|
I. Boshlangʻich taʼlimda taʼlim va tarbiya jarayonini tashkil etishBog'liq 3-ILOVAI. Boshlangʻich taʼlimda taʼlim va tarbiya jarayonini tashkil etish.
1.1. Boshlangʻich taʼlimda taʼlim-tarbiya jarayoni uzviyligining oʻziga
xosligi.
1.2. Boshlangʻich taʼlimda ilgʻor va xorijiy tajribalar.
1.3. Boshlangʻich taʼlimda raqamli texnologiyalar.
1.4. Boshlangʻich taʼlimda inklyuziv yondashuv.
II. Mutaxassislik fanlari.
2.1. Boshlangʻich taʼlim fanlarining nazariy-amaliy va metodik asoslari
(fanlar kesimida).
2.2. Boshlangʻich talim fanlarini oʻqitishning zamonaviy texnologiyalari.
2.3.
Boshlangʻich
taʼlim
fanlarini
oʻqitishda 4K koʻnikmalarini
shakllantirish metodikasi.
2.4. Tanlov fanlari.
Kursning maqsadi va vazifalari
Kursining maqsadi
– taʼlim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish uchun
zarur boʻladigan kasbiy bilim, koʻnikma va malakalarni zamonaviy yondashuvlar,
malaka talablari asosida muntazam yangilash, ularning kasbiy faoliyatga doir
kompetentligini rivojlantirishdan iborat.
Kursning vazifalari
– tinglovchilarga jamiyatda amalga oshirilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mazmuni va taʼlim-tarbiya jarayonini sifatli va
samarali tashkil etishning metodologik asoslarini singdirish.
Kurs yakunida tinglovchilarning bilim, koʻnikma, malaka va
kompetensiyalariga qoʻyiladigan talablar –
boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisining
kasb standarti asosida, boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi boʻyicha boshlangʻich taʼlim
oʻqituvchisining malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligi
hamda kompetentligiga qoʻyiladigan malaka talablari bilan belgilanadi.
Kurs hajmi
Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining hajmi 144 soatni tashkil etadi.
Mazkur soatlar har bir tabaqa uchun 3 yillik muddat kesimida quyidagicha
taqsimlanadi.
|
| |