|
Magistratura mutaxassisligiga kirish sinovlari uchun maxsus fanlardanBog'liq 23) 5A411003 - Uzumchilik va uzumni dastlabki qayta ishlash
KIRISH
5411000-Meva-sabzavotchilik va uzumchilik ta’lim yo‘nalishi - Qishlok,
o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u meva va rezavorlar,
sabzavotlar, kartoshka va poliz mahsulotlarining kelib chiqishi, tarqalish tarixi,
xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, kimyoviy tarkibi, hozirgi holati va rivojlanish
istiqboli hamda tashqi muhit omillariga bo‘lgan talabi va soxa istiqbolini
belgilashga, kasbiy ko‘nikma, mo‘tassaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson
faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab
oladi.
Ta’lim yo‘nalishi negizidagi mo‘taxassisliklarning vazifasi - talabalar
bilimlarini chuqurlashtirish va bog‘ sharoitida mevalar yetishtirishning ilg‘or va
innovatsion texnologiyalari to‘g‘risida, meva va uzumlarni ahamiyati, tashqi muhit
omillariga ko‘ra guruhlarga ajratish, ko‘paytirish usullarini o‘rganish, o‘simliklarni
o‘sish va rivojlanish bosqichlarini bilish mevalarni urug‘lari hamda ko‘chatlari
tuzilishi talabani ushbu fan bo‘yicha olgan nazariy va amaliy bilimlarini kurs ishi
va bitiruv ishlarini bajarish bilan real sharoitida qo‘llash bo‘yicha ko‘nikma hosil
qilishdan iboratdir.
5411000-Meva-sabzavotchilik va uzumchilik ta’lim yo‘nalishi negizidagi
5A411003 - Uzumchilik va uzumni dastlabki qayta ishlash, 5A411002 -
Mevachilik, 5A411702 - Subtropik va sitrus meva ekinlari, 5A411001 -
Sabzavotchilik va polizchilik, 5A411004 - Kartoshkachilik, 5A411701 -
Himoyalangan
yer
sabzavotchiligi,
5A411005
-
Meva-sabzavotchilikda
biotexnologiya magistratura mutaxassisliklariga kiruvchi talabalar uchun ta’lim
yo‘nalishi O‘quv rejasiga asosan 5 ta ixtisoslik fanlari bo‘yicha: “Mevachilik”,
“Uzumchilik”,
“Sabzavotchilik”,
“Himoyalangan
yer
sabzavotchiligi”,
“Polizchilik” fanlaridan test savollari shakllantirilgan. Bu fanlar o‘z negizida
qamrab olingan ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan.
|
| |