• Nazariy qism
  • Kompyuter bilan dastlabki muloqot
  • O’rta maxsus, kasb hunar ta’limi markazi




    Download 6,59 Mb.
    bet9/74
    Sana13.06.2024
    Hajmi6,59 Mb.
    #263152
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   74
    Bog'liq
    Informatika fanidan amaliy ishlar uchun o’quv uslubiy qo’llanma (

    Nazorat savollari
    1. Monitor qurilmasi vazifasini ayting?
    2. Klaviatura qurilmasi qanday vazifani bajaradi?
    3. Vazifali tugmachalar guruhi klaviaturaning qaysi qismida joylashgan?
    4. Klaviatura tugmachalari soni nechta bo’ladi?


    3-amaliy ish. MS-DOS operatsion tizimida ishlash.
    Ishning maqsadi: MS-DOS operatsion tizimida ishlash ko’nikmasini oshirish


    Kerakli asbob va jihozlar: komyuter, kompyuterning asosiy qurilmalari, mavzuga doir tarqatma materiallar.


    Nazariy qism: MS DOS operatsion tizimi (sistemasi) (OT) IBM PS kompyuteri mualliflari IBM firmasi buyurtmasiga muvofiq Microsoft firmasida 1981-yilda yaratilgan. Ayni vaqtda MS DOS OT ning oxirgi keng tarqatilgan versiyasi — 1994-yilning may oyida ishlab chiqdlgan 6.22 versiyasi keng ko’lamda ishlatilmoqda. MS DOS OT ning 7.0 versiyasi Windows—95 tarkibida mavjud. Lekin uni alohida OT deb atash noto’g’ri, uni Windows 95 ning MS DOS OT ilgarigi versiyalari bilan ishlashni ta'minlovchi tarkibiy qism deb qarash lozim. MS DOS OT ning asosini IO.SYS va MS DOS.SYS fayllari tashkil etadi, ular kompyuterning doimiy xotirasida joylashgan.
    Kompyuter bilan dastlabki muloqot
    IBM PC kompyuteri bilan muloqot bevosita MS DOS OT yordamida amalga oshiriladi. Operatsion tizim shunday dasturki, u kompyuter yoqilishidanoq foydalanuvchi bilan muloqotga kirishadi, kompyuterni boshqaradi, operativ xotira va magnitli disklardagi joylarni nazorat qiladi, lozim bo’lgan dastur va buyruqlarning bajarilishini ta'minlaydi. DOS OT quyidagi qismlardan tashkil topgan:
    — kompyuter xotira qurilmasida joylashgan, kiritish va chiqarishni ta'minlash uchun xizmat qiladigan bazaviy kiritish-chiqarish tizimi;
    — operatsion tizim modullarini xotiraga kiritishni amalga oshiruvchi dastur — yuklagich;
    — doimiy xotira qurilmasida bazaviy kiritish-chiqarish tizimini to’ldiruvchi IO.SYS diskli fayli;
    — MS DOSda yuqori saviyada asosiy xizmatlarni bajaruvchi MS DOS. SYS tizimli fayl;
    — foydalanuvchi tomonidan kiritilgan buyruqlarni o’zida ishlovchi DOS ning buyruqli protsessori;
    — disketlarni formatlashda, tekshirishda va hokazo yumushlarni bajarishda ishlatiladigan DOS ning tashqi buyruqlari;
    — nostandart qurilmalar yoki yangi qurilmalarga xizmat ko’rsatuvchi hamda DOS ning kiritish-chiqarish tizimini to’ldiruvchi qurilmalarning drayverlari.
    Shundan so’ng kompyuter ekranida kompyuterning ishga tushganligi haqida xabar beruvchi operatsion tizimning quyidagi taklifhomasi paydo bo’ladi: C:\> Taklifiiomaning ko’rinishi foydalanuvchi tomonidan o’zgartirilishi ham mumkin. Taklifnomaning paydo bo’lishi operatsion tizimning biror buyruq olishga tayyor ekanligidan dalolat beradi.
    Kompyuter yoqilishi bilan u barcha qurilmalarni testdan o’tkazadi va operatsion tizimni, ya'ni kompyuterni boshqarish dasturini yuklaydi.
    Kompyuterni avtomatik tarzda dastlabki yuklash ikki holatda bajariladi:
    • kompyuter elektr tarmog’iga ulanganda;
    • kompyuterdagi "Reset" tugmachasini bosganda.
    Foydalanuvchi tomonidan kompyuterni qayta yuklash klaviatura qurilmasidagi
    "Ctrl", "Alt" va "Del" tugmalarini bir vaqtda bosish orqali amalga oshirilishi mumkin.
    Kompyuter yuklanishida joriy xotiradagi ma'lumotlar tozalanadi, doimiy
    xotira (BIOC) dagi tizim dasturi kompyuter qurilmalarini nazoratdan o’tkazadi.
    Agar dastur xato topsa bu haqda kompyuter ekraniga xabar chiqaradi. Fl tugmasini bosish orqali foydalanuvchi yuklash jarayonini davom ettirishi mumkin.
    Kompyuterni disk yurituvchiga tizimli disket qo’yib ham yuklash mumkin.
    MS DOS operatsion tizimi yuklanish jarayonida ekranda
    Starting MS DOS ... xabari paydo bo’ladi. Xotiradan DOSning IO.SYS va MS DOS.SYS fayllari o’qiladi so’ngra konfiguratsiya buyruqlari CONFIG.SYS va AUTOEXEC.BAT fayllari o’qiladi va ekranda DOS ning taklifnomasi C:\> paydo bo’ladi.

    Download 6,59 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   74




    Download 6,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’rta maxsus, kasb hunar ta’limi markazi

    Download 6,59 Mb.