12
yondashuvlarni ta’lim jarayoniga joriy etish yo‘llari. O‘quv
jarayonida kreativ
fikrlashni anglash va baholash. Kreativ fikrlashning shaxs bilan bog‘liq yordamchi
omillari. Aqliy qobiliyatlar. Maqsad sari intilish va ijodkorlik borasida o‘z-o‘ziga
ishonch. Kreativ fikrlashning ijtimoiy yordamchi omillari: ta’lim yondashuvlari,
sinfdagi muhit, ijodiy faoliyat, muammoni kreativ hal qilish.
Hamkorlikda ishlash va muloqot ko‘nikmalarini
rivojlantirishning
zamonaviy strategiyalari va metodlari. Hamkorlikdagi ta’limning tarkibiy qismlari;
o‘zaro ijodiy va ijobiy bog‘liqlik; shaxsiy javobgarlik; bir-biriga rag‘batlantiruvchi
ta’sir ko‘rsatish; samarali muhokama; guruh ishini samarali tashkil etish va natijani
tahlil qilish.
Kommunikatsiya: shaxslararo, kognitiv, kommunikativ-axborotli, emotiv va
konativ tomonlarning birligida namoyon bo‘lishi.
Fanlar bo‘yicha sinflar kesimida 4K ko‘nikmalarini integratsiyalashgan holda
rivojlantirishning samarali yo‘llari.
13
TANLOV FANI
Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari,
tinglovchilarning
talab va ehtiyojlari asosida shakllantiriladi. Fan orqali o‘qituvchilarining yangi
kiritilgan, o‘zlashtirilishi qiyin mavzular mazmuni va o‘qitish metodlarini qo‘llash
kompetensiyalarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.