|
Махсус таълим вазирлигиBog'liq Kitob 4019 uzsmart.uzNasadkali absorberlar. Bunday kolonnalar eng ko’p tarqalgan absorberlar
qatoriga kiradi. Har xil shaklli va turli o’lchamga ega bo’lgan qattiq jismlar, ya’ni
nasadkalar bilan to’ldirilgan vertikal kolonnalarning tuzilishi sodda va yuqori
samaradorlikka ega bo’lgani uchun ular sanoatda keng ishlatiladi. Nasadkali
kolonnalarda
25.5-rasm. Nasadkali absorber:
1 — qobiq; 2 — suyuqlik taqsimlagichi; 3 — nasadka qatlami; 4 — tayanch to’ri;
5 — gidravlik zatvor.
nasadkalar gaz va suyuqlik o’tadigan tayanch to’rlariga o’rnatiladi. Qurilmaning
ichki bo’shlig`i nasadka bilan to’ldirilgan bo’ladi (25.5-rasm) yoki har birining
balandligi 1,5—3m bo’lgan qatlamlar holatida joylashtiriladi. Gaz to’rning tagiga
beriladi, so’ngra nasadka qatlamidan o’tadi. Suyuqlik esa kolonnaning yuqorigi
qismidan maxsus taqsimlagichlar orqali sochib beriladi, u nasadka qatlamidan
o’tayotganda pastdan berilayotgan gaz oqimi bilan uchrashadi. Kolonna samarali
ishlash uchun suyuqlik bir tekisda, qurilmaning butun ko’ndalang kesimi bo’ylab
bir xil sochib berilishi kerak. Bu qurilmaning kontakt yuzasi nasadkalar
yordamida hosil qilinadi.
Odatda nasadkali absorberlarning diametri 4 m dan ortmaydi. Katta diametrli
kolonnalarda gaz va suyuqlikni qurilmaning ko’ndalang kesimi bo’yicha bir
me’yorda taqsimlash juda qiyin, shu sababdan katta diametrli absorberlar
samaradorligi ancha kam bo’ladi. Biroq sanoatda diametri 12 m gacha bo’lgan
absorberlar ham ishlatiladi.
Nasadkalar sifatida Rashig halqalari, keramik buyumlar, koks, maydalangan
kvars, polimer, halqalar, metalldan tayyorlangan to’rlar, sharlar, propellerlar,
egarsimon elementlar va boshqalar ishlatiladi (25.6-rasm). Nasadkalar samarali
ishlashi uchun quyidagi talablar bajarilishi kerak:
1) Nasadkalar hajm birligida katta yuzaga ega bo’lishligi;
2) Sochilib beruvchi suyuqlik bilan yaxshi aralashishi;
3) Gaz oqimiga nisbatan kam gidravlik qarshilik ko’rsatishi;
4) Sochiluvchan suyuqlikni bir xil tarqatishi;
5) Kolonnada harakat qilayotgan suyuqlik va gazlarning ta’siriga nisbatan
kimyoviy mustahkam bo’lishi;
6) Solishtirma og`irligi kam bo’lishi;
7) Mexanik jihatdan mustahkam;
8) Arzon bo’lishi lozim.
Lekin amalda bunday talablarni qondiradigan nasadkalar uchramaydi, masalan,
solishtirma yuzaning katta bo’lishi, qurilma gidravlik qarshiligining ortib
ketishiga olib keladi. Shuning uchun sanoatda absorbsiya jarayonining asosiy
talablarini qanoatlantiradigan nasadkalar ishlatiladi. Sanoatda Rashig halqalari
eng ko’p qo’llaniladi.
Nasadkali absorberlar bir qator afzalliklarga ega: tuzilishi sodda va agressiv
suyuqliklar bilan ishlash imkoniyati mavjud.
25.6-rasm. Nasadkalarning turlari:
a — Rashig halqali nasadka; 1 — alohida olingan halqa; 2 — to’kib qo’yilgan
halqalar; 3 — terib qo’yilgan halqalar; b — fasonli nasadka; 1 — Pal halqalari; 2
— halqa; 3 — kressimon to’siqli halqalar; 4 — keramik bloklar; 5 — simdan
o’ralgan nasadkalar; 6 — ichki spiralli halqalar; 7 — propellerli nasadka; 8 —
yog`ochdan tayyorlangan xordali nasadka.
Bunday qurilmalardan modda o’tkazishdagi diffuzion qarshilikning qiymati suyuq
yoki gaz fazada katta bo’lgan paytda ham foydalanish mumkin.
Bunday qurilmalar kamchiliklardan ham xoli emas. Nasadkali kolonnalarda
gazlarning yutilishida ajralib chiqadigan issiqlikni yo’qotish qiyin, bundan
tashqari suyuqliklarning sochilish miqdori kam bo’lganda nasadkalar yomon
ho’llanadi. Bu qurilmalarda hosil bo’ladigan issiqlikni kamaytirish, nasadkalarni
yaxshi ho’llash uchun absorbentlarni nasos orqali resirkulyatsiya qilish (ya’ni
absorbertning ma’lum qismini qaytadan kolonnaga berish) usuli qo’llaniladi. Bu
vaqtda absorbsiya qurilmasining tuzilishi murakkablashadi va resirkulyatsiya
uchun quvur ishlatilishi natijasida uning qiymati ortib ketadi. Nasadkali
kolonnalarda ifloslangan yoki loyqalangan suyuqliklarni ishlatib bo’lmaydi.
|
| |