• DASTLABKI ISHLASHNI MEXANIZATSIYALASHTIRISH fani bo„yicha
  • Magistraturaga kirish sinovi dasturi va baholash mezoni 5A410501-Qishloq xo„jalik




    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/21
    Sana03.11.2022
    Hajmi0.72 Mb.
    #28940
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
    Bog'liq
    0Qishloq xojaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi 2021
    Reja, Falsafa fanidan svilizatsiya, Amir temur va temuriylar sulolasi davrida oila tarbiyasi-fayllar.org
     
     


    5A410501-Qishloq xo„jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash 
    texnologiyasi mutaxassisligi bo„yicha magistraturaga kirish imtihoni savollari 
     
    I. QISHLOQ XO„JALIGI MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISH, SAQLASH VA 
    DASTLABKI ISHLASHNI MEXANIZATSIYALASHTIRISH fani bo„yicha
    1. 
    Traktorlarning rivojlanish tarixi, ularning vazifasi, tuzilishi va ishlash jarayoni? 
    2. Traktorlarning tasniflanishi va texnik ko„rsatgichlari? 
    3. Traktorlarni qishloq xo„jaligida qo„llanishi? 
    4. Qishloq xo„jaligida bajariladigan qaysi ishlarni zanjirli traktorlar bilan bajarish maqsadga 
    muvofiq hisoblanadi?
    5. Tanlangan traktorlarga qo„yiladigan talablar nimalardan iborat? 
    6. O„simliklar qator orasiga ishlov berishda qanday traktorlardan foydalaniladi? 
    7. Fermer xo„jaligi uchun traktorlarni tanlashda nimalarga e‟tibor berilishi kerak? 
    8. Dvigatelning vazifasi, tuzilishi va ish jarayoni, asosiy mexanizm va tizimlari? 
    9. Ichki yonuv dvigatelining vazifasi va ishlash jarayonini izoxlang? 
    10. O„zbekiston sharoitida qaysi turdagi sovutish tizimiga ega bo„lgan dvigatellardan foydalanish 
    ma‟qul deb o„ylaysiz?
    11. Benzin va gaz bilan ishlaydigan dvigatellarda ishchi aralashma yonish kamerasida qanday 
    yoqiladi? Dizel dvigatelida-chi? 
    12. Dvigatellar silindrlarni joylashishiga qarab qanday turlarga bo„linadi? Misollar keltiring? 
    13. Traktor transmissiyasining vazifasi va turlari? 
    14. Transmissiyalarning asosiy qismlari, ularning tuzilishi va ish jarayoni qanday? 
    15. Uzatish sonini o„zgartirish usuli bo„yicha transmissiyalar qanday turlarga bo„linadi?
    16. Ilashish muftasining vazifasi nimadan iborat? 
    17. Ilashish muftasi burovchi momentni uzatish usuliga qarab qanday turlarga bo„linadi? 
    18. Traktorning uzatmalar qutisi qanday vazifani bajaradi? 
    19. Traktor etakchi ko„prigining vazifasi va uning asosiy qismlari nimalardan iborat? 
    20. Traktorlar yurish qismini vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlash jarayoni qanday? 
    21. Yurish qismining tuproqqa ta‟siri va uni kamaytirish yo„llari? 
    22. Rul boshqarmasini vazifasi nima? 
    23. Tormozlash sistemasi tuzilishi? 
    24. O„rnatma gidrotizimning vazifasi, tuzilishi va ishlashi? 
    25. O„rnatish qurilmalarining turlari, tuzilishi va ishlashi? 
    28. Tuproq zichlanishining mohiyatini va turlarini izoxlang? 
    29. Traktorning ish jihozlariga nimalar kiradi? Gidravlik tizimning vazifasi va turlarini izoxlang? 
    30. Osma va tirkalma mashinalarning bir-biridan afzalligi va kamchiliklarini tushuntiring? 
    31. Traktor xarakatiga bog„liq bo„lmagan quvvat olish vali qaysi qishloq xo„jalik mashinalari uchun 
    mo„ljallangan? 
    32. Tuproqqa asosiy ishlov berish mashinalarining tuzilishi va ish jarayoni izoxlang?
    33. Tuproqqa asosiy ishlov berishning samaradorligini oshirish? 
    34. Ishlov berish mashinalarining turlari, tuzilishi va ish jarayoni? 
    35. Respublikamiz sharoiti uchun qaysi turdagi plugdan foydalanish yuqori samara berishining 
    mohiyatini tushuntiring? 
    36. Dalani tayyorlash va haydash ishlari qanday tashkil etishladi?
    37. Ikki yarusli yer haydash texnologiyasining ahamiyatini izoxlang? 
    38. Nima maqsadda tirmalash ishlari bajariladi? Unda tuproqning qaysi fizik xossasi o„zgaradi? 
    39. Sho„ri yuvilmagan va sho„ri yuvilgan turoqlarda qaysi rusumdagi tirmalardan foydalanish 
    kerak?
    40. Qanday holatda tuproqni molalash talab etiladi? Bunda tuproqning qaysi fizik xossasi 
    o„zgaradi? 
    41. Qanday dalalar yoppasiga kultivatsiya qilinadi? 
    42. Dehqonchilik madaniyati deganda nimani tushinasiz?


    43. Lazerli yer tekislagichning afzalliklarini va kamchiliklarini izoxlang?
    44. O„g„it sepish mashinalarining tuzilishi va ishlash jarayoni? 
    45. Ma‟danli o„g„itlarni solishda qo„llaniladigan agregat turlarini va ularning afzalliklarini yozing? 
    46. Urug„ ekish mashinalarining turlari, tuzilishi va ish jarayoni izoxlang? 
    47. Ko„chat o„tqazish mashinalarining tuzilishi va ish jarayoni izoxlang? 
    48. Ekinlar urug„ini ekish usullari ularning qaysi xususiyatlariga qarab tanlanadi? 
    49. Chigit ekishning maqbul muddatlari qaysi omillarga bog„liq? Viloyatlar bo„yicha chigit ekish 
    muddatlarini ayting? 
    50. Chigit ekish ishlariga qanday agrotexnik talablar qo„yiladi? 
    51. Boshoqli don ekish texnologiyasini tushuntirib yozing? 
    52. Kultivatorning tuzilishiva ish jarayoni? 
    53. Qator orasiga ishlov berish ishlarining asosiy vazifasi nimadan iborat? 
    54. Kultivatorning ishchi qismlari turlari va ularning vazifasini izoxlang? 
    55. Kimyoviy ishlov berish mashinalarini tuzilishi va ish jarayoni? 
    56. Zararkunanda, kasallik va begona o„tlarga qarshi kurashishning qanday turlarini bilasiz? 
    57. Begona o„tlarni yo„qotishning agrotexnik usullarini izo 
    58. Paxtani mashinada terishning o„ziga xos xususiyatlari va usullari; 
    59. Paxta terish mashinalarini tuzilishi va ish jarayoni;
    60. Paxtani mashinada terib olishni uzluksiz oqim usulida tashkil etish. 
    61. G„allani yig„ishtirib olishning o„ziga xos xususiyatlari va usullari; 
    62. G„alla o„rish mashinalari tuzilishi, ish jarayoni va ularni ishga tayyorlash
    63. Donlarni saralash texnologiyasi va mashinalari; 
    64. Mevalarni saralash texnologiyasi va mashinalari;xlang? 
    65. Kartoshkani saralash texnologiyasi va mashinalari? 
    66. Keys-2166 g„alla o„rish kombaynida qanday turdagi yanchish barabani o„rnatilgan? Uning 
    afzalliklarini yozing? 
    67. Teshikli g„alvirlarda don qaysi xossasiga qarab saralanadi? 
    68. Donni uzunligiga qarab saralaydigan mashinaning ishchi qismi qanday tuzilgan? 
    69. Meva va uzumlar yig„ishning o„ziga xos xususiyatlari va usullari? 
    70. Yig„ishtirish mashinalarining turlari, tuzilishi va ish jarayonlari? 
    71. Kartoshka yig„ish mashinalarining turlari, tuzilishi va ish jarayonlari? 
    72. Qishloq xo„jaligi ekinlarini sug„orishning o„ziga xosligi va agrotexnik talablar qanday? 
    73. Sug„orish usullari va mashinalari izoxlang? 
    74. O„zbekiston Respublikasi qishloq xo„jaligini texnikalar bilan ta‟minlash va ulardan foydalanish 
    ko„rsatkichlari? 
    75. Qishloq xo„jaligi mahsulotlarini etishtirish va yig„ib olish texnologik xaritalarini tuzish 
    izohlang?
    76. Agregatlarni ishlatishda energiya va yoqilg„i sarfi deganda nimani tushunasiz? 
    77. Avtomatika vositalari xaqida umumiy tushunchalar berib yozing? 
    78. Avtomatikalarini boshqaruv va ximoya apparatlarini izoxlang? 
    79. Dexkonchilik jarayonlarini avtomatlashtirish deganda nimani tushunasiz? 
    80. Qishloq xo„jaligi ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish xususiyatlari nimalarga 
    bog„liq?

    Download 0.72 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Magistraturaga kirish sinovi dasturi va baholash mezoni 5A410501-Qishloq xo„jalik

    Download 0.72 Mb.
    Pdf ko'rish