• qarori
  • Oldingi
  • Maktabgacha ta’lim tizimida sifat samaradorligini oshirishning innovatsion yondashuvi




    Download 153 Kb.
    bet9/11
    Sana20.12.2023
    Hajmi153 Kb.
    #125091
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Oldingi tahrirga qarang.
    4) fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarini nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda uslubiy qo‘llab-quvvatlash;
    (3-paragrafning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
    5) bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari va sobiq maktabgacha ta’lim muassasalarining ishlamayotgan binolari negizida maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil qilish maqsadida ularni xatlovdan o‘tkazish;
    6) hamma joyda bolalarni umumiy boshlang‘ich ta’limga bepul majburiy bir yillik tayyorlashning yagona tizimini joriy etish;
    7) maktabgacha ta’limning moslashuvchan ish jadvali hamda rivojlantiruvchi, tuzatuvchi xizmatlar va tadbirlarning keng ko‘lamini o‘z ichiga olgan quyidagi muqobil shakllarini joriy etish va rivojlantirish:
    har xil yoshdagi bolalar uchun qisqa muddatli maktabgacha ta’lim guruhlari — “Pley-guruhlar”;
    maktabgacha yoshdagi bolalarga uyiga borib maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish dasturi — “Nome visits”;
    Oldingi tahrirga qarang.
    maktabgacha ta’lim tashkilotlari korporativ guruhlari va boshqalar;
    8) yengil qurilish konstruksiyalari va zamonaviy energiya samarador materiallar va texnologiyalardan foydalangan holda, shinamlik va ekologik xavfsizlik talablariga muvofiq quriladigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yangi binolar loyihalarini ishlab chiqish (shu jumladan rivojlanishida jismoniy va ruhiy buzilishlari bo‘lgan bolalar uchun to‘siqsiz muhit elementlarini hisobga olgan holda);
    9) maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish va samarali tashkil qilish zaruratini hisobga olgan holda, qurilayotgan turarjoy komplekslari va boshqa obyektlarni kerakli ijtimoiy infratuzilma bilan ta’minlash;
    10) respublikaning barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ichimlik suvi, isitish tarmog‘i, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan, shu jumladan zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan bosqichma-bosqich ta’minlash;
    (3-paragrafning yigirmanchi — yigirma uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
    11) ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishning variativligi hisobiga rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy buzilishlari bo‘lgan bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘lamini oshirish;
    12) maktabgacha ta’limning bola shaxsini shakllantirishdagi roli va muhimligi haqida tushuntirish tadbirlarini olib borish, ushbu faoliyatga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik va ota-onalarni faol jalb qilish.

    Download 153 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 153 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabgacha ta’lim tizimida sifat samaradorligini oshirishning innovatsion yondashuvi

    Download 153 Kb.