Inklyuziv ta’lim asoslari




Download 6,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/107
Sana16.05.2024
Hajmi6,06 Mb.
#238906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   107
Bog'liq
3-ILOVA

 
1.4. Inklyuziv ta’lim asoslari 
Barqaror rivojlanish maqsadlariga asoslangan ta’lim. Inklyuziv ta’lim 
bo‘yicha xalqaro va milliy normativ-huquqiy hujjatlar, ularning mazmun va 
mohiyati. Inklyuziv ta’limning maqsadi va vazifalari, alohida ta’lim ehtiyojlari 
bo‘lgan bolalar uchun maktablarda inklyuziv ta’lim va boshlang‘ich tayanch 
korreksion sinflar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, qabul qilish, nazorat qilish va 
boshqarish tartibi hamda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish. 
Inklyuziv ta’limni joriy qilish bosqichlari. Umumiy o‘rta ta’lim 
muassasalarida inklyuziv ta’limni bosqichma-bosqich tashkil etish jarayonlari, 
xorijiy va milliy tajriba. Inklyuziv ta’limni tashkil etishda yuzaga keladigan 
muammo va yechimlar. 
 
 
II. MUTAXASSISLIK FANLARI 
 
2.1. Mutaxassislik fanlarining nazariy-amaliy asoslari 
Mutaxassislik fani va ta’limning asosiy nazariyalari, ularni amaliyotga tatbiq 
etishning samarali usul hamda vositalari. O‘quvchilarning turli ta’limiy ehtiyojlari 
asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari. Yoshga 
doir pedagogika, psixologiya asoslari, bolalar bilan ishlash usul va metodlari. Ilmiy 
kompetensiyalarni shakllantirish. 
Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standartlarida hamda Milliy o‘quv 
dasturida belgilangan o‘quvchilarning asosiy kompetensiyalari va hayotiy 
ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan usullarni amaliyotga tatbiq etishning 
samarali yo‘llari. O‘quv dasturining mazmuni mos keladigan samarali usullarini 
tanlash, interfaol metodlarni qo‘llash. Pedagogik va psixologik bilimlardan 
foydalanib pedagogik vaziyat va hodisalarni kuzatib borish, ularni tahlil qilish. 
Zamonaviy axborot texnologiyalarini fanga singdirish. Dars vaqtini oqilona 
rejalashtirish, darsning maqsad, shakl va usullarni aniqlash. O‘quv reja va davlat 
ta’lim standartlari, shuningdek, maktab ishi bilan bog‘liq boshqa hujjatlar (ta’lim 
tizimining tuzilishi, maqsad-vazifalari, huquqiy asoslari va faoliyati). 
O‘quvchilarga metakognitiv strategiyani o‘rgatishda turli yondashuvlardan, 
shu jumladan, rejalashtirish, nazorat qilish va o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalarini 
rivojlantirish strategiyalaridan foydalanish. Individual ta’lim ehtiyojlaridan kelib 
chiqib, o‘quvchilarga o‘z vaqtida differensial yordam berish. Dars mavzusini 
amaliyot bilan (hayotdagi misollar yordamida) bog‘lash. Dars davomida har bir 



o‘quvchiga o‘z g‘oyalari va qarashlarini ifoda etish imkoniyatini berish. 
O‘quvchilarni darsda faol qatnashishga ruhlantirishda ularning shaxsiy 
qiziqishlaridan foydalanish. O‘quvchilarni darsga qiziqtirishda turli usullardan 
foydalanish. Sinfda samarali muloqotni ta’minlash. 
Ta’lim-tarbiya jarayonida motivatsion vaziyatlarni yaratish, ularning 
samaradorligini tahlil qilish va kerakli natijalarga erishishda o‘z harakatlarini 
o‘zgartirish. 
Sinfni boshqarish. Huquqiy madaniyat, odob va axloq me’yorlarga rioya 
qilish, professional axloq qoidalari, ijtimoiy kompetensiyalarga ega bo‘lish, eng 
yuqori sifat standartlariga erishishga intilish, sifatga e’tibor berish; innovatsiyalarni 
qabul qilish; o‘zgarishlarni qabul qilish va ularga moslashish istagi; o‘z tajribasini 
doimiy ravishda tahlil qilish va kasbiy amaliyotga o‘zgarishlar kiritish; barcha 
bolalar o‘rganishi va rivojlanishi mumkinligiga ishonch, har bir bolaning shaxsini 
hurmat qilish. 
Ta’lim natijalarini baholash va diagnostika qilish uchun turli usul hamda 
vositalardan foydalanish. O‘quvchilarning bilimlarni egallash darajasini (hajmini) 
muntazam va tizimli ravishda kuzatib borish. O‘quvchilar erishgan yutuqlarni
natijalarni tahlil qilish. Dars rejasi va usullarini moslashtirishda tahlil natijalaridan 
foydalanish. 
O‘quvchilar bilimini baholash natijasida olingan ma’lumotlarni inobatga 
olgan holda darsning aniq, o‘lchamli maqsad va natijalarini aniqlab, dars rejasini 
ishlab chiqish. Darsning maqsadlari, o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va 
o‘zlashtirishiga mos keladigan dars shakllari va usullarini rejalashtirish. Tegishli 
o‘quv, namoyish va tarqatma materiallardan foydalanishni rejalashtirish. 
Ta’limning aniq va o‘lchanadigan natijalarini, shuningdek, ushbu natijalarga 
erishishda aniq muddatlar (yil, chorak, dars) uchun vazifalarni aniqlash, ularni 
rejalarda shakllantirish. O‘quvchilarning bilimini baholash natijasida olingan 
ma’lumotlarni inobatga olgan holda rejalarni muvofiqlashtirish. 

Download 6,06 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   107




Download 6,06 Mb.
Pdf ko'rish