|
O’rta maxsus, kasb hunar ta’limi markazi
|
bet | 11/74 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 6,59 Mb. | | #263152 |
Bog'liq Informatika fanidan amaliy ishlar uchun o’quv uslubiy qo’llanma ( Nazorat savollari.
1. MS-DOS operatsion tizimi qachon yaratilgan?
2. MS-DOS operatsion tizimi necha qismdan iborat?
3. MS-DOS operatsion tizimining qulayliklari?
4. Fayl nima?
5. Fayl nomi nechta belgidan iborat bo’ladi?
6. Kengaytma nima?
8. Katalog nima?
9. Katalogning turlariga misollar ayting?
4-amaliy ish. MS-DOS operatsion tizimida ishlash
(MS-DOS ning asosiy buyruqlari)
Ishning maqsadi: MS-DOS operatsion tizimining asosiy buyruqlari bilan amaliy ishlash ko’nikmasini oshirish
Kerakli asbob va jihozlar: komyuter, kompyuterning asosiy qurilmalari
Nazariy qism: MS DOS OTning asosiy buyruqlari. Disk va kataloglar ustida amallar
Disk yoki katalog mundarijasini ko’rish
DIR buyrug’i. Disk va katalog mundarijasi, ya'ni barcha fayllarning nomlari, qo’shimcha nomi va tashkil qilingan sanasi haqidagi ma'lumotlarni olish uchun DIR buyrug’i ishlatiladi. Buyruq formati: dir [disk yurituvchi:] [yo'l]
Masalan,
C:\>DIR\WINDOWS - WINDOWS katalogidagi ma'lumotlarni ekranga chiqaradi. Barcha chiqariluvchi ma'lumotlarni zimdan nazorat qilish maqsadida \P —maxsus ko’rsatkichi buyruq nihoyasida beriladi. Bu parametrning yordami shundan iboratki, malumotlar bilan kompyuter ekrani to’lgandan keyin galdagi ma'lumotlar ekranga chiqmaydi. Navbatdagi ma'lumotlarni ko’rish uchun foydalanuvchi tomonidan ixtiyoriy tugma bosiladi.
W-maxsus ko’rsatkich yordamida DIR buyrug’i faqat fayllarning tipi va nomini beradi xolos, bunda ma'lumotlar ustun ko’rinishida emas, balki qator ko’rinishida bo’ladi.
Katalogni yaratish
MD(MAKE DIRECTORY) buyrug’i. Masalan: C:\MD NORB buyrug’i NORB katalogini tashkil qiladi.
Katalogni o 'chirish
RD (Remove Directory) buyrug’i. Masalan,C:\RD BAS buyrug’i BAS nomli (faqat bo’sh) katalogni o’chiradi.
|
| |