|
MS DOS taklifnomasi va buyruqni kiritish
|
bet | 10/74 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 6,59 Mb. | | #263152 |
Bog'liq Informatika fanidan amaliy ishlar uchun o’quv uslubiy qo’llanma ( MS DOS taklifnomasi va buyruqni kiritish
Agar DOS foydalanuvchi bilan muloqotga tayyor bo’lsa, u holda kompyuter ekranida quyidagi taklifnoma paydo bo’ladi: A> yoki C:\>
Biror buyruqni kompyuterga kiritish uchun uni dastlab klaviatura qurilmasida terish va so’ngra "Enter" tugmasini bosish lozim. Kiritiluvchi buyruq yoki dasturni tahrir qilish uchun klaviatura tugmalaridan foydalanish mumkin. Masalan, "Del" — ko’rsatkich ostidagi simvolni, "Bask Space" — ko’rsatkich oldidagi simvolni o’chirishda ishlatiladi va hokazo.
MS DOS buyrug’i bajarilishi uchun dastlab mazkur buyruq nomini va so’ngra qo’shimcha nomini kiritish lozim.
Buyruq yoki dasturning bajarilishini to’xtatish uchun "Ctrl" va "Break" tugmalari bir vaqtda bosiladi, agar u yordam bermasa, "Ctrl—Alt—Del " tugmalarini bosib MS DOS ni qayta ishga tushirish kerak.
Ba'zi hollarda oxirgi aytib o’tgan buyruq yordamida ham kompyuterni ishga tushirish imkoniyati bo’lmay qoladi, u holda kompyuter old qismida joylashgan "RESET" tugmasi bosiladi.
Amaliy ishni bajarish tartibi:
1. Kompyuterni ishga tushirish uchun o’qituvchidan ruxsat olish.
2. Kompyuterni ishga tushirish.( agar kompyuter kuchlanishni stabilizator ko’magida olsa, stablizatorni elektr tarmog’iga ulash; zarurat bo’lsa, bosmaga chiqarish qurilmasi printerni ishga tushirish (yoqish); kompyuterni yoqish, ya'ni kompyuterning old (ayrimlarida orqa yoki yon) tomonida joylashgan tugmachani bosish; kompyuter monitorini yoqish lozim)
3. Ms-dos operatsion tizimini ishga tushirish.
4. Kataloglar mundarijasini ekranga chiqarish. C:\>DIR — mazkur katalogdagi ma'lumotlarni ekranga chiqaradi.
5. Fayl yarating va unga nom bering. Buyruq qatoriga Copy con [fayl nomi] kiritladi. 2-marta Enter, so’ngra F6 tugmasi bosiladi. Buyruq qatoriga Ren anketa Enter buyrug’I beriladi.
6. Fayl o’chirish. Fayllarni o’chirish uchun DEL buyrug’i ishlatiladi. Buyruq formati: del [disk yurituvchi:] [yo'l\] [katalog nomi] fayl nomi. C:\>DEL WORK buyrug’i WORK katalogidagi barcha fayllarni o’chirish uchun; C:\>DEL LITSEY.BAS buyrug’i LITSEY.BAS faylini o’chirish uchun xizmat qiladi.
7. Komyuterga joriy vaqtni o’rnating. Buyruq qatoriga time “Enter” buyrug’i beriladi.
8. O’chirilgan fayllarni tiklash. Behosdan o’chirilgan fayl yoki fayllarning eski nusxasini tiklashda QU buyrug’i (MS DOS OTning keyingi versiyalarida UNERASE) ishlatiladi. Buyruq format:qu [disk yurituvchi:] [yo'l\] fayl nomi
9. MS-DOS operatsion tizimi ishini yakunlash. Buyruqlar qatorida C:\exit buyrug’I kiritilib Enter tugmasi bosiladi.
10. Kompyuter ishini yakunlash.( bajarilayotgan dastur yoki buyruqni tamomlash; magnitli disketni disk urituvchidan olish; agar yoqilgan bo’lsa, printerni o’chirish; monitorni o’chirish; kompyuterni o’chirish).
|
| |