|
O’rta maxsus, kasb hunar ta’limi markazi
|
bet | 1/74 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 6,59 Mb. | | #263152 |
Bog'liq Informatika fanidan amaliy ishlar uchun o’quv uslubiy qo’llanma (
O’RTA MAXSUS, KASB HUNAR TA’LIMI MARKAZI
NAVOIY VILOYAT O’RTA MAXSUS KASB HUNAR TA’LIMI BOSHQARMASI
NAVOIY TEXNIKA-IQTISODIYOT
KASB-HUNAR KOLLEJI
INFORMATIKA FANIDAN
Amaliy ishlar uchun o’quv uslubiy qo’llanma
Barcha mutaxasisliklar uchun
Navoiy -2008 yil
Tuzuvchi: Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb- hunar kolleji informatika fani o’qituvchisi Toshova H.N
Taqrizchi:
Kirish
Zamonaviy ishlab chiqarish talab ehtiyojlarini inobatga olgan, u bilan uzviy bo’g’langan, nazariy bilimlarni amaliy ko’nikmalar bilan boyitishga qaratilgan hisoblanadi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da “Kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojidan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish nazarda tutiladi” deb ta’kidlangan. Har bir mutaxassis kompyuterdan foydalana oladigan, axborot texnologiyalari ni puxta egallagan bo’lishi lozim.
Ushbu uslubiy qo’llanma o’rta maxsus kasb - hunar kollejlarining barcha mutaxasisliklari uchun mo’ljallangan. Informatika fanidan o’quv yuklamasi 120 soat bo’lib, shundan 68 soati nazariy, 52 soati amaliy mashg’ulot tarzida o’tiladi. Amaliy mashg’ulot darslarida mavzular asosida olingan nazariy bilimlar, amalda o’rgatiladi.
Uslubiy qo’llanmada 26 ta amaliy ish keltirilgan bo’lib ular:
1-amaliy ish. Klaviaturada ishlash (oddiy alfavitli - raqamli tugmachalar bilan ishlash)
2-amaliy ish: Klaviaturada ishlash (Maxsus xizmatchi va qo’shimcha tugmachalar guruhi bilan ishlash)
3-amaliy ish: Klaviaturada ishlash ( vazifali tugmachalar guruhi bilan ishlash)
4-amaliy ish: MS-DOS operatsion tizimida ishlash (Kompyuter bilan dastlabki muloqot)
5-amaliy ish: MS-DOS operatsion tizimida ishlash (MS-DOS ning asosiy buyriqlari bilan ishlash)
6-amaliy ish: Windows operatsion tizimi ish stolida ishlash
7-amaliy ish: Windows operatsion tizimi masalalar panelida ishlash
|
| |