Maktabgacha ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashda ilk dissertatsiyalar himoyasi bo‘lib o‘tdi




Download 33.5 Kb.
Sana05.04.2024
Hajmi33.5 Kb.
#188466
Bog'liq
10mavzu kanspeqt
4 kurs praktika, 8-Labaratoriya ishi. Mavzu Disklarga xizmat ko rsatuvchi dastur, portal.guldu.uz-XISOBLASH TIZIMLARINING , Jumaniyozova Shirinoyning amaliyot hisoboti, kamina jasurbek soatov oken 2011, 1-тема, Lab 1, Kompyuterning grafik imkoniyatlari va ularning turlari, упр 12 лекция (узб), 2023 PractWork01 ArPO, metodichka, TAQVIM MAVZU REJASI, 1322327, 4134

Kanspeqt
Maktabgacha ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashda ilk dissertatsiyalar himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatda maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish, turli shakldagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarini barpo etish, ularni yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan tarbiyachilar va mutaxassislar bilan ta'minlash, ta'lim va tarbiya jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilmoqda.


Bugungi kunga kelib maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan soha uchun ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlashga ham katta e'tibor qaratildi. 2018 yili Oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar ixtisosliklar ro‘yxatiga yangi 13.00.08. “Maktabgacha ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasining qarori bilan Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzurida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashi tashkil etildi. Ushbu ilmiy kengash 13.00.08. “Maktabgacha ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha mamlakatimiz tarixidagi birinchi tashkil tashkil etilgan ilmiy kengash hisoblanadi.


2019 yil 22 avgust kuni ilmiy kengashning dissertatsiyasi himoyasi bo‘yicha ilk (birinchi) yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tadqiqotchi Nilufar Rejamatovaning “O‘zbek xalq cholg‘ulari vositasida bolalar ijodkorligini shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirish” mavzusidagi, Go‘zal Nazirovaning “Maktabgacha ta'lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.


Ilmiy kengash raisi, professor Qahramon Olimov mavzu yuzasidan shunday dedi:“Hozirgi kunda ilmiy kengashga mazkur ixtisoslik bo‘yicha 1 ta fan doktorlik hamda 5 ta falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari himoyaga qabul qilingan. Shuni ta'kidlash joizki, Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzurida doktorantura tashkil qilindi hamda Maktabgacha ta'lim va tarbiya muammolariga qaratilgan 100dan ortiq muhim mavzular shakllantirildi. Bundan keyingi tadqiqotchilarga ushbu mavzular bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borishlari tavsiya qilinadi. Ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun hududlarda innovatsion va eksperimental maydonchalar tashkil qilingan. Bundan keyin eng muhim e'tibor dissertatsiya tadqiqoti natijasida ishlab chiqilgan yangi metodikalar, innovatsion ta'lim texnologiyalari va metodik ishlanmalarni amaliyotga joriy qilinishiga qaratiladi”.


Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olib ishlab chiqilgan “Ilk Qadam” davlat o‘quv dasturining joriy qilinishi tadqiqotchilar uchun keng yo‘nalishdagi izlanishlar olib borish va natijalarini ta'lim va tarbiya jarayoniga tatbiq qilish imkonini beradi.


Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini davlat tomonidan boshqarishning samarali tizimini yaratish hamda uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha so‘nggi besh yilda maktabgacha ta’lim sohasida o‘sib kelayotgan yosh avlodni sog‘lom va har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazish, bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘rsatkichini oshirish, tizimga samarali ta’lim va tarbiya usullarini joriy etish hamda tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlar malakasini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.


Hozirgi kunda 28 842 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yilishi orqali maktabgacha yoshdagi bolalarning 70 foizi, jumladan, 6 yoshli bolalarning 90 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olindi.


Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmining joriy etilishi hamda 21 230 nafar tadbirkorlik subyektlari tomonidan 610 339 o‘rinli quvvatga ega nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi orqali nodavlat sektorning ulushi 2017-yilga nisbatan 0,1 foizdan 31 foizga oshirildi.


Pedagog kadrlarning mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsadida ularning oylik maoshi 43 foizdan 70 foizgacha oshirildi.


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini oliy ma’lumotli pedagoglar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim sohasida Koreya tajribasi asosidagi yangi uslublarni joriy etish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarning har tomonlama aqlan va jismonan rivojlanishini hamda ularni maktabga tayyorlash dasturlari sifatini oshirishni ta’minlovchi zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:


1. Quyidagilar:


Maktabgacha ta’lim vazirligi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (keyingi o‘rinlarda — KOISA) o‘rtasida 2021-yil 16-dekabrda tuzilgan bitim (keyingi o‘rinlarda — Bitim) doirasida umumiy qiymati 12,5 mln AQSh dollari miqdoridagi grant hisobidan Maktabgacha ta’lim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda innovatsion maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun bino qurish loyihasining (keyingi o‘rinlarda — loyiha) 2022 — 2026-yillarda amalga oshirilishi;


loyiha doirasida Maktabgacha ta’lim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda innovatsion maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun bino (keyingi o‘rinlarda — obyekt) qurilishi;


obyektning loyiha-smeta hujjatlari KOICA tomonidan taqdim etilishi;


loyihani amalga oshirish doirasida obyektni qurish uchun Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Nurafshon va Sharof Rashidov ko‘chalari oralig‘ida 1,6 ga yer maydoni ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Belgilansinki, loyihani amalga oshirish doirasida KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi obyektlarni qurish uchun buyurtmachi hisoblanadi hamda bosh loyiha tashkiloti va bosh pudrat tashkilotini mustaqil belgilaydi.


3. Bitimga hamda O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq:


bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari obyektni qurish va jihozlash bilan bog‘liq tovarlar va xizmatlar uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha chetdan olib kelinadigan uskuna, butlovchi buyumlar, detallar, uzellar, xomashyo va materiallar, ehtiyot qismlar, asboblar va maxsus transport vositalarini olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘i hamda bojxona boji to‘lashdan ozod etilganligi;


qurilish ishlari tugallanganidan keyin Maktabgacha ta’lim vazirligiga tekinga berilgan obyekt va boshqa mol-mulk soliq solish obyekti hisoblanmasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


4. Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zbektelekom” AK, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda tegishlicha obyekt qurilishi hududiga qadar muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tortish, ko‘chirish, o‘tkazish va ulash ishlarini, shuningdek, obyektlarga olib boruvchi yo‘llar qurilishini amalga oshirsin.


5. Qurilish vazirligi qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati bo‘yicha tegishli davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin.


6. Belgilab qo‘yilsinki:


obyektlarni loyihalash, qurish va jihozlash doirasida bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari tomonidan hisobvaraq-fakturalarda (shu jumladan, har oyda) ko‘rsatiladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetida Maktabgacha ta’lim vazirligining rivojlantirish dasturlari uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan to‘lanadi;


qurilish tugagunga qadar bo‘lgan muddatga respublika hududida obyektlarni qurish va jihozlash doirasida bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlarida hosil bo‘ladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i hamda obyektni qurish uchun O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilgan ishlarni moliyalashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash 2023-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;


7. Toshkent shahar hokimligi uch oy muddatda loyiha maydonini rejalashtirish va tekislash ishlarini bajarish, shu jumladan, mavjud obyektlarni buzish, qurilish maydonchasida qurilish ishlari boshlanishidan oldin qurilish chiqindilaridan tozalash ishlarini tashkil etsin.


8. Tashqi ishlar vazirligi Maktabgacha ta’lim vazirligining viza talabnomalariga binoan obyektlar qurilishi doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalarini konsullik yig‘imlari va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.


9. Ichki ishlar vazirligi Maktabgacha ta’lim vazirligi buyurtmanomalariga asosan loyihani amalga oshirish uchun jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik viza muddatlari uzaytirilishini, shuningdek, vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.


10. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qurilayotgan obyekt hududida xorijlik mutaxassislarning xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rsin.


11. Moliya vazirligi Maktabgacha ta’lim vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra 2025-yildan boshlab har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Maktabgacha ta’lim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamda innovatsion maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etilgandan so‘ng ularni ta’minlab turish uchun zarur budjet mablag‘lari ajratilishini nazarda tutsin.




12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Download 33.5 Kb.




Download 33.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashda ilk dissertatsiyalar himoyasi bo‘lib o‘tdi

Download 33.5 Kb.