Dala sharoitidagi an’anaviy o‘yinlar




Download 2.01 Mb.
bet14/22
Sana29.05.2023
Hajmi2.01 Mb.
#66621
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
TURLI YOSH GURUHLARDA KOMPYUTER O\'YINLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI
1-амалий иш, MMN S.A. YO\'LDOSHBEKOV, Bolalarni katta-kichiklikni o’lchashga o’rgatish texnologiyalari, Самарский А.А., Михайлов А.П. Математическое моделирование - идеи, методы, примеры, 2001.djvu, JB variant jazgi 2023 tek sorawlar, 12594 2 F73689EE6175CBCB594F6BEABC06D737E9CA1955, 5A111801–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasiMaktabgacha ta\'lim, 7-tajriba ishi, 2-mavzu usullar, Атом-ядро-физикаси-lazerlar
Dala sharoitidagi an’anaviy o‘yinlar.
O‘yin maydonchalarida quyidagilar bo‘lishi tavsiya etiladi:
- qumdon (qum saqlanadigan joy);
- kitoblarni ko‘rib chiqishga, rasm chizishga, qurish;
- yasash va stol ustidagi o‘yinlarini o‘ynashga, tabiat xomashyolari bilan ishlashga, origami, qo‘l mehnati uchun stollar;
- teatrlashtirilgan va harakatli o‘yinlar uchun alohida joylar ajratish, bolalar bilan
tayyorlangan atributlar uchun savatlar qo‘yish;
- bo‘rlar bilan rasm chizish uchun alohida ajratilgan asfalt maydoncha.
Qum o‘yinlari uchun jihozlar:
-kurakchalar, qoliplar, chelakchalar;
-yassi o‘yinchoqlar (uychalar, daraxt, odamchalar, uy va yovvoyi hayvonlar)
- katta hajmdagi o‘yinchoqlar to‘plami, mashina va h.k. Suv o‘yinlari uchun jihozlar:
- havo yordamida shishiriladigan sun’iy suv havzasi (basseyn), turli tog‘orachalar, plastmassa vannalar;
- rezina o‘yinchoqlar, tabiiy materiallardan va qog‘ozdan tayyorlangan o‘yinchoklar.
Sport o‘yinlari uchun jihozlar:
gardishlar, arqonchalar, velosiped, samokat, badminton va kichik tennis o‘yinlari uchun raketkalar, har xil hajmdagi to‘plar, xalqalar, yumalatish uchun o‘yinchoqlar, to‘p tashlash uchun to‘rlar va h.k.
Sayr uchun kerakli jihozlar:
- suv va qum bilan o‘ynaladigan o‘yinchoqlar (qopqoqchalar, turli hajmdagi idishchalar, mato bo‘laklari va h.k.)
- suv uchun idishlar, bir martalik sochiqchalar, chiqindi uchun chelak,
- shamol o‘yinlari uchun jihozlar (qog‘oz pirpiraklar, lentalar va boshqalar);
- voqeaband va teatrlashtirilgan o‘yinlar uchun qo‘g‘irchoqlar;
- sport o‘yinlari uchun anjomlar (xalqalar, keglilar, badminton, arqonchalar, har xil kattalikdagi to‘plar);
- stol bosma o‘yinlari;
- tabiat qo‘ynida mehnat qilish uchun kerakli jihozlar to‘plami (kurakcha, belkurak, supurgi, hokandoz, xaskash, leykalar);
- tasviriy faoliyat uchun kerakli ashyolar (rangli va rangsiz qog‘ozlar, bo‘yoq, plastilin shablon—andozalar, bo‘yash uchun kitobchalar, sochiqchalar);
- sayrda o‘qib berish, qo‘rib chiqish va hikoya qilib berish uchun badiiy adabiyotlar;
- choyshab (o‘t va qum ustida bolalarning o‘tirishi uchun) va shirmalar;
Sayrga olib chiqiladigan jihozlarning xavfsizligi tekshirib chiqiladi (singan, teshilgan joylari yo‘qligi aniqlanadi), har kuni sayrdan keyin foydalanilgan jihozlar yuviladi, quritiladi va quti yoki savatlarga joylanadi. Sayrdan so‘ng har bir jihoz joyiga qo‘yilishi nazorat qilinadi. Sayrdan so‘ng o‘yin maydonchalari va bolalar uychalari supiriladi, yuviladi. Qumdondagi qumlarni doimo tozalab elab turilishi, nam holatda saqlanishi, qumni o‘yinlardan so‘ng g‘ilof bilan yopib qo‘yish shart. Sayr vaqtida birinchi tibbiy yordam aptechkalarini olib yurishi. Yozgi faoliyatlarni tashkillashtirishda juftlikda, kichik guruhlarda va yakka tartibda ishlash usullarini qo‘llash mumkin. Kun davomidagi faoliyatlar bolalarning jismoniy holati va yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda olib boriladi. Kun davomida bolalarning faoliyatlarini mo‘tadillashtirib borish (sekindan tezga va aksincha). Ota-onalarga dam olish kunlari uyda sog‘lomlashtirish va chiniqtirish ishlarini to‘g‘ri tashkil etish haqida hamda ovqatlanish va dam olish vaqtlarini oqilona rejalashtirish, bolalarni jismoniy rivojlantirishda sport jihozlaridan o‘rinli foydalanish, dam olish maskanlarida, suv havzalarida, ko‘chada bola xavfsizligini ta’minlash yuzasidan ma’lumotlar berib borish maqsadga muvofiq.



Download 2.01 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Download 2.01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dala sharoitidagi an’anaviy o‘yinlar

Download 2.01 Mb.