Absorberlarning tuzilishi




Download 470,4 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana02.02.2024
Hajmi470,4 Kb.
#150486
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kitob 4019 uzsmart.uz

Absorberlarning tuzilishi 
Absorbsiya jarayoni fazalarni ajratuvchi yuzada ro’y beradi. Shu sababdan 
absorberlarda iloji boricha gaz va suyuqlik o’rtasidagi kontakt (to’qnashuv) 
yuzasini ko’paytirish zarur. Fazalarning to’qnashuv yuzasini hosil qilish usuliga 
ko’ra, absorberlar shartli ravishda quyidagi turlarga bo’linadi: 
l)plyonkali; 2) nasadkali; 3) tarelkali; 4) suyuqlikni sochib beruvchi. 
Plyonkali absorberlar. Bunday absorberlarning tuzilishi ixcham, samaradorligi 
yuqori bo’lgani uchun ko’proq ishlatiladi. Ushbu absorberlarda fazalarning 
kontakti qattiq (odatda vertikal) yuza bo’yicha oqayotgan suyuqlikning yupqa 
qatlamida yuz beradi. 25.4-rasmda quvurli plyonkali absorberning sxemasi 
ko’rsatilgan. Bu qurilmaning tuzilishi qobiq-quvurli issiqlik almashinish 
qurilmasiga o’xshash. Absorbent qurilmaning yuqorigi qismidagi quvur to’siqlari 
orqali quvurlarga maxsus taqsimlagich yordamida bir me’yorda taqsimlanib, 
quvurning balandligi bo’ylab ichki yuzasidan suyuqlikning yupqa qatlami holida 
pastga harakat qiladi. Gaz esa 
 


 
25.4-rasm. Quvurli plyonkali absorber: 1 — qobiq; 2 — quvurlar; 
quvurning pastki qismidan yuqoriga, yupqa qatlam holida oqib kelayotgan 
suyuqlikka qarama-qarshi yo’nalishda harakat qiladi. Gazning tarkibidagi tegishli 
komponentni yutib olgan suyuqlik qurilmaning pastki qismidagi shtutser orqali 
ajratib olinadi. Gazning inert qismi (ya’ni yutilmay qolgan qismi) qurilmaning 
yuqorigi shtutseri orqali tashqariga chiqariladi. Absorbsiya jarayonida hosil 
bo’lgan issiqlikni ajratib olish uchun qobiq va quvurlar orasidagi bo’shliqqa suv 
yoki sovituvchi suyuqlik beriladi. 
Quvurli absorberda gaz bilan suyuqlik o’rtasidagi kontakt yupqa qatlamda 
(plyonkada) yuz beradi; absorbsiya jarayoni paytida sovib turuvchi issiqlik 
almashinish yuzasining ustida suyuqlikning tez aralashishi yuz beradi. Shu 
sababdan bunday qurilmalardan yuqori issiqlik effektiga ega bo’lgan gaz 
aralashmalaridan kerakli komponentlarni ajratib olishda foydalaniladi. 
Qarama-qarshi yo’nalishga ega bo’lgan plyonkali absorberlarda gazning mumkin 
bo’lgan eng katta tezligi yuqori qiymatga ega (3-6 m/s). Ushbu absorberlarning 
gidravlik qarshiligi juda kam. Shu sababli bunday absorberlardan gazning sarfi 
katta bo’lib, gidravlik qarshilikning qiymati kam bo’lishligi talab qilingan va 
ajratish darajasi esa yuqori bo’lmagan holatlarda ishlatish maqsadga muvofiqdir. 

Download 470,4 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 470,4 Kb.
Pdf ko'rish