalari namlik darajasining ortishi;
- tuproq zarrachalari mustahkamlik
darajasining pasayishi;
- qiya sathli joylarda yoriqlaming hosil bo‘lishi;
- yo‘llarda uzilishlaming kuzatilishi;
- daraxtlaming to ‘g‘ri o‘smasligi;
- uylar konstruksiyasining buzilishi;
- uylaming devorlarida yoriqlaming yuzaga kelishi va boshqa
ko‘rsatkichlar;
Har qanaqa xavf o‘zida inson hayot faloiyatini izdan chiqaruvchi
energiyaga ega bo‘lib, kimyoviy yoki biologik faol komponentlami
o‘zida saqlaydi. Masalan: atir-upa sanoatida qo'llaniladigan erituvchilar:
efir, spirt, xloroform va boshqalaming surunkali ta’sir
etishi insonlarda
allergik kasalliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Xavflaming turlari quyidagicha tasnif qilinadi:
1. Kelib chiqish tabiatiga ko‘ra: tabiiy, texnogen, antropogenik va
ekologik.
2. Ta’sir xususiyatiga ko‘ra: fizikaviy, kimyoviy, biologik,
termik va
psixofiziologik.
3. Olib keluvchi oqibatiga ko‘ra: toliqish, kasallanish, jarohatlanish,
halokat, yong‘in, nurlanish, kuyish va boshqalar.
4. Keltimvchi zarariga ko‘ra: ijtimoiy,
iqtisodiy, texnik, siyosiy.
5. Kelib chiqish sohasiga ko‘ra: turmushga, sportga, yo‘l transportiga,
ishlab chiqarishga, umshga, tabiiy ofatga oid xavflar.
6. Insonga ta’sir qilish darajasiga qarab: faol (aktiv) va sust (passiv).
7. Ta’sir doirasiga ko‘ra: lokal, mahalliy, milliy, global.
8. Ta’sir etish tezligiga ko‘ra: tasodifiy,
shiddatli, m o‘tadil va ravon.
Bulardan shunday xulosa chiqadiki, inson faoliyatining bironta turi
yo‘qki, u absolut xavfsiz amalga oshsa. Shuning uchun, har qanday xavf
potensial xavfli hisoblanadi.