Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 15-dekabrdagi




Download 6,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/107
Sana16.05.2024
Hajmi6,06 Mb.
#238906
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   107
Bog'liq
3-ILOVA

 
 
 



KIRISH 
Ushbu namunaviy oʻquv dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 
2022-yil 11-maydagi “2022–2026-yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish boʻyicha 
milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-134-son farmoni, 2019-yil 29-apreldagi 
“Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5712-son farmoni, 2021-yil 25-
yanvardagi “Xalq taʼlimi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-quvvatlash 
hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari 
toʻgʻrisida”gi PQ-4963-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-
yanvardagi “Xalq taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil 
etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 25-son qarorlarida 
belgilangan vazifalar hamda Xalq taʼlimi vazirining 2022-yil 20-apreldagi “Davlat 
taʼlim talablarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 121-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash 
maqsadida, shuningdek, umumtaʼlim maktablari rahbar va pedagog xodimlarining 
kasbiy standartlari asosida rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirishning 
ilgʻor va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yoʻli bilan xalq 
taʼlimi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy 
etish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda 
tuzilgan boʻlib, zamonaviy talablar asosida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari 
boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining malakasini oshirish jarayonlarining 
mazmunini takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini muntazam 
oshirishni nazarda tutadi. 
Dastur mazmuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 14-
noyabrdagi 540-son buyrug‘i asosida o‘tkazilgan diagnostik test natijalariga ko‘ra, 
o‘quv fanlarining nazariyasi va amaliyoti uyg‘unligini ta’minlash, ta’limdagi ilg‘or 
yutuqlarni o‘rganish, inklyuziv ta’limga qadriyatli munosabat, o‘quv-tarbiya 
jarayonini modellashtirish va uni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, ta’limda raqamli 
texnologiyalardan samarali foydalanish, XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish: 4K 
– tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash, kommunikativ ko‘nikmalarini 
shakllantirish hamda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish bo‘yicha tegishli yangi 
bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Mazkur dastur doirasida taqdim etilayotgan mavzular mazmuni umumiy 
oʻrta taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish sifati va 
ularning tayyorgarligiga qoʻyiladigan umumiy malaka talablari asosida 
shakllantirilgan boʻlib, pedagoglarning oʻz kasbiy faoliyatiga doir zamonaviy bilim 
va innovatsiyalar, ilgʻor xorijiy tajribalardan samarali foydalanish hamda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini oʻquv jarayoniga keng tatbiq etish darajasini 
oshirish hisobiga ularning uzluksiz kasbiy rivojlanishini nazarda tutadi. 



Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursi 
namunaviy oʻquv dasturi, umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchilari kasbiy 
standartida belgilangan kompetensiyalar va diagnostik test natijalari asosida IV 
tabaqada shakllantirilgan tayanch oʻquv rejasining 2 ta blok tarkibidagi quyidagi 
8 ta oʻquv modullar mazmunini oʻz ichiga oladi: 

Download 6,06 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   107




Download 6,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 15-dekabrdagi

Download 6,06 Mb.
Pdf ko'rish