|
Respiiblika darajasidagi FVDT boshqarnv organlarining asosiyRespiiblika darajasidagi FVDT boshqarnv organlarining asosiy
vazifasi quyidagilardan iborat:
- Favqulodda vaziyatlar sharoitida iqtisodiyot tarmoqlari hamda alohida
muhim potensial xavfli obyektlaming barqaror faoliyat ko‘rsatishini oshi-
radigan, vafqulodda vaziyatlar oqibatlarini imkoni boricha pasaytiruvchi
chora-tadbirlami ishlab chiqish hamda amalga oshirishga rahbarlik qilish;
- boshqarish va axborotni uzatish uchun foydalaniladigan telekom-
munikatsiyalar; radio, televideniye va boshqa texnik vositalardan markaz-
lashtirilgan holda foydalanishni ta’minlash;
- kimyoviy va boshqa potensial xavfli obyektlarda hamda ularga
yondosh hududlarda xabar berish va axborotlarning mahalliy tizimini,
shuningdek, suv omborlarining gidrotexnik inshootlarida signalizatsiya va
xabar berishning mahalliy va avtomatlashtirilgan tizimlarni loyihalashti
rish va yaratishni nazorat qilish;
- idoraviy mansub obyektlaming rahbarlari tarkibi va kuchlari,
shuningdek, xodimlarini favqulotda vaziyatlarda harakat qilishga tayyor-
lashni muvofiqlashtirish;
- aholi va hududlarni FVlardan muhofaza qilish sohasida respublika
maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish;
- respublika markazlashtirilgan xabar berish tizimini yaratish va uni
doimiy tayyor holda saqlash;
- atrof muhit hamda kuchli xavfli obyektlaming holatini kuzatish va
nazorat qilish tizimini tashkil etish, FVlarni bashoratlash;
- boshqaruv organlari, FVDT kuchlari va vositalarining FVlarda ha
rakat qilishga tayyorgarligini ta’minlash;
- qutqaruv va boshqa kechiktirib boim aydigan ishlami, shu jumladan
evakuatsiya ishlarini oikazishga oid tadbirlaming bajarilishini ta’minlash,
zarar ko‘rgan aholi uchun hayot sharoitini yaratish;
- favqulodda vaziyatlami bartaraf etish uchun respublika moliyaviy
va moddiy resurslar zaxirasini yaratish;
- FVlardan zarar koi'gan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga oid tad
birlarni amalga oshirishda qatnashish;
- favqulodda vaziyatlard aidoraga qarashli obyektlaming rahbarlari
tarkibi, kuch va vositalarni, shuningdek, xodimlami tayyorlashni muvo
fiqlashtirish va boshqa omillami bajarish.
|
| |