10
o‘quvchilarni mustaqil ravishda bilim olishga yo‘naltirish; o‘qituvchilarning
kasbiy
tayyorgarligi;
o‘rtacha o‘zlashtirishga qobiliyatli o‘quvchining
imkoniyatlarini inobatga olish; tizimlilik, yaxlitlik tamoyiliga javob berish;
integrativlik,
fanlararo
aloqadorlikda
bo‘lish;
ta’lim-tarbiya
jarayoni
ishtirokchilarini samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirish;
motivatsion ta’lim jarayonini ta’minlash; sog‘lom
ijodiy muhitni shakllantirish;
o‘quvchilarga milliy g‘oya va umuminsoniy g‘oyalarni singdirish; ta’lim-tarbiya
jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, o‘quv laboratoriya jihozlari,
elektron darsliklar va o‘quv filmlaridan foydalanish; o‘quvchilarni dars jarayonida
mavzuga oid darsliklar, qo‘shimcha adabiyotlar va internet resurslari bilan
ishlashga yo‘naltirish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘liq holda tushuntirish;
dars bosqichlari uchun vaqtni to‘g‘ri taqsimlash; o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga
hamda o‘zaro
faol munosabatlarga asoslash; o‘quvchining aqliy faoliyatini
rivojlantirish; dars sifatini ta’minlovchi nazorat turlaridan foydalanish; o‘tgan va
navbatdagi mavzularni mantiqiy ketma-ketlik va o‘zaro bog‘liq holda o‘qitishni
inobatga olish va boshqalar.
Ta’lim samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan o‘qitish, o‘rganish va
baholash bo‘yicha Benjamin Blum taksonomiyasi
–
bilish jarayonining 6 bosqichi:
tanib olish, eslab qolish; izohlash, tushuntirish;
amalga oshirish; tahlil qilish;
baholash; yaratish.
“Loyiha” tushunchasi va “Loyiha ta’limi”ning mazmun-mohiyati, maktab
ta’limida loyiha texnologiyalaridan foydalanish tarixi va amaliyoti haqida. Maktab
ta’lim sifatini yaxshilashda fanlar kesimidagi muammolarni, ehtiyojlarni aniqlash
va maqsadli ta’limiy loyihalarni ishlab chiqish mexanizmi. Ta’limiy
loyihalar,
o‘quvchi va o‘qituvchilarning hamda ta’lim tizimi xodimlarining mustaqil tadqiqot
faoliyati va ijodkorligini shakllantirish vositasi sifatida.
Ta’limda loyiha turlari va ularning strukturalari. Innovatsion loyihalar va
ularni jahon ta’lim tajribasidagi ko‘rinishlari.
Loyihaning tarkibiy qismlari: loyiha mavzusi, tavsifi, muammoni aniqlash,
maqsad va vazifalar, muddati, bosqichlarini belgilash. Loyihani amalga oshirish
guruhini shakllantirish va vazifalarni taqsimlash, loyiha faoliyatini rejalashtirish va
tashkil etish bo‘yicha amaliy mashq va topshiriqlar.
Muammoli ta’limning ilmiy-nazariy asoslari. Muammoli o‘qitishning
tarixi
haqida. Evristik usullar va ularning ijodiy tafakkurni rivojlantirishdagi roli. O‘quv
va ilmiy muammolarning bir-biridan farqi. Muammoli ta’lim jarayonida
o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar. Muammoli vaziyat yaratish usullari. Muammoli
vaziyatni hal etish darajalari. Muammoli vaziyatni yechishda qo‘llanadigan usullar.
Muammoli ta’lim mashg‘ulotlarini tashkil etish va boshqarishga qo‘yilgan talablar.
“Muammoli vaziyat” metodi. Dars jarayonida muammoli vaziyatlar hosil qilish va
11
ularni yechish usullari. Muammoli ta’limning o‘quvchilar ijodiy tafakkuri va ijodiy
qobiliyatlarini o‘stirishdagi ahamiyati. Muammoni turli nuqtayi nazardan
o‘rganish, tahlil qilish. Turli o‘quv fanlari bo‘yicha dars jarayonida muammoli
vaziyatlar hosil qilish va ularni yechish usullari haqida.
Hamkorlikdagi ta’limning tarkibiy qismlari; o‘zaro ijodiy va ijobiy bog‘liqlik;
shaxsiy javobgarlik; bir-biriga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatish; samarali
muhokama; guruh ishini samarali tashkil etish va natijani tahlil qilish.
Trening
mashg‘ulotlarini tashkil etishning qoidalari: o‘quv-tarbiya jarayonini aniq tasavvur
qilish, yaratilgan g‘oyalarni, yangiliklarni amaliyotga samarali joriy etish yo‘llari.
O‘quvchilardagi bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarning
rivojlanganlik darajasini baholashdagi yangicha yondashuvlar. Baholash mazmuni
– fanni o‘zlashtirish darajasini aniqlashda formativ, diagnostik yoki summativ
xarakterdagi baholashda tekshirish uchun o‘quvchidan talab etilayotgan bilim,
ko‘nikma va malakalar majmui. Baholash formati. Baholash mazmuni
belgilangandan so‘ng summativ xarakterdagi baholash jarayonlarida aniq baholash
formati va strukturasini ishlab chiqish. Baholash mezonlari. Baholash mezoni –
o‘quvchining muayyan fandan o‘quv natijalarini egallaganlik darajasini to‘g‘ri va
haqqoniy tekshirish imkonini beruvchi o‘lchovlar majmui.
Baholash texnologiyalari va metodikasi. Formativ baholash usullari. Formativ
baholashda asosiy maqsad o‘quvchini rivojlantirish bo‘lgani uchun bunda o‘z-
o‘zini baholash; o‘zaro bir-birini baholash va o‘qituvchi tomonidan baholashga
yo‘naltirilgan baholash usullari.
Summativ baholash usullari. Summativ xarakteridagi baholashlarda asosiy
maqsad o‘quvchilardagi bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarning
rivojlanganlik darajasini aniqlash bo‘lgani bois amaliy ishlar, loyiha ishlari, yozma
ishlar, yakuniy testlar kabilardan foydalaniladi.