• VA YANGI METODIKALARGA O‘RGATISH MILLIY-TADQIQOT INSTITUTI
  • Tuzuvchilar A. Ismailov, M. Ergasheva, M. Abdullayeva, I. Xurramov, D. Azamatova, A. Gaffarov Taqrizchilar
  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 15-dekabrdagi




    Download 6,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/107
    Sana16.05.2024
    Hajmi6,06 Mb.
    #238906
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
    Bog'liq
    3-ILOVA

     
     
     
     
     
    TOSHKENT – 2023 



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA 
    VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI 
     
    A. AVLONIY NOMIDAGI PEDAGOGLARNI KASBIY RIVOJLANTIRISH 
    VA YANGI METODIKALARGA O‘RGATISH MILLIY-TADQIQOT 
    INSTITUTI 
     
     
     
     
    Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilarini tabaqalashtirilgan uzluksiz 
    kasbiy rivojlantirish kursi 
    NAMUNAVIY O‘QUV DASTURI 
     
     
    Tuzuvchilar 
    A. Ismailov, M. Ergasheva, M. Abdullayeva, I. Xurramov, 
    D. Azamatova, A. Gaffarov 
     
    Taqrizchilar 
    Islam Hassan Mahmoud 
    Hassan Elhadary
     
    A. Avloniy 
    nomidagi 
    milliy-
    tadqiqot instituti rektorining xorijiy 
    maslahatchisi 
     
     
    Sh. Abdullayeva 
    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat 
    pedagogika universitetining tillar 
    fakulteti dekani, p.f.d., professor 
     
    Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilarini tabaqalashtirilgan uzluksiz kasbiy 
    rivojlantirish kursining namunaviy o‘quv dasturi A. Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti 
    Kengashining 2023-yil 6-dekabrdagi navbatdan tashqari yig‘ilishi 4/1-son bayonnomasi bilan 
    ma’qullangan va tasdiqqa tavsiya etilgan. 
     



    KIRISH 
    Ushbu namunaviy o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
    2022-yil 11-maydagi “2022–2026-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha 
    milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-son farmoni, 2019-yil 29-apreldagi 
    “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish 
    konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son farmoni, 2021-yil 25-
    yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash 
    hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari 
    to‘g‘risida”gi PQ-4963-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-
    yanvardagi “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil 
    etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 25-son qarorlarida 
    belgilangan vazifalar hamda Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 20-apreldagi “Davlat 
    ta’lim talablarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 121-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash 
    maqsadida, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilarining kasbiy 
    standartlari asosida pedagog kadrlar malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof 
    tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo‘li bilan umumiy o‘rta ta’lim 
    tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish 
    bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan 
    bo‘lib, zamonaviy talablar asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog 
    kadrlarini 
    uzluksiz 
    kasbiy 
    rivojlantirish 
    jarayonlarining 
    mazmunini 
    takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirishni 
    nazarda tutadi. 
    Dastur mazmuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 14-
    noyabrdagi 540-son buyrug‘i asosida o‘tkazilgan diagnostik test natijalariga ko‘ra, 
    o‘quv fanlarining nazariyasi va amaliyoti uyg‘unligini ta’minlash, ta’limdagi ilg‘or 
    yutuqlarni o‘rganish, inklyuziv ta’limga qadriyatli munosabat, o‘quv-tarbiya 
    jarayonini modellashtirish va uni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, ta’limda raqamli 
    texnologiyalardan samarali foydalanish, XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish: 4K 
    – tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash, kommunikativ ko‘nikmalarini 
    shakllantirish hamda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish bo‘yicha tegishli yangi 
    bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.
    Shuningdek, o‘quv modullarining mazkur dastur doirasida taqdim etilayotgan 
    mazmuni umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining malakasini 
    oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qo‘yiladigan umumiy malaka 
    talablari asosida shakllantirilgan bo‘lib, pedagoglarning o‘z kasbiy faoliyatiga doir 
    zamonaviy bilim va innovatsiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalardan samarali foydalanish 
    hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng tatbiq 
    etish darajasini oshirish hisobiga ularning uzluksiz kasbiy rivojlanishini nazarda 
    tutadi. 



    Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish 
    kursi namunaviy o‘quv dasturi, umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari kasbiy 
    standartida belgilangan kompetensiyalar va diagnostik test natijalari asosida IV 
    tabaqada shakllantirilgan tayanch o‘quv rejasining 2 ta blok tarkibidagi quyidagi 
    8 ta o‘quv modullar mazmunini o‘z ichiga oladi: 

    Download 6,06 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




    Download 6,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 15-dekabrdagi

    Download 6,06 Mb.
    Pdf ko'rish