• Pufakli kamera
  • Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar




    Download 0,52 Mb.
    bet90/111
    Sana12.01.2024
    Hajmi0,52 Mb.
    #135922
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   111
    Bog'liq
    Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar

    Geyger hisoblagichi – gazning ionlashishiga asoslangan.
    U faqat zarralarning o‘tishinigina qayd etadi.
    Geyger hisoblagichi ichki tomoni metall qatlami (katod) bilan qoplangan shisha ballon va ballonning o‘qi bo‘ylab tortilgan ingichka metall tola (anod) dan iborat. Shisha ballon S past bosim sharoitida gaz bilan to‘ldiriladi. Buni silindrik kondensator deb qarash mumkin. Kondensatorga В batareyadan R qarshilik orqali kuchlanish beriladi.
    Agar kondensatorga zaryadlangan zarra uchib kirsa, gaz molekulalarini
    ionlashtirib, gaz razryadini vujudga keltiradi.

    Natijada hisoblagich orqali tok o‘ta bosh- laydi va R qarshilik bo‘ylab potensial ka- mayadi. Kuchlanishning bunday tebranishi D kuchaytirgich va mexanik hisoblagichdan iborat qayd qiluvchi qurilmaga uzatiladi.


    Kkatod
    Aanod B

    D
    S – shisha ballon R
    7.8-rasm.

    Shunday qilib, Geyger hisoblagichi har bir ionlashtiruvchi zarrani qayd


    qiladi. Uning sezgirligi katta bo‘lib, sekundiga 10000 zarrani qayd qila oladi.
    Pufakli kamera – qizdirilgan suyuqlikning zarra trayektoriyasi bo‘ylab qaynashiga asoslangan va uning trayektoriyasini qayd qiladigan asbob. U suyuq vodorod solingan, yoritish va rasmga olish mumkin bo‘lgan shisha kameradan iborat. Uning hajmi 3 cm3 dan bir necha metr kublargacha bo‘lishi mumkin. Pufakli kamerani kashf qilgani uchun Gleyzerga 1960-yilda Nobel mukofoti berilgan.
    Boshlang‘ich holatda kameradagi suyuqlik yuqori bosim ostida bo‘ladi, shuning uchun suyuqlikning temperaturasi atmosfera bosimidagi qaynash temperaturasidan yuqori bo‘lsa-da, u qaynab ketmaydi.
    Tekshirilayotgan zarra kameradan uchib o‘tishida suyuqlik moleku- lalarini ionlashtiradi. Xudda shu vaqtda suyuqlikning bosimi kengaytiruvchi qurilma yordamida keskin pasaytiriladi. Suyuqlik o‘ta isitilgan holatga o‘tadi va qaynaydi. Bu vaqtda ionlarda juda kichik bug‘ pufakchalari paydo bo‘ladi. Shuning uchun zarraning butun yo‘li pufakchalar bilan qoplangan bo‘ladi. Kamerani yoritib, izlarni kuzatish yoki fotosuratga olish mumkin.
    Pufakli kameraning Vilson kamerasidan afzalligi, unda ishchi modda zichligining katta bo‘lishidadir. Buning natijasida zarralar kuchli tormozlanadi va nisbatan qisqa yo‘lni o‘tib to‘xtaydi. Shu sababli pufakli kamera yordamida juda katta energiyali zarralarni ham tekshirish mumkin.



    Download 0,52 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   111




    Download 0,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar

    Download 0,52 Mb.