6
Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o’qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish
kursi o‘quv rejasidagi modullarining mazmuni
I. TA’LIM VA TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISH
1.1. Tarbiya metodikasi asoslari
Tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari
. Tarbiya jarayonining
xususiyatlari. Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli. Tarbiyada
huquqiy, axloqiy va odob me’yorlari hamda ularning mohiyati. Tarbiyaviy ishlarni
amalga oshirishda “Oila, mahalla, maktab hamkorligi” konsepsiyasining o‘rni va
ahamiyati. Oila, mahalla va ta’lim muassasasining bola tarbiyasidagi o‘rni.
Yoshlarning ma’naviy va g‘oyaviy tarbiyasidagi muammolar. Shaxsni
tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligini amalga oshirish
tamoyillari va bosqichlari. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy
madaniyatni yuksaltirish.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish
tartibi
,
shakli va mazmuni.
O‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishlari bo‘yicha
sinf rahbarining
fan o‘qituvchilari bilan hamkorlik ishlari. O‘quvchilar xulqlaridagi
o‘zgarishlarni o‘z vaqtida nazoratga olish va ular bilan ishlash. O‘quv jarayonlarini
tahlil qilish. Sinf o‘quvchilarning o‘zaro hamda fan o‘qituvchilari o‘rtasidagi
munosabatlarini nazoratga olish usul va vositalari.
O‘quvchining o‘qishga bo‘lgan qiziqishi, bilim va qobiliyatini rivojlantirish.
O‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish metodikasi.
Qobiliyatli va iste’dodli o‘quvchilarni rag‘batlantirish va ularning ijodiy
imkoniyatlarini rivojlantirish, qiziqishlari bo‘yicha fan va ijodiy to‘garak
mashg‘ulotlaridagi ishtirokini ta’minlashda ota-onalar, turli tashkilot vakillari bilan
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shakli, mazmuni va vositalari.
Sinf o‘quvchilarining ehtiyoj va qiziqishlarini har tomonlama o‘rganish, tahlil
qilish, ularni ahil jamoaga jipslashtirish va tashabbuskor o‘quvchilarni qo‘llab-
quvvatlashning samarali yo‘llari. O‘quvchilarga vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va undan
unumli foydalanishni o‘rgatish usullari.