52
Jonivor har bir soniyada ortuvchi
Zerikish o‘zgaruvchisiga ega:
• Foydalanuvchi ijro etish tugmasini bossa,
Zerikish qiymati 0 ga qayta sozlanadi.
Shunda jonivor koptok bilan oʻynaydi. Jonivor oʻyin davomida foydalanuvchiga
savollar beradi, foydalanuvchi o‘yin davom etishi uchun to‘g‘ri javobni kiritishi kerak.
• Jonivor
qattiq zerikib qolsa, qochib ketadi.
Jonivor
Intellekt nomli o‘zgaruvchiga ega:
• Foydalanuvchi o‘rgatish tugmasini bossa,
Intellekt qiymati oshadi.
• Intellekt qiymati 100 sonidan oshib ketmaydi.
1-mashgʻulot
Abstraksiya yordamida, faqat asosiy elementlardan foydalanib o‘yin
rejasini
tuzing.
Oʻyindagi kiruvchi ma’lumot, natija va jarayonlar roʻyxatini tuzing.
O‘yin uchun blok-sxema yarating.
2-mashgʻulot
Reja asosida o‘yin yarating.
3-mashgʻulot
Barcha aniqlangan xatolarni va ularni qanday tuzatganingizni yozib boring.
4-mashgʻulot
Oʻyin uchun sinov jadvalini tuzing.
Oʻyinni normal, kritik va xato ma’lumotlardan foydalanib sinovdan o‘tkazing.
5-mashgʻulot
Oʻyinni sinov jadvali yordamida tekshiring.
Dasturni debaglang, xatolarni tuzating va takroran sinovdan o‘tkazing.
6-mashgʻulot
Oʻyinga yangi funksiya qo‘shing.
angi funksiya uchun reja va blok-sxema yarating. angi funksiyani oʻrnating.
angi funksiyani sinovdan oʻtkazing.
54
Bu modulda quyidagilarni o‘rganasiz:
1
Oʻzaro bogʻlangan veb
sahifalar turkumini yaratish
2
Link joylashtirish
3
Tasvir kiritish
4
Foydalanuvchi xabardorligini
namoyish qilish
5
HTML kodni yaratish
Bu modulda yakuniy loyihani muvaffaqiyatli bajarishingizda kerakli amaliy
koʻnikmalarni egallaysiz. akuniy loyiha sevimli superqahramonlar
haqida yuqori sifatli
veb sayt yaratishdan iborat.
Modulda veb sahifalarni yaratish uchun HTML kod yozish, veb sahifalarni birlashtirish,
tasvirlarni
ekranga chiqarish, matn va fonni formatlash haqida tushuncha hosil qilasiz.
Modulning veb sayt yaratishga oid amaliy mashgʻulotlari
Notepad dasturiga
asoslangan. Notepad matnni tahrirlashga moʻljallangan oddiy dastur boʻlib, veb
sahifalar yaratish uchun ham qo‘llanadi. U kod ichida matn terish va yaratilgan hujjatni
veb sahifa sifatida saqlashga imkon beradi. Veb sahifani
ochish uchun veb brauzerdan
foydalaniladi.
Shuningdek, quyidagilarni bilib olasiz: