|
I. Ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishBog'liq 3-ILOVAI. Ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish.
1.1. Tarbiya metodikasi asoslari;
1.2. Ta’limda ilg‘or xorijiy tajribalar;
1.3. Ta’limda raqamli texnologiyalar;
1.4. Inklyuziv ta’lim asoslari.
II. Mutaxassislik fanlari.
2.1. Mutaxassislik fanlari nazariy-amaliy asoslari;
2.2. O‘qitishning zamonaviy texnologiyalari;
2.3. 4K ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi;
2.4. Tanlov fanlar.
Kursning maqsadi va vazifalari
Kursining maqsadi
– ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish uchun
zarur bo‘ladigan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni zamonaviy yondashuvlar,
malaka talablari asosida muntazam yangilash, ularning kasbiy faoliyatga doir
kompetentligini rivojlantirishdan iborat.
Kursning vazifasi –
tinglovchilarga jamiyatda amalga oshirilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mazmuni va ta’lim-tarbiya jarayonini sifatli va
samarali tashkil etishning metodologik asoslarini singdirish.
Kurs yakunida tinglovchilarning bilim,
ko‘nikma, malaka va
kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar –
umumiy o‘rta ta’lim maktabi
o‘qituvchisining kasb standarti asosida, tegishli yo‘nalish bo‘yicha umumiy o‘rta
ta’lim maktab pedagog kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish mazmuni, sifati
hamda oʻqituvchilarning tayyorgarligi hamda kompetentligiga qo‘yiladigan malaka
talablari bilan belgilanadi.
Kurs hajmi
Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursining hajmi
144 soatni
tashkil etadi.
Mazkur soatlar har bir tabaqa uchun
3 yillik
muddat kesimida quyidagicha
taqsimlanadi.
I tabaqa ta’lim dasturi
– kasbiy mahorati va bilim ko‘rsatkichlari yuqori
bo‘lgan pedagog kadrlar uchun 3 yil davomida 108 soat soat ishlab chiqarishdan
ajralmagan holda malaka oshirish va
36 soat
mustaqil ta’lim shaklida tashkil
etiladi. Jumladan:
|
| |