• 2-masala Kompyuter dasturlarida tasodifiy qiymat (random)
  • Operators menyusida pick random
  • Maktabgacha




    Download 8,95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet34/38
    Sana17.01.2024
    Hajmi8,95 Mb.
    #139670
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
    Bog'liq
    8-sinf Informatika va axborot texnologiyalari yangi darslik kitob 2023 (1)

    Bilasizmi
    1-mashgʻulot
    Kutubxona foni aks etgan dastur yarating. Fonni tahrirlang, masalan, rangini
    oʻzgartiring.
    2-mashgʻulot
    Ikkinchi fonni qoʻshing. Dasturni oʻzgartiring va “Keyingi bosqich” tugmasini
    qoʻshing.
    “Keyingi bosqich” tugmasi bosilganida fon o‘zgarsin.
    2-masala
    Kompyuter dasturlarida 
    tasodifiy qiymat (random) tushunchasi juda muhim 
    hisoblanadi. Ba’zi qiymatlar kompyuterda tasodifan tanlanadi va keyingi bosqichlarni
    aniqlashda yordam beradi.
    Shashqolni ko‘z oldingizga keltiring.
    Tasavvur qiling: uni yaxshilab aylantirib, o‘rtaga
    tashladingiz. Qanday raqam tushdi
    Agar raqam 1 boʻlsa, qarsak chaling.
    Agar raqam 2 boʻlsa, sakrang.
    Agar raqam 3 boʻlsa, polga oʻtiring.
    Agar raqam 4 boʻlsa, qoʻshiq kuylang.
    Agar raqam boʻlsa, qoʻlingizni boshingizga qoʻying.
    Agar raqam 6 boʻlsa, qoʻlingiz ustiga oʻtiring.
    Kompyuterda ham shu tarzda dasturlash imkoni mavjud, masalan:
    • Oʻyinda ob-havoni tasodifiy tarzda hosil qilsa boʻladi. Agar qiymat 1 boʻlsa, yomgʻir,
    2 boʻlsa, qor yogʻishi mumkin va hokazo.
    • Kompyuter o‘yini qahramoni mustaqil harakatlanishi mumkin. Bunda kompyuter
    har bir burilishga qadar qadamlar miqdorini hisoblab, chiqarib beradi.
    Operators
    menyusida 
    pick random bloki mavjud.
    Bu blokda ikkita qiymatni xohlagancha oʻzgartirsa boʻladi. Agar qiymatlar 1 va 10 kabi
    o‘rnatilgan bo‘lsa, ular orasidagi har qanday qiymatni qabul qiladi:
    1, 2, 3, 4, , 6, 7, 8, 9 yoki 10
    Blokdan boshqa buyruqlar uchun ham foydalaniladi. Masalan, u oʻzgaruvchiga
    biriktirilishi yoki 
    if buyrug‘i tarkibida qo‘llanishi mumkin.
    Quyidagi blok-sxemada Qiymat
     oʻzgaruvchisiga 1–3 sonlari oralig‘idagi ixtiyoriy qiymat
    beriladi.
    Qiymat 
    if buyrug‘i tarkibida qoʻllanadi.
    Agar tasodifiy qiymat 1 boʻlsa, x koordinatasi 10 taga oshadi.



    Download 8,95 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




    Download 8,95 Mb.
    Pdf ko'rish