• Nazorat usuli.
  • Magnit defektoskopiyasining fizik asoslari. Magnit kukunli usuli. Magnitografik usul




    Download 122.11 Kb.
    bet12/14
    Sana27.07.2021
    Hajmi122.11 Kb.
    #16155
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Usulning sezgirligi. Elektromagnit usulining sezgirligiga datchik nazorat qilinayotgan buyumning yuzasi orasidagi tirqish, shuningdek ularning o‘zaro joylashuvi shakli va o‘lchamlari katta ta’sir ko‘rsatadi. Tirqish kattalashishi bilan usulning sezgirligi keskin kamayadi. Eng katta joiz tirqish 2 mm. Tuzilmaning bir jinsli emasligi usulning nuqsonlarni aniqlashga sezgirligini ancha kamaytiradi. Mazkur usul bilan yuzadagi va yuza ostidagi 1 mm gacha chuqurlikda joylashgan, chuqurligi 0,1 – 0,2 mm va uzunligi 1 mm dan ziyod bo‘lgan darzlarni aniqlash mumkin.

    Yuqorida aytilgan geometrik omillar uyurma toki usulning qator yangi imkoniyatlarini ochib beradi: bir tomonidan yaqinlashiladigan galvanik, loy-bo‘yoq, issiqlikni o‘tkazmaydigan qoplama va pardalar qalinligini o‘lchash, quvurlar, ichi bo‘sh detallar hamda boshqa yupqadevorli buyumlar devorining qalinligini aniqlash, chiviq va simlar diametrini o‘lchash shular jumlasidandir. Ammo ayrim hollarda geometrik omillar usuldan amalda foydalanishni ancha qiyinlashtiradi. Bunga sabab shuki, detallarni, masalan, ular materialining elektr o‘tkazuvchanlik bilan bog‘liq hossalariga ko‘ra nazorat qilishda detallar o‘lchamlaridan chetlanish (hatto joiz qiymatlar doirasida) datchik parametrlariga detallar materialining tekshirilayotgan xossalariga qaraganda kuchliroq ta’sir qilishi mumkin.



    6.10-rasm. Elektromagnit bilan nazoart qilishning maydon hosil qiluvchi



    tizimlariniig asosiy sxemalari:

    N-magnit maydonining kuchlanganlik vektori, V – elektromagnit to‘lqinning yo‘nalishi

    Nazorat usuli. Elektromagnit usullari asosan maydon hosil qiluvchi tizimlarga ko‘ra turlarga bo‘linadi. Maydon hosil qiluvchi tizimlar o‘tuvchi bo‘lishi mumkin, agar tokli g‘altak detalni qamrab olsa yoki uning ichiga kirgizilsa (6.10-rasm, a,b) va qoplama bo‘lishi mumkin, bunda tokli g‘altak detalga yon yuzasi bilan o‘rnatiladi (6.10-rasm, v). Birinchi holda maydon hosil qiluvchi tizimdan chiqayotgan elektromagnit to‘lkin nazorat qilinayotgan buyum yo‘nalishida, ikkinchi holda uning yuzasi bo‘ylab tarqaladi. O‘lchash g‘altaklari (datchiklar) maydon hosil qiluvchi (generator) g‘altaklardan alohida yasalgan bo‘lishi mumkin va odatda nazorat qilinayotgan buyumning yuzasi yaqinida joylashadi (6.11-rasm).

    6.11-rasm. Elektromagnit maydoni parametrlarining qayd qilinish sxemasi 1-maydon xosil qiluvchi (generator) g‘altak, 2-o‘lchash g‘altagi, 3-nazorat qilinayotgan buyum

    Qoplama o‘zgartkichlar ferromagnit o‘zakli qilib yoki o‘zaksiz qilib tayyorlanadi. Ferromagnit (odatda, ferrit) o‘zak o‘zgartkichning mutloq sezgirligini oshiradi va magnit maydonining tarqalishini cheklash evaziga nazorat zonasini kichraytiradi.

    Uyurma tokli o‘tuvchi o‘zgartkichlar (UTO‘O‘) tashqi va ichki o‘zgartkichlarga ajratiladi. O‘tuvchi o‘zgartkichlarning bunday tasniflanishi ular nazorat jarayonida ob’ektning tashqarisidan o‘tib, uni qamrashiga yoki ob’ekt ichidan o‘tishiga asoslangan.

    Quyma UTO‘O‘ asosan tekis yuzali ob’ektlar va murakkab shaklli ob’ektlar sifatini nazorat qilishda, shuningdek atrofga tarqalmaslik hamda yuqori darajada sezgirlikni ta’minlash talab etiladigan hollarda ishlatiladi.

    Tashqi o‘tuvchi UTO‘O‘ lardan chiziqli – uzun ob’ektlar (sim, chiviq, quvurlar va b.) ni nazorat qilish, shuningdek mayda buyumlarni ko‘plab nazorat qilish uchun foydalaniladi. Ichki o‘tuvchi UTO‘O‘ lar bilan quvurlarning ichki yuzasi hamda turli detallar teshiklarning devorlari nazorat qilinadi.





    Download 122.11 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 122.11 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Magnit defektoskopiyasining fizik asoslari. Magnit kukunli usuli. Magnitografik usul

    Download 122.11 Kb.