|
-amaliy ish. Klaviaturada ishlash
|
bet | 6/74 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 6,59 Mb. | | #263152 |
Bog'liq Informatika fanidan amaliy ishlar uchun o’quv uslubiy qo’llanma ( 2-amaliy ish. Klaviaturada ishlash
(Klaviaturadagi maxsus xizmatchi va qo’shimcha tugmachalar bilan ishlash)
Ishning maqsadi: Kompyuter qurilmalarini ulash, klaviatura qurilmasida tugmachalar bilan ishlash ko’nikmasini oshirish.
Kerakli asbob va jihozlar: komyuter, kompyuterning asosiy qurilmalari
Nazariy qism: Klaviaturadagi maxsus xizmatchi va qo’shimcha tugmachalar bilan ishlash
Maxsus tugmalar guruhi - bu guruhdagi tugmalar vazifalariga to’xtalamiz.
[Enter] yoki [Return] tugmasi- yangi satrga o’tish yoki yozilgan bo’yruqni kiritish uchun xizmat qiladi.
[Del] tugmasi - kursor turgan belgini o’chirish uchun xizmat qiladi. Agarda klaviatura surish rejimida ishlayotgan bo’lsa belgi o’chadi va belgidan keyingi ma’lumot chapga suriladi.
[Ins] tugmasi -belgilarni kiritishda surish rejimidan almashtirish rejimiga o’tishni ta’minlaydi.
[Backspace] yoki [] tugmasi - kursordan chapdagi belgini o’chiradi.
[], [], [], [], [Home], [End], [PgUp], [PgDn]tugmalari- kursorni mos ravishda chapga, o’nga, yuqoriga,hpastga, satr boshiga va oxiriga, matnni bir varaq oldinga va pastga varaqlashga olib keladi.
[Ctl], [Alt] tugmalar alohida o’zi bosilaganda hech qanday vazifani bajarmaydi, lekin boshqa tugmalar bilan birgalikda bosilganda dastur ishiga ta’sir qiladi. Har bir dasturda dasturlovchi tomonidan ularning bajariladigan vazifalari ko’rsatilgan bo’ladi. Masalan dastur tavsifida ma’lum bir amal bajarilishi uchun [Alt]+[X] ni kiriting deyilganda, siz [Alt] tugmasini bosgan holda, [X] tugmasini bosish kerak.
[Shift] tugmasi- katta harfni yoki simvolli tugmalardagi ikkinchi belgini chiqarish uchun xizmat qiladi. Buning uchun [Shift] tugmasini bosgan holda kerakli tugma bosiladi.
[Caps Lock]tugmasi- alfavitli tugmalarni katta harf rejimida ishlashni ta’minlaydi. Buning uchun [Caps Lock] tugmasini bosish natijada (Caps Lock) indikatori yonishi lozim. Katta harf rejimidan chiqish uchun yana shu tugmani bir marta bosish va indikator o’chganligi ko’rish lozimdir. [Caps Lock] rejimida [Shift] tugmasi kichik harflar rejimini beradi.
[Brek] tugmasi- dastur ishini to’xtatish uchun xizmat qiladi.
[Print Screen] tugmasi -ekrandagi tasvirni printerga chiqaradi.
4) Qo’shimcha tugmalar guruhi ( bu guruhdagi tugmalar soni 101 va undan tugmadan ortiq tugmachali klaviaturada uchraydi) ular odatda klaviaturaning o’ng tamonida joylashgan bo’lib ularning soni 17 va undan ortiq bo’lishi mumkin. Bu tugmalar guruhi ikki xil holatda ishlaydi :
[Num Lock] (raqamlar) tugmasi- bosilgan holatda (Num Lock) indikatori yongan holatda 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 sonlar, /, *, -, + arifmetik amallar, ( . ) belgisi chiqadi va [Enter] tugmasi joylashgan. Odatda kompyuter ishga tayyor bo’lgan holatda (Num Lock) indikatori yoniq holatda bo’ladi.
[Num Lock] tugmasi- bosilgan holatda (Num Lock) indikatori yonmagan holatda [], [], [], [], [Home], [End], [PgUp], [PgDn], [Ins] va [Del] tugmalari vazifasini bajaradi.
IBM PC shaxsiy kompyuteriga Agar katta «N» harfi kiritilishi lozim bo’lsa, u holda (Shift) tugmachasini bosib turgan holda «N» harfi yozilgan tugmachani bosish zarur. (Shift) tugmachasini bosib turish noqulaylik tug’dirganda (Caps Lock) tugmachasi ishlatiladi, ya'ni katta harflarni kiritish rejimini qayd etadi. (Caps Lock) tugmachasini qayta bosish qayd qilish rejimidan dastlabki rejimga o’tish uchun xizmat qiladi. (Caps Lock) rejimida (Shift) tugmachasini bosib turib kerakli ma'lumotlarni terish, o’z navbatida kichik harflarni kiritish imkoniyatini beradi. Ayrim hollarda (Caps Lock) tugmachasidan kirill alfavitiga o’tishda ham foydalaniladi. Alohida son yoki harf yozilgan tugmachalardan farqli o’laroq, klaviatura qurilmasida maxsus tugmachalar ham mavjudki, biz ularning ayrimlari xususida to’xtalib o’tamiz:- (Enter) (ayrim seriyali kompyuterlarda) (Return) yoki (GR) tugmachasi qator oxirida bosiladi; (Del) (delete - o’chirish) tugmachasi ko’rsatkich ostida joylashgan simvollarni o’chirishda ishlatiladi; (Ins) tugmachasidan ikkita rejimda: simvollarni kiritish uchun, ya'ni mavjud simvolni surib yoki mavjud simvolning o’rniga yangi simvolni almashtirib kiritishda ishlatiladi; - (↓)(→)(↑)(← )- tugmachalari kursorni mos holda suradi; (Ctrl) va (C) tugmachalari qandaydir harakatdan chiqishda, masalan dastur bajarilishini to’xtatishda foydalaniladi;- (Ctrl) va (Alt) tugmachalari ayrim tugmachalar vazifasini, ya'ni bajaruvchi funksiyasini bir qadar o’zgartirishda ishlatiladi.Foydalanuvchi DOS tizimida ba'zan maxsus tugmachalar majmuasi (kombinatsiyasi) bilan ish yuritishiga to’g’ri keladi. Ularning ayrimlari xususida fikrlashamiz: - (CtrI)+|Break) amalda bajarilayotgan buyruq yoki dasturning ishlashini tugallash uchun ishlatiladi;- (CtrI)+(Alt+Del) DOS ni qayta ishga tushirish uchun foydalaniladi;- (Ctrl+Print Screen) yoki (Ctrl)+( ) ekrandagi ma’lumotlar nusxasini qog’ozga olish uchun foydalaniladi;- (Ctrl)+(Alt)+(F2) milliy klaviaturaga o’tish uchun foydalaniladi;- (Ctrll+(C) DOS ning ixtiyoriy buyruq yoki dastur bajarilishini to’xtatish uchun foydalaniladi.
|
| |