|
O’rta maxsus, kasb hunar ta’limi markazi
|
bet | 5/74 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 6,59 Mb. | | #263152 |
Bog'liq Informatika fanidan amaliy ishlar uchun o’quv uslubiy qo’llanma ( Kompyuterni o’chirish: IBM PC kompyuterini o’chirish quyidagi tartibda bajariladi:
•bajarilayotgan dastur yoki buyruqni tamomlash;
• magnitli disketni disk urituvchidan olish;
•agar yoqilgan bo’lsa, printerni o’chirish;
•monitorni o’chirish;
• kompyuterni o’chirish;
• stabilizatorni o’chirish lozim.
Amaliy ishni bajarish tartibi:
1. Kompyuterni ishga tushirish uchun o’qituvchidan ruxsat olish.
2. Kompyuterni ishga tushirish.( agar kompyuter kuchlanishni stabilizator ko’magida olsa, stablizatorni elektr tarmog’iga ulash; zarurat bo’lsa, bosmaga chiqarish qurilmasi printerni ishga tushirish (yoqish); kompyuterni yoqish, ya'ni kompyuterning old (ayrimlarida orqa yoki yon) tomonida joylashgan tugmachani bosish; kompyuter monitorini yoqish lozim)
3. Klaviatura qurilmasi yordamida matn kiritish. ma'lumotlar, odatda, klaviatura qurilmasi orqali kiritiladi. Klaviatura qurilmasi yuqori registrida joylashgan bosh harf va boshqa simvollarni kiritish uchun (Shift) tugmachasi (klavishi)dan foydalaniladi. Masalan, kichik «n» harfi kiritilishi lozim bo’lsa, u holda klaviatura qurilmasidan «N» harfi yozilgan tugmacha bosiladi.
4. Matnni yozishda Shift tugmasini bosh harflarni kiritishda foydalanish.
5. Matnga yangi satr kiritish. Satr oxirida Enter tugmasi bosiladi.
6. Kursordan o’ngda turgan belgini o’chirish. Delete tugmasi bosiladi.
7. Matnga 2 ta rejimda simvollarni kiritish uchun, yangi mavjud belgini surib, yangi belgini almashtirib yozish usulini qo’llash.
8. Matnga tinish belgilarni qo’yish.
9. Arifmetik amallarni bajarishda +, -, \, * amallarnini klaviatura orqali kiritish.
10. Kompyuter ishini yakunlash.( bajarilayotgan dastur yoki buyruqni tamomlash; magnitli disketni disk urituvchidan olish; agar yoqilgan bo’lsa, printerni o’chirish; monitorni o’chirish; kompyuterni o’chirish).
Nazorat savollari.
1. Komyuterning asosiy qurilmalarini ayting?
2. Klaviatura qurilmasi qanday vazifani bajaradi?
3. Oddiy tugmachalar vazifasini ayting?
4. Boshqaruvchi tugmachalar qanday hollarda ishlatiladi?
5. Lotin alifbosidan krill alifbosiga o’ting?
6. Kompyuterdan to’g’ri foydalanish deganda nimani tushunasiz?
|
| |