|
Maktabgacha ta’lim tizimida sifat samaradorligini oshirishning innovatsion yondashuvi
|
bet | 7/11 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 153 Kb. | | #125091 |
Oldingi tahrirga qarang.
12) maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnamaydigan bolalar uchun ta’lim xizmatlari turlari: pullik ta’lim xizmatlari, qisqa muddatli guruhlar va boshqalarni kengaytirish.
(2-paragrafning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
§3. Bolalarni sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘lamini oshirish, undan teng foydalanishi imkoniyatlarini ta’minlash, sohada davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish
Oldingi tahrirga qarang.
Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘lamini oshirish bo‘yicha vazifalarni hal etish birinchi navbatda maktabgacha ta’lim tashkilotlari quvvatlarini oshirishni taqozo etadi.
(3-paragrafning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Maktabgacha ta’lim tizimini moliyalashtirishning hozirgi hajmi, tug‘ilishning o‘sishi dinamikasi saqlanib qolayotgan bir paytda, maktabgacha yoshdagi bolalarning qamrovini mavjud darajada saqlab turishni ta’minlab beradi, ammo uning o‘sishiga yordam bermaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘larining cheklanganligini e’tiborga olib, nodavlat sektor maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni o‘sishining harakatlantiruvchi kuchlaridan biri bo‘lishi, davlat-xususiy sherikchiligi esa xususiy tadbirkorlik subyektlarini maktabgacha ta’lim tizimiga jalb etishning asosiy mexanizmiga aylanishi lozim.
(3-paragrafning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Maktabgacha ta’limning hammabopligini, shu jumladan respublikaning olis tumanlarida hamda maktabgacha ta’limning standart shakllarini kengaytirish qiyin bo‘lgan joylarda ta’minlash yangi muqobil shakllarni joriy etish hisobiga ham amalga oshirilishi lozim.
Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni ta’minlash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirilishini nazarda tutadi:
|
| |