• Apparat va materiallar.
  • Magnit defektoskopiyasining fizik asoslari. Magnit kukunli usuli. Magnitografik usul




    Download 122.11 Kb.
    bet10/14
    Sana27.07.2021
    Hajmi122.11 Kb.
    #16155
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Magnitlash sxemalari. Magnitografik nazoratda buyumlar maxsus elektromagnitlar (4.5-rasm) yordamida magnitlanadi, kamdan kam hollarda sirkulyar magnitlashdan foydalaniladi. Ichki nuqsonlarni aniqlash uchun buyumlar o‘zgarmas tok bilan, yuzadagi va yuza ostidagi nuqsonlarni aniqlash uchun esa o‘zgaruvchan tok bilan magnitlanadi.

    Apparat va materiallar. Nazorat natijalari magnit tasmadan magnitografik defektoskoplar vositasida o‘qiladi. Magnitografik defektoskopning eng sodda sxemasi 4.6-rasmda tasvirlangan. Defekstkopda elektr dvigateli bor bo‘lib, u bir nechta magnit kallaklar o‘rnatilgan barabanni aylantiradi. Kallaklar magnit tasmaga ko‘ndalang ravishda harakatlanadi. Elektr signallar kallakdan kuchaytirgichga kelib, unda kuchayadi va elektron-nur trubkaga uzatiladi.

    6.6-rasm. Magnitografik defektoskopning blok sxemasi: 1-elektr dvigateli, 2-kallaklar bloki, 3-magnit tasma, 4-kuchaytirgich, 5-yoyma generatori, 6-elektronnur trubka

    Sanoatda ikki xil: impulsli va televizion indikatsiyasi bo‘lgan defektoskoplar ishlab chiqariladi. Impulsli indikatsiyada elektron-nur trubka (ENT) ning ekranida impulslar paydo bo‘lib, ularning amplitudasi vertikal yo‘nalishidagi nuqsonlar qiymatini ifoydalaydi, videoindikatsiyada esa sochilish maydonlarining potensial relefi nuqsonlardan ENT ekraniga chok ayrim joylari magnitogrammasining televizion tasviri ko‘rinishida o‘tadi.

    Impuls indikatsiyali MD-9 va tasviri ko‘rinadigan MD-11 turidagi defektoskoplar bor. Eng takomillashgan MDU-2U, MD-10IM, MGK-1 defektoskoplarida ikkita indikatsiya bor. Xorijiy defektoskoplardan 9.052 turidagi magnitograflar (Germaniyadagi Ferster instituti) eng ko‘p qo‘llaniladi.

    Defektoskop komplektiga magnitlovchi qurilma kiradi. Magnitlovchi qurilma magnit jihatidan yumshoq P-simon o‘zak (magnit o‘tkazgich) va cho‘lg‘amdan tuzilgan. Magnitlovchi qurilma chok bo‘ylab siljishi uchun u uzaytirilgan qutbli qilib ishlanadi, qutblar to‘rtta nomagnit rolikka tayanib turadi. Tayanch roliklar nazorat qilinayotgan buyum yuzasi bilan magnitlovchi qurilmaning qutblari orasida o‘zgarmas kattalikdagi havo tirqishi (2 – 3 mm) hosil qiladi, bu tirqish elektromagnitga chok bo‘ylab bemalol surilishga imkoniyat yaratadi. Sanoatda ko‘chma magnitlovchi qurilmalar (PNU) ning bir necha turi-o‘lchamlari ishlab chiqariladi: PNU-M1, PNU-M2, UNU. Ular diametri 150 – 1200 mm bo‘lgan payvandlab yasalgan quvurlarning payvandlangan uchma uch choklarini hamda 16 mm gacha qalinlikdagi yassi buyumlarni magnitlashga mo‘ljallangan. Katta diametrli (1420 mm gacha) quvurlarning payvand choklarini va 20 mm gacha qalinlikdagi yassi konstruksiyalarni magnitografik usulda nazorat qilish uchun qadamli magnitlovchi qurilmalar (MNU-1) ishlatiladi. 57 – 150 mm diametrli quvurlarning halqasimon choklari NVU-1 turidagi qo‘zg‘almas magnitlovchi qurilma bilan magnitlanadi.

    YUqorida keltirilgan barcha magnitlovchi qurilmalar o‘zgarmas tok bilan ta’minlanadi. Zavod sharoitida tok manbai sifatida to‘g‘rilagichlar hizmat qiladi, dala sharoitida esa bu maqsadda ko‘pincha SPP-1 yoki SPA-1 turidagi ko‘chma avtonom stansiyalardan foydalaniladi.



    Magnitografik nazoratda magnit maydonlarini yozish uchun magnit tasma ishlatiladi. Tasma triatsetat yoki lavsan asosda tayyorlanib, unga juda mayda ferromagnit zarrachalar qoplanadi. Hozirgi vaqtda MK-1 (triatsetat asosli) va MK-2 (lavsan asosli) tasmalari 35 mm kenglikda ishlab chiqariladi. MK-2 tasmalarining fizik-mexanik hossalari MK-1 nikiga qaraganda yuqoriroq bo‘lib, atrof havosining harorati +70 dan –700 gacha bo‘lganda ishlatiladi; -300S dan past haroratda MK-1 tasmaning elastikligi yo‘qoladi.



    Download 122.11 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 122.11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Magnit defektoskopiyasining fizik asoslari. Magnit kukunli usuli. Magnitografik usul

    Download 122.11 Kb.