|
Amaliy ishni bajarish tartibi
|
bet | 7/74 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 6,59 Mb. | | #263152 |
Bog'liq Informatika fanidan amaliy ishlar uchun o’quv uslubiy qo’llanma ( Amaliy ishni bajarish tartibi:
1. Kompyuterni ishga tushirish uchun o’qituvchidan ruxsat olish.
2. Kompyuterni ishga tushirish.( agar kompyuter kuchlanishni stabilizator ko’magida olsa, stablizatorni elektr tarmog’iga ulash; zarurat bo’lsa, bosmaga chiqarish qurilmasi printerni ishga tushirish (yoqish); kompyuterni yoqish, ya'ni kompyuterning old (ayrimlarida orqa yoki yon) tomonida joylashgan tugmachani bosish; kompyuter monitorini yoqish lozim)
3.Yangi matnni abzats dan boshlab matn kiritish. Tab tugmasi orqali bajariladi.
4. Bosh hatflar rejimini o’rnating va bu tartibni bekor qilish. (Caps Lock) tugmachasi katta harflarni kiritish rejimini qayd etadi. (Caps Lock) tugmachasini qayta bosish qayd qilish rejimidan dastlabki rejimga o’tish uchun (Caps Lock) tugmasi yana bir bor bosiladi.
5. Kursorni satr boshiga olib kelish. Home tugmasi bosiladi. Yoki sichqoncha ko’rsatkichi satr boshiga keltirib chap tugma bir marta bosiladi.
6. Matn terish paytida ekrandagi kursordan chap tomondagi xato belgilarni o’chirish. [Backspace] yoki [ß] belgi ishlatiladi.
7. Ctrl+ALT+F birgalikda bosish.
8. Matnni varaqlash. [PgUp], [PgDn]tugmalari- matnni bir varaq oldinga va pastga varaqlashga olib keladi.
9. Kompyuter ishini vaqtincha to’xtatish. Pauze Break tugmasi bosiladi.
10. Kompyuter ishini yakunlash.( bajarilayotgan dastur yoki buyruqni tamomlash; magnitli disketni disk urituvchidan olish; agar yoqilgan bo’lsa, printerni o’chirish; monitorni o’chirish; kompyuterni o’chirish).
Nazorat savollari.
1. Klaviatura nechta klavishdan iborat?
2.End -qanday ishlarda ishlatiladi.?
3. Qandaydir oldin berildan vazifalardan boz kechish buyrug’ini ayting?
4. [Shift]-tugmasi qanday hollarda ishlatiladi?
5. [Delete]-tugmasi vazifasini ayting?
3-amaliy ish. Klaviaturada ishlash.
(Funksional tugmachalar guruhi bilan ishlash)
Ishning maqsadi: Kompyuter qurilmalarini ulash, klaviatura qurilmasida tugmachalar bilan ishlash ko’nikmasini oshirish.
|
| |